Virtual muzey tushunchasi. Virtual muzeylar shakllanishi. Virtual muzey afzalliklari


Download 0.71 Mb.
bet5/10
Sana15.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1703983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
portal.guldu.uz-VIRTUAL MUZEYLAR VA ULARNING AHAMIYATI (1)

Virtual muzey tushunchasi.

Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida boʻlganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy oʻtmish merosimizni oʻrganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targ‘ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi oʻzgarishlar, yangilanishlar qatorida Oʻzbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi.


Respublikamiz Prezidentining 1998-yil 12-yanvarda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻg‘risida»gi Farmoni muzey va muzey xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimiz hududida mavjud boʻlgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularni xalqning ma’naviy axloqiy kamolotida tutgan oʻrnini yanada oshirish maqsadida «Oʻzbekmuzey» jamg‘armasi tuzildi.
Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xoʻjaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida jami 1200 tadan ortiq muzeylar boʻlib, ularning eng yiriklari poytaxtimizda joylashgan. Shu bilan birga, oʻnlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat koʻrsatmoqda.

catalogue.museogalileo.it
1-rasm
.( Galileo Galiley virtual muzeyining sayti)
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nafaqat darsni samarali tashkil etish va ta’lim sifatini oshirish, balki hamkorlik pedagogikasi doirasida oʻquvchilarning tadqiqotchilikka doir faoliyatini muvafaqqiyatli tashkil etishga ham imkon beradi. Zamonaviy muzey pedagogikasi esa, eng avvalo, oʻquvchi shaxsining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish vazifasini hal etishga yoʻnaltirilgan. Ana shu maqsad bilan bog‘liqlikda muzey-pedagogik jarayonda oʻquvchilarning nuqtai nazarlari va rolini oʻzgartiruvchi ular bilan ishlashning xilma-xil metodikasi ishlab chiqiladi.
Muzey pedagogikasida oʻqitishning oʻziga xos jihati – norasmiylik va ixtiyoriylikdir. Oʻqitishning oʻziga xos xususiyati sifatida oʻquvchilarning oʻz qobiliyatlarini maksimal darajada amalga oshirish va qiziqishlarini qondirishga imkon berishi aks etadi. Oʻquvchilarning muzey materiallari bilan ishlashini tashkil etish ularning fan, texnika, texnologiya, ijodiy sohada egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini integratsiyalash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Virtual muzeyni yaratish ikkita metodikaning – muzey pedagogikasi va zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslanadigan loyihalar metodi integratsiyasi natijasida yuzaga keladi.
Virtual muzey veb-saytlarning shunday turiki, unda muzeydagi materiallar koʻrgazmasi amalga oshiriladi. Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular eksponatlarni saqlash, himoyalash, keng, tez va osonlik bilan ommaga taqdim etishni Internet texnologiyalari yordamida amalga oshiradi. Birinchi veb-sayt muzeylari, ya’ni virtual muzeylar Internetda 1991-yilda paydo boʻlgan. Dastlab virtual muzeylar haqiqiy muzeylarning saytlari boʻlgan boʻlsa, keyinchalik shaxsiy veb-sayt – muzeylar paydo boʻla boshladi. Birinchi shaxsiy virtual muzeylar 1994-yilda paydo boʻlgan. Biroq barcha rasm toʻplamlari ham virtual muzey boʻla olmaydi. Virtual muzeylarning toʻplamlari ikkita oʻziga xos xarakteristikaga ega boʻlishi kerak. Bu virtual turlar va eksponatlarning mukammallashgan qidiruvidir. Birinchi boʻlib, virtual muzeylarning afzalligini koʻra bilgan odam Microsoft firmasi rahbari Bill Geyts boʻlgan.


  1. Download 0.71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling