Vilfredo pareto tamoyili


Download 4.93 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi4.93 Kb.
#1333956
Bog'liq
2-20 MYMT guruh talabasi Haydarqulov Yo\'ldosh

Vilfredo pareto tamoyili 2-20 MYMT guruh talabasi Haydarqulov Yo’ldosh

Vilfredo pareto kim ?

  • Vilfredo Pareto 1848-yil 15-iyulda Parij shahrida zodagon oilasida dunyoga keladi. Onasi fransuz Otasi esa italiyan bo`lishadi . 1858-yil oila Italiyaga ko`chib borishadi va Pareto o`sha yerda ta`lim oladi . Keyinchalik Pareto Turin Politexnika Universitetiga kiradi va u yerda tahsil oladi . 1869 yilda “Qattiq jismlardagi muvozanatning asosiy tamoyillari” mavzusida mashinasozlik sohasida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Paretoning asosiy qiziqishlari texnika va innovatsiya bo`lmagan , u iqtisodiyot va sotsiologiyaga qiziqar edi .

O`qishni tugatgach u avvaliga Italiya Temiryo‘l kompaniyasida davlat xizmatchisi, keyin esa xususiy sanoatda qurilish muhandisi bo‘lib ishladi.

O`qishni tugatgach u avvaliga Italiya Temiryo‘l kompaniyasida davlat xizmatchisi, keyin esa xususiy sanoatda qurilish muhandisi bo‘lib ishladi.

V. Pareto 40 yoshga qadar fanga, xususan uning nazariy tomoniga unchalik qiziqmasdi. 1886 yildan boshlab u Florensiya universitetida iqtisod va menejment fanidan dars bera boshladi va o'zini erkin bozorga davlat aralashuvining ashaddiy raqibi deb e'lon qildi. 1893 yildan umrining oxirigacha Lozanna universitetida ishladi.

1906 yilda u birinchi bo'lib 80/20 tamoyilini belgilab berdi, keyinchalik u o'z nomini oldi. Bundan tashqari, G.Moska bilan birga siyosatshunoslik va sotsiologiyada keng ma’lum bo‘lgan elitalar nazariyasini ishlab chiqdi.

Paretoning 80/20 prinsipi

  • Pareto prinsipining mazmuni shundan iboratki siz bajaradigan 20 foiz ishlaringiz sizning 80 foiz natijangizni ta'minlaydi , 80 foiz bajaradigan ishlaringiz esa 20 foiz natija beradi. Biznesingizda shunday vazifalar borki u 80% foyda keltiradi yana shunday vazifalar ham borki bajarilsa 20% foyda keltiradi. Pareto 1895 yilda Italiya erlarining 80% ga yaqini mamlakat aholisining 20% ​​ga tegishli ekanligini payqagan edi. Shu tariqa u ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar natijasida Pareto boshqa mamlakatlarni o'rganib chiqdi, faqat boylik hamma joyda o'xshash nisbatlarda taqsimlanganligini aniqladi.

 Pareto printsipi boylik taqsimotiga ishora qilgan bo'lsa-da, uni turli xil yo`nalishlarida qo'llash mumkin, masalan:

  •  Pareto printsipi boylik taqsimotiga ishora qilgan bo'lsa-da, uni turli xil yo`nalishlarida qo'llash mumkin, masalan:
  • Soliq solish - bu erda soliq pullarining 80 foizi jamiyatning taxminan 20 foizidan tushadi.
  • Loyihani boshqarish - bu erda 80% ta'sir 20% harakatlardan kelib chiqadi.
  • Korxonalar - bu o'z daromadlarining 80 foizini mijozlarning 20 foizidan oladi.
  • IT - bu erda tizimning 80% ishdan chiqishiga 20% xatolar sabab bo'ladi.

xulosa

Xulosa o`rnida shuni ta`kidlashim joizki hayotimiz ham shu prinsip asosida kechadi. Hayotimizda qiladigan 20 % harakatimiz kelajagimizning 80 % ini belgilab beradi .

Shu o`rinda endi bir narsaga e`tiboringizni qaratsam , bu prinsipdan o`zim uchun kashf qilgan bir narsa borki biz iloji boricha harajatlarni qisqartirishimiz va shu qisqa harajatlar yordamida kattaroq natijalarga erishishimiz kerak ya`ni 20/80 . Bunda 20 %harajatga erishish va 80 % natija olishga urinishimiz kerak . Bunday metod amalda qo`llash oson bo`lmaydi lekin doimiy ravishda harajatni 20 % dan oshirmagan holda natijani 80% dan tushurmagan holda ushlay olish bu yuksak menejerlik ishi bo`lrdi .


Download 4.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling