Virtual qabulxonalar jamiyatni demokratlashtirish mezoni Bajardi: Karaqo'ziyev Baxrom 1-17 guruh talabasi Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga ariza


Xalq qabulxonalari haqidagi barcha ma’lumot bilan portal orqali ham tanishish mumkin


Download 7.81 Kb.
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi7.81 Kb.
#196857
1   2   3   4   5
Bog'liq
Virtual qabulxonalar jamiyatni demokratlashtirish mezoni Bajardi-hozir.org-2

Xalq qabulxonalari haqidagi barcha ma’lumot bilan portal orqali ham tanishish mumkin

«Xalq qabulxonalari manzillari» bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Barcha Xalq qabulxonalarining manzili, telefon raqamlari, elektron pochtasi, geolokatsiya ma’lumotlari va boshqa foydali materiallar qulay tartibda taqdim etilmoqda. Fuqarolar va tadbirkorlar kerakli Xalq qabulxonasi to‘g‘risidagi ma’lumotni O‘zbekiston interaktiv xaritasi orqali topishlari mumkin. Alohida olingan Xalq qabulxonasining joylashgan manzili onlayn xaritada yoki sun’iy yo‘ldoshdan suratga olingan xarita rejimida ko‘rsatilgan.

Virtual qabulxonaning yangi talqinida davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati, ijobiy hal etilgan masalalar, virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi yangiliklar bilan yanada kengroq tanishish imkoniyati yaratildi. Portalga kelib tushgan va ko‘rib chiqilgan murojaatlarning umumiy sonini, statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud.

Bir so‘z bilan aytganda, virtual qabulxonaning yangi talqini jismoniy va yuridik shaxslarga samarali axborot, interaktiv xizmatlarni taqdim etish bilan birga, fuqarolarning davlat organlari bilan hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligi darajasi oshishiga xizmat qiladi.
http://hozir.org
Download 7.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling