Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi


Gipoglikemiya, giperglikemiya - uning yuzaga kelishi, belgilari, davolashda qo'llaniladigan dori vositalari haqida tushuncha


Download 2.27 Mb.
bet80/80
Sana27.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1726937
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023

Gipoglikemiya, giperglikemiya - uning yuzaga kelishi, belgilari, davolashda qo'llaniladigan dori vositalari haqida tushuncha.

J: Gipoglikemiya (gipo... yun. glykys — shirin va haima — qon) — qonda qandning norma (70 mg %) dan kamayishi. Sog’lom kishilar uglevodlar ko’p qabul qilganida, zo’r berib jismoniy ish bilan shug’ullanganida, shuningdek ayollarda laktatsiya davrida G. ro’y berishi mumkin. Me’da osti bezi, jigar, buyrak kasalliklari va b. ham G.ga olib keladi. Bemorga insulin ortiqcha berilganda gipoglikemik shok kuzatiladi, bundam holat ro’y berganda venaga glyukoza yuboriladi. Qonda qand miqdorining 40 mg% dan kamayib ketishi ko’pgina noxushliklarga; hushdan ketish, tirishish, hatto o’limga olib kelishi mumkin. G.ga sabab bo’lgan asosiy kasallik aniqlanib, uni davolash tadbirlari ko’riladi.
Giperglikemia (giper... va yun. glykys — shirin, haima — qon) qonda qandning normadan ko’p bo’lishi, ya’ni 120 mg % yoki 6 mmol/l dan (SI sistemasi bo’yicha) oshib ketishi. Vaqtinchalik giperglikemia sog’lom kishilarda ko’p shirinlik yoki uglevodga boy ovqatlar iste’mol qilinganda, zo’r berib jismoniy ish qilganda, qattiq og’riq tutganda, ruhiy kechinmalarda kuzatiladi. Giperglikemia qandli diabet kasalligining asosiy belgisi bo’lib, endokrin bezlar, xususan me’da osti bezi faoliyatining buzilishi oqibatida kelib chiqqan kasalliklarda, shuningdek, ba’zi jigar kasalliklari (virusli gepatit, sirroz) ham ro’y berishi mumkin.
Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling