Virtual muzey tushunchasi. Virtual muzeylar shakllanishi. Virtual muzey afzalliklari


Download 0.71 Mb.
bet6/10
Sana15.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1703983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
portal.guldu.uz-VIRTUAL MUZEYLAR VA ULARNING AHAMIYATI (1)

Virtual muzeylar shakllanishi.

Virtual muzeylar nafaqat madaniy – ma’rifiy muassasasigina boʻlib qolmay, balki oʻquvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otuvchi koʻrgazmalarni virtual tomosha qilish imkonini beruvchi dunyo san’ati boyliklari jamlamasidir. Umumta’lim maktablari oʻquvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ularning roli kattadir. Chunki virtual muzeylar real muzeylardan farqi oʻqituvchi yordamisiz oʻquvchilar mustaqil oʻzlari sayohat qilishlari mumkin. Shunday ekan, bu ularga keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu nafaqat ilmiy dunyoqarashni rivojlantiradi, balki oʻquvchilarning ma’naviy dunyosini boyitishga asos boʻladi. Virtual muzeylardan foydalanish oʻquvchilarni nafaqat muzey eksponatlari bilan tanishishga, balki Internet tarmog‘idan erkin foydalana olish koʻnikmasini hosil qilishga ham imkon yaratadi.
Virtual muzeylar saytlari (tavsiya)

  • http://nic.icom.org/vlmp/computing.html - kompyuter muzeylari va ko’rgazmalarining katalogi – The Virtual Museum of Computing (VMoC);

  • http://ourworld.compuserve.com/homepages/computer_museum/ - kompyuterlar-ning to’la rivojlanish davrlariga ega bo’lgan nemis kompyuter muzeyi;

  • http://www.deutsches-museum.de/ - kompyuter va fan tarixiga mo’ljallangan nemis tilidagi nemis muzeyi;

  • http://www.deutsches-museum.de/e_index.htm - ingliz tilidagi muzeyi;

  • http://www.computer-museum.org/ - Kaliforniya kollejining oddiy va virtual eksponatlariga ega bo’lgan Amerika muzeyi;

  • http://www.microsoft.com/museum - Programma bo’yicha gigant – Microsoft;

  • http://www.apple.ru Stiv Djobs va Stiv Voznyaklar yaratgan kompyuterga ega bo’lgan Apple firmasining muzeyi;.

  • http://muzei.alimka-ooh.edusite.ru/p12aa1.html-- dunyoning mashhur 12 ta virtual muzeylari haqida ma’lumot

  • louvre.fr - Luvr muzeyi

  • nationalgallery.org.uk - Britaniya muzeyi

  • streetvi.ru - Ermitaj muzeyi

«Virtual ekskursiyalar» – real muzey ekskursiyalaridan farq qilib, oʻquvchilarga muzey fondlariga virtual sayohat qilish imkoniyatini beradi. Bunda u real hayotda koʻra olmaydigan muzeylarga ham sayohat qila oladi. Oʻquvchilar virtual muzeylarga sayohat qilish orqali ma’naviy merosning tarixiy ildizlarini anglaydilar, tarixiy, adabiy, san’at namunalarini bir butun, yaxlit ma’naviy meros sifatida tushunishga erishiladi. Demak, virtual muzeylar bilan oʻquvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish oʻqituvchining yordami va koʻrsatmasi orqali amalga oshirilishi umumta’lim dasturlariga muzey pedagogikasini keng targ‘ib etishni talab etadi. Bu esa oʻquv dasturlariga muayyan oʻzgartirishlar kiritilishiga olib keladi. Bunday tarzda oʻquv ishlarini tashkil etish samarali hisoblanadi.


  1. Download 0.71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling