Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi


Download 2.27 Mb.
bet5/80
Sana27.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1726937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023

J: Sepsis yiringlatuvchi mikroblarning mahalliy infeksiya o'chog'idan qon oqimiga, limfa yo'llariga, ulardan esa bemorning barcha to'qima va a’zolariga tarqalishidan kelib chiqadigan umumiy infeksion kasallikdir.
Infeksiya tushgan jarohat va turli sohada joylashgan yiringli kasalliklar (masalan, chipqon, xo'ppoz, flegmona) sepsis manbai bo'lishi mumkin. Odatda stafilokokk, streptokokk, ba’zan pnevmokokk, gonokokk, ichak tayoqchasi singari mikroblar ham sepsisni qo'zg'atadi. Aslida sepsis organizmdagi jarohat yoki yallig'lanish jarayonining asorati hisoblanadi. Uning rivojlanishida og'ir kasalliklar, jarrohlik operatsiyalari, ko'p qon yo'qotish, birdaniga ozib ketish, vitamin yetishmovchiligi, yetarli ovqatlanmaslik natijasida organizmning himoya kuchlari susayishi muhim rol o'ynaydi.
Og'ir kechsa, zarari ko'proq
Sepsis og'ir kechganda qondagi mikroblar juda tez ko'payadi va ular qonni o'z zaharli mahsulotlari (toksinlari) bilan zararlaydi, ya’ni qizil qon hujayralari (eritrotsitlar)ni yemiradi. Sepsis rivojlanganda bemorning tana harorati 39-40 darajaga ko'tariladi, eti uvishadi, ba’zan qattiq terlaydi. Ayrim paytda esa teri sarg'imtir tusga kirib, unga toshmalar toshadi.
Sepsis birmuncha yengil o'tganda mikroblar qonda ko'paymaydi, balki qon oqimi bilan turli a’zo va to'qimalarga tarqaladi, natijada ularda ko'p sonli yiringli o'choqlar hosil bo'ladi. Bunday vaqtda sepsis uzoqroq kechadi va yiring to'planayotganda bemorning ahvoli bir oz og'irlashib, madda yorilgandan so'ng (yoki operatsiyadan keyin) esa bir qadar yengillashib turadi.
Sepsisning har ikki holatida ham bemorning tana harorati ko'tariladi, boshi og'riydi, ko'p terlaydi, arterial bosimi pasayadi, holsizlanadi, ishtahasi yo'qoladi, ko'pincha uyqusizlikdan aziyat chekadi. Bundan tashqari, jigar va taloqning kattalashishi, shishishi, yurak va buyraklar faoliyatining yomonlashishi kuzatiladi. Bemorning oyoq-qo'llarida mayda qora dog'lar paydo bo'lib, bo'g'im va mushaklarida yallig'lanishlar ro'y beradi. Yosh bolalarda esa sepsis ko'pincha zotiljam (pnevmoniya) shaklida kechadi.
Sepsisning paydo bo'lishida tashqi va ichki omillar muhim rol o'ynaydi. Masalan, u ba’zida hasharotlar (chivin, pashsha, kana, burga, o'rgimchak) chaqqandan so'ng ham yuzaga keladi. Shuningdek, ba’zan teridagi ochiq jarohatlarga infeksiya tushganda, yaralarning bitishi kechikkanda, turli gangrenozlar (asosan oyoq gangrenasi)da, qorin bo'shlig'i a’zolaridagi jarrohliklardan so'ng va o'tkir xirurgik kasalliklar asorati sifatida paydo bo'ladi.
Hozirgi kunda yuz-jag' sohasidagi yallig'lanish kasalliklari, ayniqsa bolalardagi bunday jarayonlar ko'pgina holatlar septik asoratlar bermoqda. Odontogen sepsis milk yoki jag'lardagi yiringlash tufayli yuzaga kelib, ko'p hollarda jag' osti limfa tugunlari yiringlashi va og'iz bo'shlig'i flegmonasi bilan birga kechadi.
Ba’zan oyoqdagi yara-chaqalar va badanning turli joylaridagi shikastlanishdan keyingi jarohatlar tuzalishi kechiksa yoki ularga o'z vaqtida davo qilinmasa, sepsis rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Umuman, sepsis ko'zi yorigan va bola oldirgan ayollarda, bir yoshgacha bo'lgan go'daklarda hamda turli xil jarrohlik xastaliklari bilan og'rigan bemorlarda tez-tez uchrab turadi.
Qorin va ko'krak bo'shlig'i a’zolaridagi yiringli yaralarda, ayniqsa, chipqon va katta chipqon (karbunkul) chiqqanda, ularni qo'l bilan ezganda sepsis yuzaga keladi. Ba’zan arzimagan jarohatlar (ehtiyotsizlik tufayli tananing biror joyi shilinsa yoki kesilsa) ham sepsis rivojlanadi. Ayrim paytlarda ayollarda sut bezlarining yallig'lanishi (mastit)dan so'ng sepsis kelib chiqishi mumkin.
Bir qancha turlari mavjud

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling