Virtual reallik tarixi Virtual reallik ontologiyasi Kompyuterli virtual reallik


Download 64.2 Kb.
bet2/3
Sana25.12.2022
Hajmi64.2 Kb.
#1065306
1   2   3
Bog'liq
9 мавзу Виртуал муаммолар фалсафаси

Virtual reallik ontologiyasi
Hozirgi falsafiy munozarada virtual reallik tushunchasining qo’llanilishining uchta asosiy sohasini ajratish mumkin. Birinchidan, avvalo tabiatshunoslik sohasi bilan bog’liqdir. Tabiatshunoslikda virtual reallik tushunchasi voqyealarning ehtimolli bahosi bilan tizim evolyusiyasining ko’p sonli variantlari va oraliq holatlari bilan bog’lanadi. Bunday virtuallikni tushunish uchun obyektiv tasodif muhim «kalit» hisoblanadi. Obyektiv borliqda bir qarashdayoq virtual reallik faqat mikroolamga xosdir, lekin virtual reallik obrazini sinergetika bevosita makrotizimlarning ehtimolli evolyusiyasiga ko’chirdi, bunda tasodif, bifurkasiya, tartibsizlik, nochiziqlilik kabi jarayonlar fundamental rolini o’ynaydi. Masalan: tizim evolyusiyasi virtual trayektoriyalarining bir shodasidan ulardan birini amalga oshirish orqali virtual trayektoriyalarning yangi shodasiga o’tish ko’rinishida sodir bo’lishi mumkin. Bunda tabiiy virtuallik har doim ehtimollik sohasida virtuallikning moyilligini qoldiradi, haqiqatda esa variantlardan biri amalga oshiriladi. Ammo tizim evolyusiyasida yuzaga keluvchi virtual trayektoriyalar shodasi tabiiy virtual reallikdir. Tabiiy tizimlarni o’rganish bilan bog’liq bu virtual reallikni «tabiiy» deb atash mumkin. Tabiiy virtual reallik (tabiat, ijtimoiy tizimda) evolyusiyasi voqyealarining tabiiy borishining ehtimolli variantlaridan biri hisoblanadi. Tabiiy virtuallik rivojlanishining ehtimolli qonununiyatlari, yashirin g’oyalar va mavjud shartlar bilan asoslanadi.
Virtuallik o’zida ham tabiiy, ham sun’iy virtual reallikni birlashtiradi. Virtuallik iborasi shubhasiz, o’zining semantik mazmuniga ko’ra ehtimollik tushunchasiga yaqindir. Biroq «ehtimolli» ikkita ma’noga yega. Birinchidan u, o’zidagi ehtimollikni anglatish mumkin, ikkinchidan, u biror kim tomonidan aytilgan insonning ishonchini ifodalash mumkin, ya’ni bu ehtimollik haqiqat bo’lib chiqishi mumkin. Ehtimollikning birinchi izohi tabiiy virtual reallik tushunchasiga to’g’ri keladi, ikkinchisi — sun’iy virtual reallikka. Tabiiy virtual reallik faqat fikrlashning ma’lum usulida ochiladi. Sun’iy virtual reallik loyiha sifatida bizga yangi madaniy reallikni beradi. Birinchi reallik fanda tabiiy va ijtimoiy tizim evolyusiyasidagi obyektiv imkoniyatlarni tasniflashga bo’lgan ko’rsatmada yuzaga keladi, ikkinchisi — insonning ma’lumotga bo’lgan kundalik talabida yo’naltiriladi.
Ehtimol va tasodif sun’iy virtual reallik konstrukti hisoblanadi. Sun’iy reallik ongning loyihali ko’rsatmasida tug’iladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida yaratiladigan sun’iy virtual reallik loyihali insoniy mazmunlar asosida yuzaga keladi. Uning ketida fiksiya, simulyakr to’rgani uchun u virtualdir. U insonlarning kundalik hayot uslubiga, hayot faoliyatiga ta’sir yetuvchi real ijtimoiy kuch bo’lgani uchun realdir. Masalan, dazmol — birinchidan, inson tamonidan yartilgan buyum, ikkinchidan, ma’lum pragmatik funksiyaga ega (kiyimni dazmollash uchun predmet), uni faqat taraqqiyo topgan jamiyatda yashovchi odam anglashi mumkin. Amazonka junglisida yashovchi yovvoyi odam uchun — bu shunchaki bir temir ro’dasi xolos.
Haqiqiy — tabiiy jarayonlar tasavvuridagi virtual kategoriyaning evristik boyligi monizmdan plyuralizmga o’tishdan iborat. Bu plyuralizm tizimlaming rivojlanishda turli variantlarning mavjudligini nazoratda tutadi.
Tabiiy virtuallik (tabiatda va ijtimoiy tizimda) evolyusiyasining, voqyealarning tabiiy borishning ehtimoli variantlaridan biri hisoblanadi. Tabiiy virtuallik rivojlanishning ehtimolli qonunlari, yashirin g’oyalar va mavjud shartlar bilan asoslangandir. Sun’iy virtuallik ehtimollik sohasida emas, balki real, aktuallashtirilgan, inson tomonidan predmetlangan artefaktlar sohasida mavjud bo’ladi. Bu virtuallik insonning proyektli faoliyati davomida yuzaga keladi. U inson tomonidan yaratilgan, fikrlangan loyiha kabi chiqadi.
Sun’iy virtual reallikning fenomeni o’zining tub mohiyati bilan badiiy ijodiyotga kiradi. San’at rassom tomonidan o’ylangan hayotni tasvirlaydi. Bu ijodda har doim fikr uydirma bor.
Sun’iy vitual reallik tushunchasida asllik muammosi birinchi o’ringa chiqadi. Sun’iy virtual reallik har doim inson konstrukti hisoblanadi (kommunikatorning, rassomning, operatorning). Sun’iy virtual reallikning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u bir tomondan artefakta (matnda, kompyuter ekranida, sun’iy yaratilgan trenajyor sharoitida, gelogrammalarda, hujjatli reportajlarda, turli tok-shoularda) mavjud, ikkinchi tomondan, u sun’iyligi bilan asl aktual reallikdan farq qiladi. Harbiy hodisalar haqidagi zamonaviy reportajdami, sud zalidan reportajdami, xodisa xronikasini, televizor ekranidagi tok — shouni ko’ra turib, biz har doim ham haqiqiysini sohtasidan farqlay olmaymiz. Bunday virtuallikning asllik darajasi turlicha bo’lishi mumkin: izomorfli munosabatlikdan simulyasiya va fiksiya tipidagi sohtalikgacha.7
Sun’iy virtual reallik ehtimollik sohasida emas, balki aktuallashgan, real sohada mavjud bo’ladi. U inson tomonidan talqin qilingan axborot hisoblanadi.
Virtual reallikning qo’llanishining ikkinchi sohasi kompyuter va internet olamidir. Yangi reallikka burilishda kompyuter texnologiyalari dunyo urgimchagini (internet) yaratish muhim ahamiyatga egadir. Zamonaviy odam uchun atrof olam internetda, elektron ma’lumotnomalarda ijtimoiy va siyosiy hayotning tasavvurida chizilgandek ko’rsatiladi. Vakillik sayitlari, reklama, masofaviy internet forumlari, qiziqishlar bo’yicha ijtimoiy reallik va shaxs bo’lgan aloqalar virtual reallikning yangidan-yangi shakllarini keltirib chiqaradi. Shunday ekan, virtual reallik haqidagi munozaraning ikkinchi manbai kompyuterlar, kompyuter texnologiyalar va boshqa sun’iy texnik qurilmalarni yaratish hisoblanadi.
Kompyuterli virtual reallik muammosini ontologik va gnoseologik jihatdan tadqiq qilish bir muncha qiziqarlidir. Mazkur muammoning obyektiv asosini ijtimoiy hayot va inson faoliyatida virtuallashtirish jarayoni miqyosi tobora ortib borishini tashkil qiladi.
Virtual reallik qo’llanilishining uchinchi sohasi fikriy va psixologik virtualliklardir. Psixologik virtual reallik bevosita insonning ichki kechinmalari, his tuyg’ulari bilan bog’liq hisoblanadi. Psixologik virtual reallikning bir ko’rinishi virtual qobiliyatdir. Psixologik virtual reallikning ham ikki ko’rinishi mavjud: konsuyetal va virtual. Psixologik virtuallikning qanchalik ko’p hajmli axborotni qabul qilishi va saqlashiga qarab gratual va ingratual ko’rinishlari farqlanadi.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda virtual reallik umumiy sxemasini quyidagicha chizib ko’rsatish mumkin:

Yuqoridagi muammolarni konseptual tahlili shuni ko’rsatadiki, O’zbekistonda ham virtualistika nazariyasi va texnologiyasini shakllantirish shu asosida respublikamizda virtual korxona va ofislarni yaratish, virtual modellar va obyektlar bilan ishlash darajasini oshirish muhim ahamiyatni kasb etadi. O’ylaymizki, bu O’zbekiston fani va falsafasiga, texnika va texnologiyasiga yangicha o’zgarishlar olib keladi, olingan natijalar esa virtualistika falsafasi muammolari ustida ishlash uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Xususan, virtuallik muammosining ontologik, gnoseologik, epistemologik va metodologik muammolarini tadqiq qilish shundan dalolat bermoqda.



Download 64.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling