Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi


Download 1.81 Mb.
bet1/12
Sana27.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1725998
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
sarvar





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSITUTI
VINOCHILIK TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI”
FAKULTETI
ENOLOGIYA VA UMUMIY OVQATLANISHNI TASHKIL ETISH”
KAFEDRASI
INTER ROHAT qo’shma korxonasi
Tanishuv amaliyoti bo’yicha
HISOBOTI


OTMdan rahbar: A.R.Adhamov
Korxonadan rahbar: _______________


Bajardi: _______________


Mundarija



  1. Kirish...................................................................................................... 3

  2. Korxona tarixi.........................................................................................5

  3. Korxona haqida umumiy ma’lumot:

a) korxona strukturasi................................................................................ 6
b) xom ashyo bazasi.................................................................................... 7
v) tayyor mahsulot ba’zasi assortimenti va nomi.................................... 17
4. Ishlab chiqarishning texnologiyasi sxemasi……………………..…… 20
5.Asosiy va yordamchi sexlar…………………………………………….21
6.Korxonadagi texnika xavfsizligi chora tadbirlari………………….. 22
7.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………..……………… 24
1.Kirish
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan iqtisodiy va siyosiy jabhalarda o‘z o‘rnini topishi va bozor iqtisodiyoti davrida halq xo‘jaligini rivojlantirishda, asosan, tabiiy resurslardan unumli foydalanish, sanoatda yangi texnika, ilg‘or texnologiya va ilmiy yutuqlarning oxirigi natijalaridan unumli foydalanish bilan rivojlanishni birinchi maqsad deb rejalashtirdi. Bu masalada qishloq ho‘jaligini u bilan bog‘liq bo‘lgan xom ashyolarni qayta ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari rejasini tez amalga oshirishga o‘z xissalarini qo‘shib birinchi galda respublika aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash rejalashtirildi. Bu muammo bozor iqtisodiyoti davrida respublikada don mustaqilligiga erishildi. Sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilish yo‘lga qo‘yildi. Yangidan yangi texnologiya, xar tamonlama qulay, ekologik toza va tejamkor jihoz va xom ashyolar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Shu jumladan pivo ishlab chiqarishning tarmog‘ida ham Respublikamizni deyarli barcha viloyatlari oziq ovqat uyushmasiga qarashli barcha korxonalar o‘z korxonlarini ishini qayta ko‘rib chiqib davr talabiga javob beruvchi va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun o‘z imkoniyatlaridan foydalangan holda qo‘shma korxonlar ochmoqdalar.
Ayrim viloyatlarida tadbirkorlar pivo ishlab chiqaruvchi kichik korxonlar ochmoqdalar. Bularni hammasi pivo ichimligiga bo‘lgan talab oshib borayotganligidan dalolat beradi.
Respublikamizda pivo ishlab chiqarish uchun deyarli hamma sharoitlar mavjud. Korxonalarni ko‘pchiligi mahalliy don mahsulotlaridan foydalangan xolda solod ishlab chiqarilmoqda. Lekin maxalliy dondan olingan solod tarkibidagi xujayralarini parchalanishi qiyin bo‘lganligi, bu esa mahsulot sifatiga ta’sir etishi texnologiyada yangiliklar kirtishni taqoza qiladi.
Pivoning ta’mi va xushbo’yligi uning tarkibidagi ekstraktiv moddalardan, qulmoqdagi taxir va xushbo’y moddalardan, spirt va bijg’ish jarayonidan hosil bo’lgan boshqa mahsulotlardan hosil bo’ladi.
Pivo kam alkogolli, jilvali, qulmoqga xos bo’lgan hidga va yoqimli taxir mazali ichimlik. Uni ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo arpa solodi, qulmoq va suv hisoblanadi. Ayrim navli pivolarni ishlab chiqarish uchun solod bilan birga yordamchi mahsulotlar ham ishlatiladi. (maydalangan arpa, maydalangan guruch yoki guruch oqshog’i, yog’sizlantirilgan jo’xori yormasi yoki uni, yog’sizlantirilgan soya uni).
Pivoni karbonat angidridi bilan to’yinganligi unda chanqov bosdi xususiyatini oshiradi. Shu xususiyatlarni e’tiborga oladigan bo’lsak, pivoga bo’lgan talab kundan-kunga ortib bormokda.
Pivo asosan och rangli, to’q rangli va alkogolsiz navlarga bo’linadi. Och rangli navlarga:«Arpa boshog’i», «Mehnat », «Patriot», «Qibray 1»...To’q rangli navlarga:«Olmaliq pivosi»,«Qibray 8»...
Har bir nav pivo standartda ko’rib chiqilgan aniq rangga, tarkibidagi alkogol va ekstraktiv moddalar miqdoriga qarab tavsiflanadi. Pivo ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari quyidagilardan iborat: xom-ashyoni qabul qilish( arpa, qulmoq,suv), solod tayyorlash , pivo Sharbatini pishirish jarayoni, bijg’itish, pivoni etiltirish jarayoni (dobrajivanie) tayyor mahsulotni quyish va sifatini baholash(degustatsiya).




Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling