Viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining 2018 yil 17 dekabrdagi 89-sonli, maktabgacha ta’lim bo‘limining yildagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining


Download 86.09 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi86.09 Kb.
#139297
Bog'liq
kuzatuv kengash


_____________________________viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining 2018 yil 17 dekabrdagi 89-sonli, _________________________________maktabgacha ta’lim bo‘limining __________________yildagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining Kuzatuv kengashlari faoliyatini tashkil qilish xaqida”gi ____-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash haqida

__”___.201_ yil __________________



Buyruq № __

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2018 yildagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 239-sonli,__________________________ viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2018 yil 18 dekabrdagi 89-sonli, _______________________________________ maktabgacha ta’lim bo‘limining ______________ yildagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining Kuzatuv kengashlari faoliyatini tashkil qilish xaqida”gi ____- sonli buyruqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida



BUYURAMAN:

  1. ________________________________viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2018 yil 18 dekabrdagi 89-sonli, ______________________ maktabgacha ta’lim bo‘limining ____________ yildagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining Kuzatuv kengashlari faoliyatini tashkil qilish xaqida”gi ____-sonli buyruqlari ijro uchun qabul qilinsin.




  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2018 yildagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy Nizomi”ga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi Nizomi va chora-tadbir ishlab chiqilsin.



  1. Tashkilot ma’muriyati xodimlari, pedagoglar,tarbiyachilar,tarbiyachi yordamchilari Kengashga yashirin ovoz berish orqali saylansin va tashkilot pedagogik kengashining qarori bilan tasdiqlansin.




  1. __________2020 yil yilgacha maktabgacha ta’lim tashkiloti umumiy ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazilsin va kuzatuv Kengashi faoliyatini tashkil qilishga oid masalalar ko‘rib chiqilib, tarkibi shakillantirilsin.



  1. Ushbu buyruqnig bajarilishini nazorat qilishni MTT raxbari _____________________________________________________ yuklatilsin.


___- MTT raxbari: __________________________

__”___._______ yildagi



__- sonli buyrug‘iga

___- maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv Kengashi

haqidagi Nizomi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2018 yildagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.



1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritilidai) tatbiq etiladi.

  2. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

Kengash tashkilotni boshqarishda strategik organ hisoblanadi.

  1. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

maktabgacha ta’lim shahar bo‘linmasi (bundan buyon bo‘linma deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini saylash;

tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;

tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishi ustidan nazorat olib borish.

  1. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, muassasaning Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.

2-bob. Kengashning vazifalari

  1. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

hududiy bo‘linma tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot rahbarini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;

tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

tashkilot faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va harajatlar, byudjet va byudjetdan tashqari hamda homiylik mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tashkilot rahbarining hisobotlarini tinglash;

tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxini tashkilot rahbarining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;

tashkilot rahbari, pedagog va boshqa xodimlarning faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;

tashkilotning rivojlanishiga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkilot rahbarining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘linmaga takliflar kiritish;

tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘linmaga takliflar berish;

Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.

3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish

  1. Tashkilotda bolalarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilot rahbariga ko‘maklashish uchun har bir tashkilotda Kengash tashkil etiladi.

  2. Kengash 11 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga tashkilotning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot ma’muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy bo‘linmadan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onasidan kamida 3 nafar, a’zo kiritiladi.

Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.

  1. Kuzatuv kengashi har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, tashkilot ma’muriyati, hududiy bo‘linma xodimlar orasidan shakllantiriladi.

  2. Kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochik ovoz berish orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zosi hisoblangan ota-onalar orasidan saylanadi.

  3. Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.

  4. Kengash a’zolarining saylashda tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (ulardan biri) ishtirok etishi mumkin.

  5. Kengash a’zolari tashkilot tarbiyalanuvchilari ota-onalarining umumiy yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

  6. Kengash a’zosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari tashkilotda tarbiyalanuvchilar qatoridan chiqarilganda, kengashning ushbu a’zosi kengash a’zolari qatoridan chiqariladi va uning o‘rniga ota-onalar orasidan boshqa a’zo saylanadi.

  7. Tashkilot ma’muriyati xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari Kengashga yashirin ovoz berish orqali saylanadi va tashkilot pedagogik Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.

  8. Kengash a’zoligiga hududiy bo‘linma vakili tegishli shahar maktabgacha ta’lim bo‘linmasi buyrug‘i bilan tayinlanadi.

  9. Tashkilotning rahbari yoki uning o‘rinbosari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari Kengash a’zolari sifatida saylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  10. Kengash a’zosi Kengashning yig‘ilishida surunkali 3 marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash a’zolari tarkibdan chiqariladi.


4-bob. Kengash yig‘ilishlarini tashkil etish va o‘tkazish

  1. Kengashning birinchi yig‘ilishi tashkilot rahbari tomonidan tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi.

  2. Kengash har chorakda kamida bir marta yig‘iladi.

  3. Kengash yig‘ilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

  4. Kengash yig‘ilishida uning umumiy a’zolaridan 60 foizi ishirok etganda Kengash qaror qabul qilinishi mumkin.

  5. Kengash o‘z faoliyatini daxlsizlik, oshkoralik, shaffoflik, adolatlilik tamoyillariga muvofiq amalga oshiradi.

  6. Kengash qarorlari a’zolarining teng huquqliligi asosida oddiy ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

  7. Kengash yig‘ilishlariga Kengash raisi raislik qiladi.

  8. Kengash raisi o‘z vakolatini vaqtincha bajarish imkoniyati bo‘lmagan hollarda (xizmat safari, ta’til va kasallik davrida), uning vazifasini bajarish Kengash a’zolaridan biriga vaqtincha yuklatiladi. Bunda, tashkilot va hududiy bo‘linma xodimlariga yuklatilishi mumkin emas.

  9. Kengash yig‘ilishida tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosarlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.

  10. Kengash yig‘ilishlari mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirilishi va o‘tkazilishi hamda hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashirilishi uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.

  11. Kengash yig‘ilishi o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin yig‘ilish o‘tkaziladigan kun, vaqti, joyi va muhokama etiladigan masalalar haqida Kengash a’zolari xabardor qilinishi lozim. Kengash a’zolarini xabardor qilish uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.

  12. Tashkilot rahbari Kengash yig‘ilishlarini o‘tkazish va uning ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xona, tashkilot faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar va kanselyariya jihozlari) uchun mas’ul hisoblanadi.

  13. Kengashning faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni har chorakda tashkilotning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida yoki tashkilotning barcha ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyiga joylashtirish tavsiya etiladi.

  14. Kengash yig‘ilishlari o‘tkazilganligi haqidagi bayonnomalar Kengash yig‘ilishi o‘tkaziladigan kundan boshlab 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda hududiy bo‘linmaga taqdim etilishi lozim.

5-bob. Kengashning huquq va vakolatlari

  1. Kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

Tashkilotning tegishli davrdagi faoliyati bo‘yicha tashkilot rahbaridan ma’lumotlar so‘rash va olish;

Tashkilotning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;

homiylik va hayriya mablag‘larining kirim qilinishi va sarflanishi haqida ma’lumotlar bilan tanishish;

tashkilot pedagog xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘si himoya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.



6-bob. YAkuniy qoidalar

  1. Kengashning faoliyatiga tashkilot rahbari, hududiy bo‘linma, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

  2. Tashkilotda tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan tashkilot rahbari, Kengash a’zolari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablag‘larini yig‘ish qat’iyan ta’qiqlanadi.

  3. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

  4. Kengash raisi, kotibi va a’zolari jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan kuzatuv kengashidagi faoliyati yuzasidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

  5. Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.

________________________________________ ______ - maktabgacha ta’lim tashkilotning navbatdan tashqari pedagogik kengashining

BAYONNOMASI ____ (ko‘chirma)

___”____. _____________ __________________________________



Yig‘ilish raisi _________________________

Yig‘ilish kotibi: _________________________

Qatnashdilar: Barcha pedagog xodimlar

KUN TARTIBI:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2018 yildagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 239-sonli ___________________________ viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2018 yil 18 dekabrdagi 89-sonli, ______________________________ maktabgacha ta’lim bo‘limining _____________________________ yildagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari faoliyatini tashkil qilish xaqida”gi ___- sonli buyruqlari bilan tanishtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirining 2018 yil 21 noyabrda 2-mh -sonli buyrug‘iga ilova “Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy Nizomi”ga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi Nizomini ishlab chiqish va tanishtirish.
Tashkilot ma’muriyati xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari orasidan Kuzatuv kengashga yashirin ovoz berish orqali saylash va tasdiqlash.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti raxbari ___________________________ so‘zga chiqib, navbatdan tashqari chaqirilgan pedagogik kengashni ochiq deb e’lon qildi.

Kun tartibidagi 1- masala yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashlari faoliyatini tashkil qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 6 dekbr 239-sonli buyrug‘iga, _____________________ viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2018 yil 17 dekabr 89-sonli buyrug‘i, _____________________________maktabgacha ta’lim bo‘limi ________________________ ___-sonli buyrug‘lari bilan tanishtirdi va Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaldagi Vasiylik kengashlarining faoliyatini tugatish va ularning o‘rniga Kuzatuv kengashlarini tashkil qilish belgilanganligini aytib o‘tdi.

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan MTT raxbari ___________________________ so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirining 2018 yil 21 noyabrda 2-mh-sonli buyrug‘iga ilova “Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy Nizomi” va uning quyidagi barcha boblari bilan tanishtirdi :

-1-bob.Umumiy qoidalar.

-2-bob.Kengashning vazifalari.

-3-bob.Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish.

-4-bob.Kengash yig‘ilishlarini tashkil qilish va o‘tkazish.

-5-bob.Kengashning xuquq va vakolatlari.

-6-bob.YAkuniy qoidalar.

1-bob. Umumiy qoidalar quyidagilardan iborat:


  • Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritilidai) tatbiq etiladi.

  • Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

  • Kengash tashkilotning boshqarishda strategik organ hisoblanadi.

  • Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

maktabgacha ta’lim shahar bo‘linmasi (bundan buyon bo‘linma deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini saylash;

tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;

tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishi ustidan nazorat olib borish.

  • Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, tashkilotning Ustavi hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.

2-bob. Kengashning vazifalari:


  • hududiy bo‘linma tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot rahbarini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;

  • tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

  • tashkilot faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va harajatlar, byudjet va byudjetdan tashqari hamda homiylik mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tashkilot rahbarining hisobotlarini tinglash;

  • tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxini tashkilot rahbarining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;

  • tashkilot rahbari, pedagog va boshqa xodimlarning faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

  • tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;

  • tashkilotni rivojlanishiga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkilot rahbarining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘linmaga takliflar kiritish;

  • tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘linmaga takliflar berish;

  • Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.



3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish:


  • Tashkilotda bolalarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilot rahbariga ko‘maklashish uchun har bir tashkilotda Kengash tashkil etiladi.

  • Kengash 11 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga tashkilotning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot ma’muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy bo‘linmadan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onasidan kamida 3 nafar, a’zo kiritiladi.

Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.

  • Kuzatuv kengashi har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, tashkilot ma’muriyati, hududiy bo‘linma xodimlar orasidan shakllantiriladi.

  • Kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochik ovoz berish orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zosi hisoblangan ota-onalar orasidan saylanadi.

  • Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.

  • Kengash a’zolarining saylashda tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (ulardan biri) ishtirok etishi mumkin.

  • Kengash a’zolari tashkilot tarbiyalanuvchilari ota-onalarining umumiy yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

  • Kengash a’zosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari tashkilotda tarbiyalanuvchilar qatoridan chiqarilganda, kengashning ushbu a’zosi kengash a’zolari qatoridan chiqariladi va uning o‘rniga ota-onalar orasidan boshqa a’zo saylanadi.

  • Tashkilot ma’muriyati xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari Kengashga yashirin ovoz berish orqali saylanadi va tashkilot pedagogik Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.

  • Kengash a’zoligiga hududiy bo‘linma vakili tegishli shahar maktabgacha ta’lim bo‘linmasi buyrug‘i bilan tayinlanadi.

  • Tashkilotning rahbari yoki uning o‘rinbosari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari Kengash a’zolari sifatida saylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • Kengash a’zosi Kengashning yig‘ilishida surunkali 3 marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash a’zolari tarkibdan chiqariladi.

4-5-6- boblarni xam o‘qib eshittirib, muxokama qilindi.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan tashkilotning boshlang‘ich Kasaba uyushmasi raisi _________________________________ so‘zga chiqdi. Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish koidalari bo‘yicha tashkilot ma’muriyati xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari Kengashga yashirin ovoz berish orqali saylab va tashkilot pedagogik Kengashining qarori bilan tasdiqlab qo‘yishimiz lozimligini aytib ovozga qo‘ydi. YAshirin ovoz berish orqali tashkilot ma’muriyatidan psixolog____________________,tarbiyachilardan_________________ _________________ tarbiyachi yordamchilaridan __________________________ va __________________________ lar ko‘p ovoz olganligi sababli kuzatuv kengash a’zolari tarkibiga qo‘shildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib yig‘ilish


QAROR QILADI:


  1. Kuzatuv kengashlari faoliyatini tashkil qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 6 dekbr 239-sonli buyrug‘iga, __________________________viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2018 yil 17 dekabr 89-sonli buyrug‘i, _________________maktabgacha ta’lim bo‘limining _______________________ __ -sonli buyrug‘lari bilan tanishtirdi va Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaldagi Vasiylik kengashlarining faoliyatini tugatish va ularning o‘rniga Kuzatuv kengashlarini tashkil qilish haqidagi ma’lumot axborot uchun qabul qilinsin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirining 2018 yil 21 noyabrda 2-mh-sonli buyrug‘iga ilova “Maktabgacha ta’lim tashkilotning kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy Nizomi”ga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotning kuzatuv kengashi haqidagi Nizomi ishlab chiqilsin va ma’lumotlar axborot uchun qabul qilinsin.

  3. Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish koidalari bo‘yicha Kengashga yashirin ovoz berish orqali tashkilot ma’muriyatidan ____________________tarbiyachilardan___________________va ____________________ tarbiyachi yordamchilaridan ________________ va ______________________ lar ko‘p ovoz olganligi sababli kuzatuv kengash a’zolari tarkibiga qo‘shilganligi tasdiqlansin.

  4. Qarorni ijrosi nazoratini o‘z zimamda qoldiraman.


Yig‘ilish raisi: ____________ ____________________________


Yig‘ilish kotibi: ____________ ____________________________

________________________________ - maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan navbatdan tashqari umumiy ota- onalar yig‘ilishi

Bayonnomasi __ (ko‘chirma)

___”___.201__ yil __________________________

Yig‘ilish raisi: _________________________

Qatnashdilar: barcha ota-onalar



Kotibi: _______________________

KUN TARTIBI:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2018 yildagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotidagi Vasiylik kengashlari faoliyatini tugatish va uning o‘rniga Kuzatuv kengashini tashkil etish xaqida.

Ma’sul:____________________________
Yig‘ilishni ota-onalar qo‘mitasi raisi _______________________________________ kirish so‘zi bilan ochib berdi va bugungi yig‘ilishga taklif etilganlar va yig‘ilish kun tartibi bilan tanishtirdi.

Kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan so‘z MTT raxbari ________________________________ ga berildi. Mudira o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2018 yildagi PQ-3955-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 239-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining Kuzatuv kengashlari faoliyatini tashkil qilish xaqida”gi buyrug‘iga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotidagi Vasiylik kengashlari faoliyatini tugatish va uning o‘rniga Kuzatuv kengashini tashkil etish kerakligi xaqida gapirdi. Kuzatuv kengashi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 21 noyabr 2018 yildagi 2-mx-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi” xaqidagi namunaviy Nizom asosida tashkil etilishi, ushbu namunaviy Nizom asosida MTTning Kuzatuv kengashi Nizomi ishlab chiqilganligini aytdi va uning quyidagi barcha boblari bilan tanishtirdi :

-1-bob.Umumiy qoidalar.

-2-bob.Kengashning vazifalari.

-3-bob.Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish.

-4-bob.Kengash yig‘ilishlarini tashkil qilish va o‘tkazish.

-5-bob.Kengashning xuquq va vakolatlari.

-6-bob.YAkuniy qoidalar.

MTT raxbari __________________________ kuzatuv kengashining asosiy vazifalariga aloxida to‘xtalib o‘tdi:

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-hududiy bo‘linma tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot rahbarini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;

-tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

-tashkilot faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va harajatlar, byudjet va byudjetdan tashqari hamda homiylik mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tashkilot rahbarining hisobotlarini tinglash;

-tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxini tashkilot rahbarining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;

-tashkilot rahbari, pedagog va boshqa xodimlarning faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

-tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;

-tashkilotni rivojlanishiga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkilot rahbarining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘linmaga takliflar kiritish;

-tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘linmaga takliflar berish;

Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkinligi aytildi.

Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish quyidagi tartibda amalga oshirilishi tushuntirildi:

Tashkilotda bolalarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilot rahbariga ko‘maklash ish uchun har bir muassasada Kengash tashkil etiladi.

Kengash 11 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga tashkilotning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot ma’muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy bo‘linmadan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onasidan kamida 3 nafar, a’zo kiritiladi.

Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.

Kuzatuv kengashi har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, tashkilot ma’muriyati, hududiy bo‘linma xodimlar orasidan shakllantiriladi.

Kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolar umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ochik ovoz berish orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zosi hisoblangan ota-onalar orasidan saylanadi.

Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Kengash a’zolarining saylashda tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (ulardan biri) ishtirok etishi mumkin.

Kengash a’zolari tashkilot tarbiyalanuvchilari ota-onalarining umumiy yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

Kengash a’zosi etib saylangan ota-onalarning farzandlari tashkilotda tarbiyalanuvchilar qatoridan chiqarilganda, kengashning ushbu a’zosi kengash a’zolari qatoridan chiqariladi va uning o‘rniga ota-onalar orasidan boshqa a’zo saylanadi.

Tashkilot ma’muriyati xodimlari, pedagoglar, tarbiyachilar, tarbiyachi yordamchilari Kengashga yashirin ovoz berish orqali saylanadi va tashkilot pedagogik Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.

Kengash a’zoligiga hududiy bo‘linma vakili tegishli shahar maktabgacha ta’lim bo‘linmasi buyrug‘i bilan tayinlanadi.

Tashkilotning rahbari yoki uning o‘rinbosari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari Kengash a’zolari sifatida saylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kengash a’zosi Kengashning yig‘ilishida surunkali 3 marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, u Kengash a’zolari tarkibdan chiqariladi.

So‘ngra MTT raxbari ota-onalarga yuqoridagi tartib asosida Tashkilotning Kuzatuv kengashini tarkibini tayinlash bo‘yicha nomzodlar berish taklifini berdi.

Nomzodlar ko‘rib chiqilib, ota-onalar tarafidan ochiq ovoz berish orqali 1-ilovada ko‘rsatilgan ota-onalar kuzatuv kengashi a’zolari etib saylandi.

SHuningdek, tashkilotda o‘tkazilgan navbatdan tashqari pedagogik kengashda tashkilotning barcha xodimlari qatnashib, yashirin ovoz berish yo‘li bilan tashkilot ma’muriyati xodimlaridan 1 nafar, tarbiyachilardan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilaridan 2 nafari saylandi va tashkilot pedagogik Kengashining qarori bilan tasdiqlandi. Pedagogik Kengash qarori ilova qilinadi. Kengash a’zoligiga saylangan xodimlar ro‘yxati 1-ilovada ko‘rsatilgan. Kengash a’zoligiga _______________________________ maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri buyrug‘i bilan vakil tayinlandi. Buyruq va ro‘yxat ilova qilinadi.

Kuzatuv kengashi”ni tarkibi yuqorida ko‘rsatilgan tartibda shakllanganligini aytib o‘tib, 1-ilovada berilgan ro‘yxat bo‘yicha ota-onalarning fikrlari so‘raldi. SHakllantirilgan tarkib bo‘yicha qarshilar, betaraflar bo‘lmadi va bir ovozdan ma’qullandi.



YUqoridagilarga asoslanib ota-onalar yig‘ilishi
QAROR QILADI:

1.MTT mudirasi _______________________________ ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2018 yildagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotdagi Vasiylik kengashlari faoliyatini tugatish va uning o‘rniga Kuzatuv kengashini tashkil etish xaqida”gi va MTTning Kuzatuv kengashi Nizomi xaqida bergan ma’lumotlari axborot uchun qabul qilinsin.

2. _____________ yildan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilota faoliyat yuritayotgan Vasiylik kengashi faoliyati to‘xtatildi deb hisoblansin.

3. ____________ yildan Maktabgacha ta’lim tashkilotning ota-onalar qo‘mitasi, guruxlardagi ota-onalar qo‘mitalari faoliyati to‘xtatilsin.

4. Har bir yosh guruxidan 3 nafardan Kuzatuv kengashi a’zolari ota-onalarning takliflari asosida saylansin.

5.Tashkilotning Kuzatuv kengashi a’zolari etib 1- ilovada ko‘rsatilgan ro‘yxatga asosan nomzodlar tasdiqlansin:

6.MTTning Kuzatuv kengashi a’zolariga:

-Kengash faoliyatini daxlsizlik,oshkoralik,shaffoflilik,adolatlilik tamoyillariga muvofiq amalga oshirish;

-MTTning Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirish va o‘tkazilishini ta’minlash,xujjatlarni to‘g‘ri yuritish;

7. MTT raxbari _______________________________ ga:

-Kengash yig‘ilishlarini o‘tkazish va uning ishini tashkil qilish (xujjatlar ni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xona, ma’lumotlar, kanselyariya jixozlari) vazifasi yuklatilsin.

-Kengash faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni har chorakda Tashkilotning barcha ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyga joylashtirib borish vazifalari yuklatilsin.



Yig‘ilish raisi: ____________ ___________________


Yig‘ilish kotibi: ____________ _____________________

______________________________________ __ –maktabgacha ta’lim

tashkiloti Kuzatuv kengashining birinchi yig‘ilish

Bayonnomasi №___

___”____. 201__ yil __________________________



Yig‘ilish raisi __________________________

Yig‘ilish kotibi: ________________________

Qatnashdilar: Barcha kuzatuv kengashi

a’zolari
KUN TARTIBI:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirining 2018 yil 21 noyabrda 2-mh -sonli buyrug‘iga ilova “Maktabgacha ta’lim tashkilotning kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy Nizomi”ga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi Nizomini tanishtirish.

Kuzatuv kengashi tarkibi bilan tanishib chiqish. Rais va kotibani saylab olish.

Kuzatuv kengashining 2019 yilga ish rejasini tuzish.

Tashkilot raxbari _____________________________ so‘zga chiqib kuzatuv kengashining birinchi yig‘ilishini ochiq deb e’lon qildi.

Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan tashkilotning kuzatuv kengashi haqidagi Nizomini o‘qib eittirdi. Nizom 6-bobdan iborat bo‘lib khquyidagilardan iborat:

-1-bob.Umumiy qoidalar.

-2-bob.Kengashning vazifalari.

-3-bob.Kengash faoliyatini tashkil etish va tarkibini shakllantirish.

-4-bob.Kengash yig‘ilishlarini tashkil qilish va o‘tkazish.

-5-bob.Kengashning xuquq va vakolatlari.

-6-bob.YAkuniy qoidalar.

2-bob Kengashning vazifalariga aloxida to‘xtalib o‘tib, ular

  • hududiy bo‘linma tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibida tashkilot rahbarini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;

  • tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

  • tashkilot faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va harajatlar, byudjet va byudjetdan tashqari hamda homiylik mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risid tashkilot rahbarining hisobotlarini tinglash;

  • tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxini tashkilot rahbarining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;

  • tashkilot rahbari, pedagog va boshqa xodimlarning faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

  • tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;

  • tashkilotni rivojlanishiga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkilot rahbarining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘linmaga takliflar kiritish;

  • tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘linmaga takliflar berish;

  • Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan mudira so‘zga chiqib nizomda belgilangan qoidalar asosida kengash a’zolari Rais va kotibini saylab olishlari lozimligini ayti va so‘z navbatini kengash a’zosi xisoblangan ________________________ -guruh ota-onasi _________________________________ga berdi.

_____________________________________ so‘zga chiqib avval nomzodlarni tanlab olib so‘ngra ochiq ovoz berish yo‘li bilan rais va kotibani saylab olish taklifini berdi. Kengash a’zolari bu masalani muxokamaga qo‘yib ___________________________, ____________________________ va __________________________________ larni nomzodlarini qo‘yishdi. Ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylov o‘tkazilib ko‘p ovoz olgan ________________________________ rais etib va __________________ kotiba etib saylandi.

Tashkilot mudirasi so‘zni yangi saylangan raisga berdi. _____________________________ so‘zga chiqib ishonch bildirgan kengash a’zolariga o‘z minnatdorchilini bildirib Nizomda belgilangandek Kengash o‘z faoliyatini daxlsizlik, oshkoralik, shaffoflik, adolatlilik tamoyillariga muvofiq amalga oshirishini aytib o‘tdi.

Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan MTT raxbari ___________________________so‘zga chiqib kengashning 2019 yil uchun ish rejasini tuzib tasdiqlab olishlari kerakligini aytdi. Masala muxokamaga qo‘yilib nizomda ko‘rsatilgan kengashning vazifalaridan iborat takliflar va talablarga binoan 2019 yil ish rejasi tuzildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib yig‘ilish
QAROR QILADI:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirining 2018 yil 21 noyabrda 2-mh -sonli buyrug‘iga ilova “Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy Nizomi”ga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi Nizomini ma’lumoti axborot uchun qabul qilinsin.

Ochiq ovoz yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijasi bilan ___________________ Kuzativ kengashining Raisi, __________________________________kotibasi etib tasdiqlansin.

Kuzatuv kengashi va mudira tomonidan “Kuzatuv kengashining ______ _______ __________yil uchun ish rejasi tasdiqlansin.Qarorni ijrosini nazorati kuzatuv kengashi raisi ____________________________ zimmasiga yuklatilsin.

Yig‘ilish raisi: ____________ ______________________

Yig‘ilish kotibi: ____________ _______________________

KELISHILDI” “KELISHILDI”



Kuzatuv kengashi raisi: _____- MTT raxbari

_______________________ ________________________

___”____ ______yil “___”____ ______yil



____ - Maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashining 2020 ukuv yil uchun

ISH REJA




O‘rganiladigan masalalar

Ijrosiga Mas’ullar

Bajarish muddati

Natijaviyligi

1

Kuzatuv kengashining yig‘ilishlari Nizom talablariga muvofiq tashkillashtirish va o‘tkazish xamda xujjatlarni to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirish.


Kengash raisi, Kotibi

Xar chorakda bir marta

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma

2

Kengash yig‘ilishlarini o‘tkazish uchun va xujjatlarni saqlash uchun xona, kerakli ma’lumotlarni berish va konselyariya jixozlari bilan ta’minlash.


Mudira

Yil davomida

MTB ga tahliliy

ma’lumotnoma



3

Kengash faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarda yoritish, tashkilotning barchaga ko‘rinarli bo‘lgan joyga joylashtirish.


Mudira

Yil davomida

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



4

Kengash yig‘ilishining bayonnomalari, ma’lumotnomalari, taxlillari, takliflari o‘tkazilgandan so‘ng 3kun muddat ichida MTB ga taqdim etish.


Mudira

Yil davomida

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



5

Tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini mudira ishtirokida tanishib chiqish.


Kengash A’zolari, Tashkilot mudirasi

YAnvar

2020 yil

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma


6

yillik moliyaviy byudjetidan chiqmagan xolatda xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha MTBga takliflar berish.


Kengash A’zolari

Yil davomida

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



7

Tashkilotning xar bir guruxida o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishlarida ishtirok etish.

Guruxdan saylangan kengash a’zolari

O‘quv yili davomida

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



8

Tashkilot guruxlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish va gurux moddiy texnika bazasini boyitish,yangiliklar kiritish bo‘yicha tashkilot raxbariyatiga takliflar berish.

Kengash A’zolari

O‘quv yili davomida

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



9

Tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va sifatli ovqatlantirishni tashkil etilishi bo‘yicha tashkilot oshxonasi, guruxlardagi sanitariya xolatini o‘rganish hamda zaruriy jixozlar bilan ta’minlashda ko‘maklashish.

Kengash A’zolari

O‘quv yili davomida

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



10

Tashkilotda tibbiy xizmatni tashkil etish, tarbiyalanuvchilarni sog‘lomlashtirish ishlari, tashkilot xodimlarining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bo‘yicha nazorat yuritish.

Kengash A’zolari

Yil davomida

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



11

Pedagoglar saloxiyati va ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etilishi yuzasidan mashg‘ulotlar, faoliyatlar, bayram tadbirlarda kuzatuv ishlarini olib borish.

Kengash A’zolari

Yil davomida

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



12

Guruh, o‘yin maydonchalarini bolalarning jismoniy rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy o‘yin jixozlari bilan ta’minlashda jamoatchilik tashkilotlari va xomiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam berish.

Kengash A’zolari

May

2020 yil

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma


13

Tarbiyalanuvchilarning ma’naviy ongini shakllantirish, dunyo qarashlarini kengaytirish maqsadida qo‘g‘irchoq teatrlari, sayoxat mashg‘ulotlari, turli kasb egalari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish.

Kengash A’zolari

O‘quv yili davomida

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



14

Maktabgacha ta’lim tashkilotda bayram oldi xayriya xasharlariga ota-onalarni jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.

Kengash A’zolari

Reja asosida

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma

15

Kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik, guruxlarda issiqlik saqlash choralarini ko‘rishda amaliy yordam berish.


Kengash A’zolari

Iyun – sentyabr 2020yil

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



16

Kuz – qish mavsumiga olinadigan oziq-ovqat zaxirasi va ko‘mir-o‘tin zaxiralarini sifatini nazoratga olish.

Kengash A’zolari

Oktyabr- noyabr

2020 yil

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma


17

Tashkilotning mudirasining dasturi va rejalari yuzasidan __________________________ maktabgacha ta’lim bo‘limiga takliflar kiritish.

Kengash A’zolari

Avgust

2020 yil


MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



18

Tashkilot ota- onalari bilan tashkilot mudirasi, pedagoglari va boshqa xodimlarining faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazish.

Kengash A’zolari

1 yilda 2 marta

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



19

Maktabgacha ta’lim tashkilot ta’mirlashda o‘z homiylik yordamini berishni xoxlagan homiylarni izlash.


Kengash A’zolari

Xar chorakda bir marta

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



20

Maktabgacha ta’lim tashkilotning faoliyati yuzasidan tushgan murojaatlar (jumladan: shikoyat,taklif va arizalar)ni o‘rganish va tegishli xulosalarni berish.

Kengash A’zolari

Yil davomida Murojaat tushganda

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



21

Mudiraning byudjet xisoboti va byudjetdan tashqari mablag‘lar xamda moliyaviy xisobotlarni ko‘rib chiqish.


Kengash A’zolari

Dekabr 2020 yil

MTB ga tahliliy ma’lumotnoma



22

Maktabgacha ta’lim tashkilotida yil davomida o‘tkazilgan tadbirlar, ko‘rik tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etgan ota-onalarni rag‘batlantirishni tashkil etish.

Kengash A’zolari

Dekabr

2020yil



MTB ga tahliliy ma’lumotnoma

Download 86.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling