Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi


O’tkir dizenteriya. Kolitik xili


Download 2.27 Mb.
bet11/80
Sana27.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1726937
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023

O’tkir dizenteriya. Kolitik xili:

  1. yengil shakli

  2. o’rtacha og’irlikdagi shakli

  3. og’ir shakli

  4. belgilari aniq bo’lmagan shakli.

  1. surunkali dizenteriya. Surunkali dizenteriyaning qaytalanib yoki qo’zib turadigan, ya’ni retsidivli xili.

  2. Uzluksiz davom etadigan xili.

  3. Bakteriya tashuvchilik.

Dizenteriya kasalligi davomida 5 davr ajratiladi

  1. inkubatsion davr;

  2. boshlang’ich davr;

  3. kasallikni avj olgan davri;

  4. simptomlarning so’nish davri;

  5. sog’ayish davri.

Umuman olganda dizenteriya asosan intoksikatsiya va kolitik sindrom bilan ta’riflanadi. Gastroenterokolitik xilida bulardan tashqari gastrit va enterit alomatlari ham ko’riladi. Inkubatsion davr 2-3 kun davom etadi, u 1 kungacha qisqarishi va 7 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallik ko’pincha to’satdan boshlanadi. Bemorning eti uvishib, harorat 38-39 darajagacha ko’tariladi va 2-4 kungacha yuqori bo’lib turadi. Harorat subfebril darajada yoki normal bo’lishi ham mumkin. Harorat yuqori bo’lganida ko’pchilik bemorlarning boshi og’riydi, darmoni qurib, badani qaqshaydi, kayfiyat yomon bo’ladi.
Profilaktikasi: Avvalo dizenteriya diagnozini imkoni boricha barvaqt aniqlab, bemorni kasalxonaga jo’natish yoki kasalxonaning undan boshqalarga yuqmaslik choralarini ko’rish zarur. Dizenteriyaning bilinar-bilinmas belgilari bilan o’tadigan va ayniqsa subklinik xilini aniqlashga alohida e’tibor qilinadi. Ichi ketgan bemorlarning hammasi nazorat ostida bo’lishi kerak. Oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadigan, saqlanadigan va sotiladigan joylarda ishlovchilar, shuningdek, muassasalari va kasalxona xodimlarini vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladilar. Bemor yotgan uy dezinfeksiya qilinadi. Bemorning kasalxonadan uyiga ketishiga kasallik simptomlari butunlay barham topib, axlati tekshirib ko’rilganida dizenteriya mikroblari yo’qligi aniq bo’lganidan keyingina ruxsat etiladi. Uyiga qaytgan bemor poliklinika vrachi nazoratida bo’ladi.
Aholi o’rtasida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilish zarurligini tushuntirish va umuman aholining sanitariya va gigiena haqidagi tegishli bilimlarga ega bo’lishi juda muhim.


  1. Download 2.27 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling