Viloyat iib boshligʻining 2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻi bilan fuqaro


egallab turgan lavozimidan ozod etish


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana07.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1437892
1   2   3   4   5   6   7
egallab turgan lavozimidan ozod etish qo`llanilishi mumkin. Bu tegishli ichki ishlar 
vazirligining ishi hisoblanadi.
Sud tomonidan hal qiluv qarori bilan arz qilingan talablarni 
qanoatlantirish rad qilingani qanchalik qonuniy? 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksning 27-moddasida 
ma’muriy sud tomonidan hal etiladigan ishlar doirasi keltirilgan bo’lib, unga ko’ra 
ma’muriy sud: 
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to’g’risidagi; 
2) davlat bosharuvi organlarining, ma’muriy huquqiy faoliyatni amalga 
oshirishga vakolatli bo’lgan boshqa organlarning, fuqarolar o’zini o’zi 
boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun 
hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar va yuridik shaxslarning 
huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzadigan 
qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to’g’risidagi; 
3) saylov 
komissiyasining 
xatti-hrakatlari 
yuzasidan 
nizolashish 
to’g’risidagi; 
4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini 
yozishni ro’yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik 
holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari 
(harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to’g’risidagi; 
2
O`zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar to`g`risida”gi qonun. 14- modda. 
3
Ichki ishlar organlarining Intizom ustavi (OʻzR Prezidentining 29.11.2017 -y. PQ-3413-son qaroriga 2-ilova) 


5) davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda 
davlat ro’yxatidan o’tkazishdan bo’yin tovlash ustidan shikoyat qilish 
to’g’risidagi; 
6) ushbu kodeksda ko’rsatilgan investitsiya nizolari bo’yicha; 
7) ushbu Kodeksda ko’rsatilgan raqobat to’g’risidagi ishlarni hal qiladi.
4
Ushbu modda ikkinchi bandiga ko`ra, fuqaroning murojaati asosli. Ammo sud 
uning viloyat IIB boshligʻining 2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻini qonunga 
muvofiq emas, deb topishni va viloyat IIB boshligʻi zimmasiga 2016-yil 12-maydagi 
21-sonli buyrugʻini bekor qilish bo`yicha arizasini qabul qilgan holda uni 
qanoatlantirmagan, ya’ni Maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan arz qilingan 
talablarni qanoatlantirish rad qilingan. Ushbu holatda sud huquqiy jihatdan asosli 
harakat qilgan, chunki ichki ishlar xodimini lavozimidan ozod etish yuqorida biz 
aytgan holatda va vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek
xodimga nisbatan qo`llaniladigan intizomiy jazo sirasiga xodimning egallab turgan 
lavozimidan ozod etish ham bor va uni qachon qo`llash vakolatli shaxsning o`ziga 
bog`liq.
Xulosa o`rnida aytishimiz mumkinki, kazusda to`g`ri harakatlar bilan bir 
qatorda ba’zi kamchiliklarga ham yo`l qo`yilgan. Birinchidan xodimga nisbatan 
intizomiy jazo sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etish holati to`g`ri 
qo``lanilgan. Bu tegishli ichki ishlar vazirligining ishi hisoblanadi. Ikkinchidan, 
sud huquqiy jihatdan asosli harakat qilgan, chunki ichki ishlar xodimini lavozimidan 
ozod etish yuqorida biz aytgan holatda va vakolatli shaxs tomonidan amalga 
oshiriladi. Shuningdek, xodimga nisbatan qo`llaniladigan intizomiy jazo sirasiga 
xodimning egallab turgan lavozimidan ozod etish ham bor va uni qachon qo`llash 
vakolatli shaxsning o`ziga bog`liq.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling