Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi
J: Poliklinika va QVPda emlash ishlarini rejalashtirish va tashkillashtirish
Download 2.27 Mb.
|
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023
J: Poliklinika va QVPda emlash ishlarini rejalashtirish va tashkillashtirish.
Vaksinatsiya o'tkazish kompleksiga vaksinatsiya qilinadigan shaxslarni tanlash, vaksinalarni aniqlash va undan foydalanish sxemasini o'rganish, effektivligini kontrol qilish, patologik 209 reaksiyalarni va asoratlarni yo'q qilish kiradi. Bularni bajarish tibbiyot hamshirasining harakatlariga bog'liq. Bolalarni emlashga to'liq jalb etishga ota-onalarning qarshiligi yo'l qo'ymaydi. Hamshira ota-onalarga emlashning ahamiyati va muhimligi haqida tushuntirish ishlarini olib boradi. Hamshira oldindan og'zaki yoki xat orqali emlash o'tkaziladigan kun haqida ota-onalar, maktabgacha va maktab muassasalariga ogohlantirish beradi. Emlash kuni, emlashga kelgan hamma bolalar shifokor ko'rigidan o'tadi, anamnez yig'iladi, tana temperaturasi o'lchanadi, o'tkir kasallanish yo'qligi aniqlanadi. Vaksinatsiya o'tkazilganda emlash kalendaridan foydalaniladi. Poliklinikada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkillashtirish Emlash xonasi hamshirasi vazifalari: - Emlash xonasining sanitar holati uchun javobgar. - Emlash o'tkazish texnikasiga amal qiladi. - Shifokor yo'llanmasi bo'yicha bolalarni immunizatsiya qiladi, immunizatsiya qoidalariga amal qiladi. - Qilingan emlashlar va ishlatilgan vaksinalar bo'yicha hujjatlarga qayd qilinadi. - Emlash haqida F112/u ga «Emlashni qayd qilish jurnali»ga (sanasi, emlash turi, dozasi, seriyasi) qayd qilinadi. Emlashga reaksiyalari bo'lish-bo'lmasligini tekshirish uchun uchastka hamshirasining faol emlangan bolaning uyiga borishni tashkil qiladi. - Shifokor nazorati ostida kerakli vaksina, dori-darmon, bog'lash materiallari va instrumentlar olinadi. Emlash xonasida preparatlar to'g'ri saqlashni tashkillashtiriladi. Emlash xonalariga ekskursiya, emlash xonasi inventari ro'yxati: Vaksina saqlash uchun markalangan bo'limlari bor xolodilnik. - Shokka qarshi terapiya o'tkazish uchun instrument va dori vositalari saqlanadigan javon (shkaf). 210 - Bir martalik shpris va ninalar zapasi bilan, termometrlar, tonometr, elektrootsos, korsang, steril mateiali bo'lgan byukslar. - Zararsizlantiruvchi suyuqliklar uchun idishlar. - Emlash turiga qarab markalangan alohida stollar. - Yo'rgaklash stoli va tibbiy kushetka. - Hujjat va qaydlarni saqlash uchun stol. - Qo'l yuvish uchun rakovina. - Bakteriosid lampa. - Termosushka. - Ishlatilgan shpris va inyeksiya vositalarni zararsiz yig'ish uchun quticha. Emlash kabinetida shokka qarshi aptechkaning tarkibi: - 2 dona jgut, 10 ta bir martalik steril shprislar. - 0,1% li adrenalin gidroxlorid eritmasi 1,0 10 ampula. - Prednizolon va gidrokartizon eritmasi 5 ampula. - Infuzion sistema uchun 5% glukoza eritmasi 500 ml. - Antigistamin preparatlar 5 ampula. - Kalsiy preparat va 2,4% eufillin eritmasi ampulada. - Yurak preparatlari (kordiamin, korglikon, strofantin). Emlash kabineti hujjatlari: - Profilaktik emlash o'tkazishda foydalaniladigan hamma preparatlarni qo'llanish instruksiyasi. - Instruktiv hujjatlar. - Vaksina va boshqa preparatlarni, shpris, nina, qutichalarni qabul qilish va ishlatishni hisob-kitob qilish jurnali. - Emlashni qayd qiluvchi jurnal. - Xolodilnik ishining temperatura rejimini registratsiya qiluvchi varaqa. - Bakteriosid lampa va umumiy tozalash ishlarini qayd etish jurnali. - Emlashlar monitoringi grafigi. - Profilaktik emlashning oylik hisoboti. Vaksina qabul qilish va ishlatish haqida №6 forma va yillik hisobot №5 forma statik hisobot tuzish instruksiyasi. 211 - F№63 «Profilaktik emlash kartasi», O'zbekiston Respublikasi SSV №145 2007 yil 30.03. - Aholini yosh bo'yicha qayd qilish. - Immunologik komissiya qarorini qayd qilish jurnali. - Postvaksional reaksiyalar va asoratlarni qayd etish jurnali. - Ba'zi ekstremal hollarda ko'rsatiladigan tez yordam plani, muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangan.
Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling