Virtual o‘yinlarning yoshlar ongiga ta’siri
Download 313.72 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Virtual tanishuvlar.
“Kibernetik do‘st”. Zamonaviy texnologiyalarning tez sur’atlarda o‘sishiga
qaramay, ba’zan odamlar ulardan qanday oqilona foydalanish kerakligini to‘liq anglab yetmaydi. Kompyuter va internetgacha bo‘lgan davrda o‘sib ulg‘aygan aksariyat ota-onalar va muallimlar agar bola internetdan foydalana boshlasa, albatta, foydasidan zarari ko‘proq, deb o‘ylaydi. Bolani kompyuter yoki internetdan chalg‘itish harakati zamirida aslida boshqa bir muammo, ya’ni kattalarning bu masalada nisbatan savodsiz ekani aniqlandi. Biroq agar ular o‘zlari avval texnologiyalar savodsizligi masalasiga jiddiyroq yondashib, uni bartaraf etishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Negaki, savodsizlik masalasidan qochish orqali bolani texnologiyalardan ajratib qo‘yish to‘g‘ri emas. Buning ustiga yana bir jihat e’tiborga loyiq: bolalarda kibernetik do‘stga nisbatan munosabat aynan kattalarning tutgan yo‘lidan kelib chiqqan holda shakllanadi. Shubhasiz, internet bilim va kerakli axborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi, biroq tarmoqqa joylashtiriladigan katta hajmdagi axborotning barchasini ham ishonchli va foydali deb bo‘lmaydi. Foydalanuvchilar ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniq ajrata bilishi uchun tanqidiy fikrash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etilardi. Buning uchun bolalarga internetda xohlagan odam o‘z sahifasini ochishi, unga har qanday ma’lumotni joylashtirishi, bu borada unga hech kim to‘sqinliq qila olmasligini vaqtida tushuntirish zarur. Bolalarni keng doiradagi manbalardan foydalanishga yo‘naltirish jarayonida faktlarni fikrardan farqlashga, to‘g‘riligi tasdiqlanmagan axborotdan himoyalanishga ularni o‘rgatish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Virtual tanishuvlar. Bugungi kunimizda keng tarqalib borayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlar ta’siri ortib borayotgani ham sir emas. Axborot urushi davom etayotgan bugungi kunda eng qadrli ma’lumotlar – ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar va ma’lumotlar bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan muloqotlar aslida virtual bo‘lsada, ma’lum odob chegarasi, hududidan chiqib ketmasligi kerak. Juda ko‘p odamlar virtual muloqot deb, haqiqiy voqe’likdan voz kechmoqdalar. Aksar holatlarda ijtimoiy tarmoqlar odamlarni ishdan chalg‘itmoqda, oila tinchligini buzmoqda. Bir qarashda zohiran bularda muloqot va do‘stlik borga o‘xshaydi. Aslida esa... Million-million odamlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining birinchi muhabbatlari, sinfdoshu-kursdoshlari, tanish va notanishlarini izlashga tushib ketdi. Internet va kompyuter haqida ozgina tasavvuri bor odamlarning aksari shunday saytlarda umrlarini bekorga havoga sovurishmoqda. Dunyo bo‘ylab muloqot istaganlar ijtimoiy tarmoqlarga butunligicha g‘arq bo‘lishdi. Virtual hamjamiyatlarga a’zo bo‘lganlar kun sayin tobora ortib, o‘sib, ko‘payib bormoqda. Qaramlik bo‘yicha olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq va virtual muloqotga katta-yu kichik birdek mubtalo bo‘lgan ekan. Ehtimol, virtual muloqot – avvalambor romantikadir, lekin, nima bo‘lganda ham bu haqiqiy hayotdan tubdan farq qiluvchi voqe’likdan qochishdir. Ular bu ishga shu darajada berilib ketganidan do‘stlari, hatto oilalaridan ham voz kechish holatlari oddiy bo’lib qoldi. Bugun yer yuzida million-million odam virtual hayot chakalakzorlarida yo‘qolib bormoqda. Nega shunday bo‘lmoqda? Nega ajoyib kommunikatsiya vositasi hisoblangan Internet tuzoqqa aylanmoqda? Vaqt, kuch va hissiyotlarni yamlamay yutayotgan bahaybat tuzoqqa?! Biz doim qayergadir shoshamiz, doimo bandmiz, ko‘p ishlaymiz. Do‘stlar va munosabatlar uchun doim vaqtimiz yetavermaydi? Biroq, shunday bo‘lsada bizning munosabatlarga muxtojligimiz va kimgadir yoqish istagimiz hech qayoqqa yo‘qolmagan. Buni real hayotda qanday amalga oshirsa bo‘ladi? O‘tgan asrda odamlar bir-birlariga mehmonlarga borishar, kino va teatrlarga tushishar edi. Bog‘ va hiyobonlarda o‘tirishar, kutubxonalarga tashrif qilib turishar edi. Biroq endi biz bandmiz-ku! Endi bular biz uchun muhim emas. Internet haqiqiy dunyoni o‘ziga almashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Virtual olamda hamma narsa haqiqiy hayotdagiga nisbatan juda oson; tez tanishish, do‘stlashish va tezda ajrashish mumkin. Shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqlar asosan o‘z hayotidan norozi bo‘lgan odamlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Ko‘p oilalarda er yoki xotinning ijtimoiy tarmoqlardan voz kecha olmayotgani bois turmushlari buzilib ketmoqda, rishtalar uzilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p o‘tiradigan odamlarning gormonal balanslari, immunitet tizimi buzilmoqda, aqli zaiflik kasaliga mubtalo bo‘lish holatlari sodir bo‘lmoqda. Internet – ham yaxshi, ham yomon narsadir: kimdir o‘z hojatini chiqaradi, kimdir esa undan vaqtihushlik uchun foydalanadi. Siz haqiqiy hayotdan voz kechib, aslida yo‘q bo‘lgan voqe’likka uni almashtirmoqchi bo‘lasiz. O‘ylab ko‘ringchi: siz bularning evaziga nimaga erishasiz? Kerak paytda yoningizda turib bermaydigan do‘stmi yoki hech qanday ahamiyati bo‘lmagan noz-karashmalarni-yu, “yoqdi” degan tugmachalarning bosilishinimi? Har bir narsaning o‘z chegarasi, meyori bo‘lishi kerakda: “Sinfdoshlar”ga, oila va farzandlarga qancha vaqt ajratish va hakozo. Bo‘lar-bo‘lmas narsalar haqida valdirashib, hayotingizni isrof qilmang. Oilangiz buzilib ketishi mumkinligini doim yodingizda saqlang. O‘zingizga yaqin bo‘lgan odamlar bilan munosabatlaringizga zarar keltirib qo‘ymang. Ko‘pchilik Internet orqali o‘z “juftini” topishga muvaffaq bo‘lmoqda. Tanishuv saytlarida esa ko‘pchilik yengil-yelpi munosabatlarga o‘rganib ham bo‘lishdi. Tanishishadi, barcha narsalar haqida darhol gaplashib olishadi, qalbiga mos sherik tanlaydi. Agar biron narsasi yoqmay qolsa yoki biron bir xato qilib qo‘ysa, endi uni darhol o‘chirib, unutib yuborsa ham bo‘laveradi-da axir. Shunga shunchami, ozgina virtual maqtov, layklar va guldasta smayliklarini (“tabassum”larini) olsa nima qilibdi, shu ham xiyonat bo‘lib qolarmidi? So‘ng, voqealar rivoji ikki yo‘nalishda yakun topishi tayin. Birinchsi: inson haqiqiy hayotda ham gul olgisi (oddiy smaylik bo‘lsa ham), maqtov eshitgisi (ko‘proq layk olgisi) va ko‘proq e’tiborda bo‘lishini istab qoladi (hayotdagi haqiqiy sherigi esa, o‘zining tinch hayotini gul savdo rastalariga yugur-yugurga almashishni istaydimi yoki yo‘q, bu boshqa masala). Bir dasta gul va sovg‘alar – hayotdagi eng muhim narsalarmi? Ikkinchisi esa: “Tarmoqdagi flirt xiyonat hisoblanarmidi? Virtual nomahram sherik bilan haqiqiy hayotda romantik uchrashuvlar ham qilib turish unchalik qo‘rqinchli narsa emasku, bu narsa oila rishtalarini yanada mustahkam qilishi mumkin”, deya shayton hayolingizga astagina shivirlab qo‘ydi. Hayotda bularga yetishish uchun juda ko‘p g‘ovlarni oshib o‘tish kerak, Internetda esa hammasi oson ekan (deb o‘ylaydi kishi). Haqiqiy hayotda kimningdir o‘zaro munosabatlari risoladagidek silliq kechmayapti – o‘rtada turli nizolar bor, qaysidir oila a’zosini «Odnoklassniki» o‘ziga magnit kabi tortib turibdi. O‘z jufti oldiga borib uzr so‘rash o‘rniga virtual dunyo orqali zavqlanish davom etmoqda. Haqiqiy hayotdagi odamlar orasidagi munosabatlarda, sizga “kimdir” sahifangizda qoldirgan ma’nosiz xabari bilan emas, balki haqiqiy amaliy yordami bilan foyda keltirishi mumkin. Haqiqiy dunyoda yashayotgan odamlar... Ular xafa bo‘lishadi, azob chekishadi, xursand bo‘lishadi. Bir-birlarini yaxshi ko‘rishadi, birgalikda baxtlidirlar. Va boshqalar, ya’ni yolg‘iz bo‘lganlar ham baxtsiz va bundan azob chekadilar. Yolg‘izlik cho‘chitadi, hamda sitamlarga sabab bo‘ladi. Yolg‘iz, yordamsiz va daldasiz inson yashay olmaydi-ku, axir. Moddiy tarafdan o‘ziga to‘q bo‘lib, lekin tom ma’nodagi muloqotlar, munosabatlardan mahrum bo‘lsa, u inson baxtsiz bo‘lib qolaveradi. Virtual maydonda o‘zini kuchli, jasur, muvaffaqiyatli qilib ko‘rsatgan holda muloqotga kirishar, munosabatlar o‘rnatilar ekan, u o‘zini baxtli deya his qila boshlaydi. Agar bungacha uning haqiqiy do‘stlari, munosib ishi bo‘lmagan va u o‘zini bechorahol va xo‘rlangan deb bilgan bo‘lsa, endi virtual voqe’likni u najot deb bila boshlaydi. Qaysidir nuqtada, qaysidir lahzada inson monitorda o‘zini va boshqalarni aldayotganini, laqillatayotganini unutib qo‘yadi. Bu – hayot emas, bu – bir o‘yindir. O‘yin bo‘lganda ham (zohiran boshqacha), shavfqatsiz, inson ruxiyati (psixikasi) uchun beozor. Virtual hayot – butun virtual dunyo kabi illyuziyadir (xomhayol va puchhayoldir). Virtual dunyodagi hayot – qaysidir ma’noda qaramlikni keltirib chiqaradi. Seni yaxshi ko‘rishadi va sen voqealar qaynagan joyning qoq o‘rtasidasan, go‘yo. Sening atrofingda ham hayot qaynayotganini his qilasan, o‘zingcha. Ammo, kompyuter o‘chishi bilan, ushbu dunyo ham yo‘q bo‘ladi va uning bilan birga hayot ham. O‘shanda inson bunday hayot kompyuter monitoridagina joylashganini asta-sekin tushuna boshlaydi. Albatta, bundan u o‘zini baxtli his qilmaydi. U yana qiziqarli bo‘lmay, yolg‘iz o‘zi, hech kimga kerak emasligicha qolaveradi. Chunki u bilan suhbatlashadigan gapning o‘zi yo‘q, u qiziqarli emas, u hatto bizlarga tushunarsiz bo‘lgan qandaydir o‘zining tilida so‘zlashadi. Ba’zan uni hech kim tushunmayotganini ham bilmay qoladi. U odamlar va hayotdan yanada xafa bo‘lib, o‘zining go‘zal virtual olamiga yanada chuqurroq sho‘ng‘ib, g‘arq bo‘ladi, chuqurdan esa chiqishni istamaydi. Ya’ni, bugungi kunda virtual hayot – haqiqiy hayotni o‘g‘irlamoqda. Shunday ekan, o‘ylab ko‘ring: virtual hayot tashvishlari salomatligingiz uchun arziydimi? Ijtimoiy aloqalarni kengaytirish uchun haqiqiy hayotdan foydalaning. Haqiqiy dunyo, insonning hayoti – doimiy o‘zlashtirish, kengaytirish, hamda ichki va tashqi voqe’likni o‘zgartirishdan iboratdir. Shu yo‘l bilan inson kamolot sari yuksalib boraveradi. Haqiqiy hayotda o‘z maqsadingiz va joyingizni (makoningizni) aniqlab oling. Kim bo‘lishni istasangiz ham, bu niyatingizga yetishish uchun real (haqqoniy, hayotiy) yo‘llarni izlang. Maqsadga erishish uchun oddiy uslublardan saqlaning: “Tekin pishloqning faqatgina qopqonda bo‘lishini” unutmang. Virtual voqe’lik huddiki hayotdagi yirtiqlar uchun yamoq kabidir. Shunday ekan yamoqlarsiz yashashga urinib ko‘ring! Kompyuter – sizning imkoniyatlaringizni kuchaytiradigan bir uskuna xolos, u aslo maqsad emas. Internetda hamma narsa ochiq-oydin. Real hayotda qilmoqchi bo‘lgan narsalarni qiling. Do‘stlarni esa, hayoliy olamdan emas, haqiqiy hayotdan izlang. Virtual hayot faqat qandaydir guruhga mansublikning soxta hissiyotini beradi; va aslo munosabatlar uchun kerakli ko‘nikmalarga asos bo‘la olmaydi. Hayotingizni ijobiy narsalar bilan to‘ldirishga harakat qiling. Mustahkam qarash va e’tiqodga ega bo‘ling. Virtual maydondagi soxtalik va yolg‘on narsalardan saqlaning. “U yoqda” emas “Bu yerda va hozir” bo‘ling. Vatqtingizni va kompyuterga ketadigan umringizni nazorat qilishni o‘rganing. Hurmatli aka-ukalar, opa-singillar! Tarmoqdagi notanish kimsalarga ishonmang. Download 313.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling