Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi
Download 2.27 Mb.
|
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nechta parhez taomnomasi mavjud Ularni qo’llashga ko’rsatmalar va taomnomani yig’ishda hamshiraning vazifalari.
J: Tug’ruq kunini aniqlash usullari
Yuqoridagi usuli bilan bir qatorda tug’ruq vaqtinini hayz sikli bo’yicha hisoblab chiqish ham mumkin. Buning uchun oxirgi hayz siklining birinchi kunini bilish kerak. Negele formulasi — oxirgi hayz kelishining dastlabki kunidan 3 oyni ayirib, 7 kun qo’shish. Ko’p narsa bo’lajak onaning hayz sikliga bog’liq. Agar uning davomiyligi 25 kundan kam bo’lsa, bola rejalashtirilgan sanadan bir yoki ikki hafta oldin tug’ilishi mumkin. Agar onada menstrual sikl 30 kundan ortiq bo’lsa, tug’ruq bir yoki ikki hafta keyin sodir bo’lishi mumkin. Bunday holat kechikish deya qaralmaydi. 280 kun — homiladorlikning o’rtacha davomiyligidir. Har bir ayol organizmi esa individualdir. Aniqroq natija olish uchun bir nechta usullardan foydalanish tavsiya etiladi. UTT UTT yoxud ultratovushli tekshiruv yuqoridagi ikki usulga nisbatan ancha aniqroq va ishonchliroq hisoblanadi. Agar UT tekshiruv homiladorlikning birinchi trimestri oxirida amalga oshirilsa, tug’ish kunini uch kundan ortiq bo’lmagan xatolik bilan aniqlash mumkin. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimesterida bunday aniqlikka erishib bo’lmaydi. Homilaning harakatlanishi Bu usulga ko’ra, homilaning birinchi harakatlana boshlashidan so’ng tug’ruqqacha o’rtacha 20 hafta yoki 5 akusherlik oyi qolgan bo’ladi. Taqvimda ushbu 20 haftani belgilab, taxminiy sanani bilib olish mumkin. Ikkinchi yoki undan keyingi homiladorliklarda kutilgan kunni hisoblash uchun homila harakatlana boshlagan sanaga 22 hafta qo’shish kerak. Chunki bu holatda ginekologlar odatda dastlabki harakatlar 18-haftada sezilishini ta’kidlashadi. Biroq, ushbu usul bo’yicha hisoblash taxminiy natijalar berishini anglash kerak. Xatolik ikki haftadan ortiq bo’lishi mumkin. Akusherlik tekshiruvi Homiladorlikning 12-haftasiga qadar har bir homilador ona tug’ruq mahalliy ginekolog huzurida ayollar konsultatsiyasida ro’yxatdan o’tishi tavsiya etiladi. Homiladorlikning 20-haftasidan boshlab ginekologga tashrif buyurganda, u qorin o’lchami va bachadon tubining balandligini o’lchashni boshlaydi. Olingan ma’lumotlar muntazam ravishda tibbiy kartaga kiritib boriladi. Bu ko’rsatkichlarga asoslanib, shifokor tug’ruq kunini hisoblab chiqishi mumkin. Uning aniqligi ushbu sahifadagi kalkulyator aniqligi bilan teng sanaladi. Ginekologik tekshiruv Homilador ayolning muntazam tekshiruvi vaqtida mutaxassis ginekolog bachadonning o’sish dinamikasini baholaydi. Ushbu a’zo homila bilan birga o’sadi. Bachadonning o’lchamlari bo’yicha muntazam tekshiruvlarga muvofiq, tajribali va malakali ginekolog kutilgan sanani taxmin qila oladi. Bunday prognoz usuli homilador ayolni erta bosqichda kuzatishda samarali sanaladi. Ikkinchi va uchinchi trimestrda natijalar sezilarli xatoliklar bilan bo’ladi. Natijalar aniqligi Darhaqiqat, homila ko’tarish davomiyligi har bir ayolda individualdir. Tug’ruq vaqtini to’g’ri hisoblash uchun ko’pgina omillarni hisobga olish zarur, jumladan: Joriy homiladorlik dastlabki yoki yo’qligi; Ayolda hayzli sikli davomiyligi; Bir yoki ko’p homilali homiladorlik; Genetik xususiyatlari va boshqa ko’plab omillar. Kalkulyator, tajribali ginekologning prognozi, ultratovushli tekshiruv ma’lumoti mutlaqo aniq deb hisoblanadimi? Yo’q. Natijalar shartli sanaladi. Bo’lajak onaning ruhiy xotirjamligi uchun. Hatto agar ona homiladorlikning 42 yoki 43-haftasida farzand dunyoga keltiradiga bo’lsa ham, bu ham normal holatdir. Biroq yuqoridagi usullar ilmiy dalillarga, ya’ni homiladorlik ko’pchilik hollarda 280 kun davom etishiga asoslangani aksariyat onalar uchun to’g’ri natija beradi. Homiladorlik kechishining ba’zi xususiyatlari va ona salomatligi holati ba’zan muddatidan oldin tug’ruqlarga olib kelishi mumkin. Shu tufayli, ushbu kalkulyator bir hafta muddatga adashsa ham, bo’lajak ona ko’p narsaga tayyor bo’lishga ulguradi. Masalan zarur hujjatlarni topib qo’yish, tug’ruqxona uchun kerakli kiyim- kechak va boshqa anjomlarni tayyorlash, yosh onalar kurslariga qatnashish va hokazo. Hisoblangan muddatdan chekinish Hisoblangan muddatdan chekinish albatta normal holatdir. Ayollarning faqat 17 foizi prognoz qilingan kunda farzand dunyoga keltirishadi, qolgan 83 foizi esa undan oldin yoki keyin. Hech qaysi mutaxassis, malakasi qay darajada bo’lishidan qat’iy nazar, ma’lum bir ayol organizmining va homilaning o’nlab xususiyatlarini hisobga olib, bir so’z deya olmaydi. Shunday qilib, normal tug’ruq homiladorlikning 38 va 42 haftalari o’rtasida bo’ladi va bu normal sanaladi (na erta, na kech). Shuni yodda tutingki, homila ko’tarishda ayol ijobiy psixologik his- tuyg’ularni saqlab qolishi, asossiz qo’rquv va tashvishlardan cho’chimasligi muhim. Nechta parhez taomnomasi mavjud? Ularni qo’llashga ko’rsatmalar va taomnomani yig’ishda hamshiraning vazifalari. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling