Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi
MASTIT KASALLIGINI OLDINI OLISH
Download 2.27 Mb.
|
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023
MASTIT KASALLIGINI OLDINI OLISH
Mastitni oldini olish chora-tadbirlari laktostazniki bilan o’xshash, chunki aksariyat hollarda aynan laktostaz ushbu kasallik rivojlanishi uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. Sut turib qolishini oldini olish uchun sut bezlari to’liq bo’shatilishi kerak: muntazam emizish va ortiqchasini sog’ib tashlash. Agar bola bir ko’krakdagi sutdan to’ysa, keyingi safar uni boshqa ko’krakdan emizish kerak. Bola ko’krakni faqatgina tinchlanishi, sutsiz emishiga yo’l qo’ymang. Sut bezining yallig’lanishiga siynadagi yoriqlar ham sababchi bo’lishi mumkin, shuning uchun ko’krakni emizishga tayyorlash, gigiena qoidalariga amal qilish, chaqaloqni emizish uchun to’g’ri ushlash kerak. Mastit rivojlanishining profilaktik chora-tadbirlaridan biri sifatida kasallikni o’z vaqtida aniqlash va organizmdagi infektsiya o’choqlarini sanatsiya qilishdir, ammo yodda tutish kerak, emizish davrida umumiy antibakterial terapiya qarshi ko’rsatiladi. Mastopatiya, fibroz-kistoz mastopatiya (FKM) — ko’krak bezlarining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) statistika ma’lumotlariga ko’ra, tug’ish yoshidagi deyarli har ikkinchi ayol bu kasallik bilan tanish. Patogeneziga ko’ra mastopatiya yaxshi sifatli gormonal kasallik hisoblanadi. Uning rivojlanishi uchun asosiy sabab gormonal muvozanatning buzilishi hisoblanadi. Xususan, organizmda progesteron yetishmasligi va giperestrogeniya — estrogen gormonining me’yordan ortiqligi fibroz-kistoz mastopatiya rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu patologiya rivojlanishiga prolaktin ham bilvosita rol o’ynaydi. U sut bezlari rivojlanishi va faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, prolaktin sekretsiyasining ortishi bu jarayonlari buzadi. Yuqorida ko’rsatilgan gormonlar ishlab chiqarishdagi buzilishlar patologik gormonal disbalansga olib keladi, bu esa alveola va ariqchalarni qoplovchi va biriktiruvchi to’qimalarning o’sib ketishiga va buning oqibatida epiteliy va biriktiruvchi to’qima nisbatining patologik shakllanishiga olib keladi. Shu asnoda ayollarda fibroz-kistoz mastopatiya kasalligining birinchi alomatlari bo’lgan ko’krak bezlarida yuqori sekretsiya va og’riq yuzaga keladi. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling