Viloyat metodik xizmat bo’limi Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish tavsiyalar


Download 142 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2023
Hajmi142 Kb.
#1085516
  1   2   3   4
Bog'liq
Она тили дарсларида интерфаол методлар


Viloyat metodik xizmat bo’limi
Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish


tavsiyalar

Tushunchalar tahlili” metodi




Metodning mohiyati: Fan bo‘yicha o‘tilgan(chorak, yarim yillik, o‘quv yili davomida yoki bir mavzuni takrorlash, mustahkamlash)larni o‘quvchilar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda izohlar berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilarni baholay olishga yo‘naltirilgan.
Metodning maqsadi: O‘quvchilarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, o‘rtoqlari fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek, o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish.
Metodning qo‘llanilishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlari (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biror bo‘limi tugallaganda) o‘tilgan mavzuning o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazishda o‘quvchilarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu metodni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Bu metoddan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:

  • O‘quvchilar sharoitga qarab guruhlarga ajratiladi.

  • O‘quvchilar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab-qoidalar bilan tanishtiriladi.

  • Tarqatma materiallar guruh a'zolariga tarqatiladi.

  • O‘quvchilar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar.

  • O‘quvchilar tarqatma materialdagi tushunchalar yoniga o‘z bilimlari doirasida izoh yozadilar.

  • O‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni va izohlarini o‘qiydi. O‘quvchilar o‘z izohlarning to‘g‘riligini tekshiradilar.Ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd (imkoni bo‘lsa) namoyish etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

  • Har bir o‘quvchi to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘z-o‘zlarini tekshiradilar,baholaydilar, shuningdek, bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.

Quyida darsda foydalaniladigan tarqatma materiallar misol tariqasida keltiriladi:

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling