Vikipediya, ochiq ensiklopediya Jump to navigationJump to search


Download 201.16 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi201.16 Kb.
#185081
1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (4)

Kitob amal bilasturlobot“[tahrir]

Xorazmiyning „Kitob amal bilasturlobot“ („Astrolyabiyalar bilan amallar haqida kitob“) asarida qadimiy va oʻrta asr astronomiyasining asosiy kuzatuv asbobi boʻlgan astrolyabiya (arabcha asturlob) yasash va undan foydalanish, osmon yoritqichlarining balandligi, burjlarga kirish vaqti, bir kunlik harakati va ekliptik koordinatalari, geografik obʼyektlarning koordinatalari, yangi Oy chiqish muddatlarini aniqlash va boshqa aniq va loʻnda qoidalar tarzida (algoritmik uslubda) bayon qilingan. Bundan tashqari, kitobda asr namozi vaqtini aniqlashsinuskvadrat deb ataluvchi asboblar toʻgʻrisida ham soʻz boradi. Bu esa Xorazmiy ilmiy asbobsozlik bilan ham shugʻullanganligidan dalolat beradi.

Zaroif min amal Muhammad ibn Muso alXorazmiy maʼrif assamtbilasturlob“[tahrir]

„Zaroif min amal Muhammad ibn Muso alXorazmiy maʼrif assamtbilasturlob“ („Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning astrolyabiya yordamida azimutni aniqlash boʻyicha amallaridan kelib chiqadigan zarif fikrlar“) nomli kichik asarida (qoʻlyozmasi Istanbuldagi Ayo Sofiya kugubxonasida saqlanadi) astronomiyaning ikki masalasi – Quyosh azimutini va meridian chizigʻini aniqlash, Yerning oʻsha davrda maʼlum qismi – Oykumenaning yetti iqlimga boʻlinishi, har bir iqlim uchun burjlarning koʻtarilish vaqtlari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirgan.



Quyosh soati tekisligda soat yasash“[tahrir]

„Quyosh soati tekisligda soat yasash“ (Ayo Sofiya kugubxonasida saqlanadi) kitobida gorizontal tekislikda quyosh soati yasash, yaʼni soyasi mil vazifasini oʻtovchi plastinka – gnomon oʻrnatish va soat shkalasini chizish qoidasi, gnomon soyasining shkaladagi holatiga qarab vaqtni aniqlash usuli bayon qilinadi. Gnomon soyasining uchi sirpanadigan chiziq – giperbolani yasashda qutb koordinatalari sistemasi qoʻllangan va bu analitik geometriyaga oid dastlabki faktlardan hisoblanadi.
Download 201.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling