Virtual reallik tarixi Virtual reallik ontologiyasi Kompyuterli virtual reallik


Download 64.2 Kb.
bet3/3
Sana25.12.2022
Hajmi64.2 Kb.
#1065306
1   2   3
Bog'liq
9 мавзу Виртуал муаммолар фалсафаси

Kompyuterli virtual reallik
Virtualistik tadqiqotlar ma’lum antropologik, ergonomik, psixologik, texnik va texnologik ilmiy-tadqiqot dasturlar doirasida olib borilmoqda. Shu bois, ayrim tadqiqotchilar kompyuterdagi virtuallik xususida turli fikrlarni bildirishmoqda. Xususan, prof.Sh.S.Qushoqov postnoklassik fan obyekti va subyekti, hamda, yangi bilish obyekti – «kompyuterli-virtual» reallikning paydo bo’layotganligi haqida fikr bildirgan8.
«Kompyuterli-virtual» reallik - bu dasturiy ta’minot bilan birgalikdagi va kompyuter xotirasidagi informasion hududlar xaritasidir, hamda bu informasiyani antropologiyalashtirish, unga topologik aniqlik kiritish va qoidalarini ishlab chiqishdir. Bunda inson ma’lumotlarni xuddi buyumlar kabi ishlata oladi, hamda bir vaqtning o’zida turli geografik nuqtalarda bo’luvchi, kompyuter tarmog’i orqali bir-biri bilan bog’langan har qanday kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o’ralashib qolgan odamlar makoni tushuniladi. Bu reallik insonni o’lim va vaqt tugab borayotganligini inkor etishga olib boradi. Hozirda virtual reallik tadqiqotchilari tamonidan «Kompyuterli-virtual» reallik g’oyasining mazmuni “virtual jamiyat” tushunchasi asosida boyitilib, shakllantirilib bormoqda. Virtual jamiyat – bu kompyuter va telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish asosida internet orqali muloqot va munosabatlarni amalga oshiradigan odamlar jamoasiga nisbatan qullaniladigan tushuncha hisoblanadi.
Kompyuterli virtual reallikning bir ko’rinishi bu - U.Gebson tamonidan ishlab chiqilgan «kibermakon» hisoblanadi. U.Gibsonning “Neuromancer” (rus tiliga tarjima qilganda- «Nervosochinitel»,) nomli texno-utopik fantastik romanida kibermakon millionlab odamlarning jamoaviy gallyusinasiyasi sifatida tasvirlanadi. Bu yerda jamoaviy gallyusinasiyani subyektiv psixologik virtuallik sifatida ko’rishimiz mumkin.
Kompyuterli virtual reallikning funksional konsepsiyasi ildizlari quyidagilardir:
1) Kompyuterning funksiyalari dasturiy ta’minot takomillashuviga bog’liq ravishda tubdan o’zgarishga qodirligi.
2) Virtual reallik inson imkoniyatlari uchun elektron informasiya dunyosida mo’ljal olishning eng maqbul, ko’proq «tabiiy» usulidir.
3) Virtual reallikning tarkibiy qismlari bilan ishlash real jihozlar va predmetlar bilan ishlashga aynan o’xshashdir.
4) Virtual reallik muhitida ishlash yengillik, tezlik bilan birga bo’ladi, xuddi o’yin xarakteriga o’xshaydi. Xususan, mashina va undan foydalanuvchining bir butunligi his etiladi, foydalanuvchi virtual olamga o’tkaziladi.
5) Virtual obyektlarning ta’siri inson tomonidan xuddi «odatdagi» reallik kabi qabul qilinadi.
Aynan virtual reallikning ana shunday interaktiv imkoniyatlari uni yuqori darajada ahimiyatli bo’lib borishga olib kelmoqda.
Kompyuterdagi virtual reallikning o’ziga xos xususiyati shundaki, u inson tomonidan yaratiladigan artefaktlar sohasiga tegishlidir. Kompyuter olamidagi virtual reallik xuddi biz his etib ko’radigan borliqqa o’xshaydi.
Kompyuter vositalari yordamida yaratilgan voqyellik modeli virtual va virtual voqyelik hisoblanadi. Mazkur model insonning voqyelik ichida mavjudligi effektini hosil qiladi va xayoliy obyektlar bilan ishlash imkonini beradi. Shu narsa diqqatga sazovorki, virtual voqyelik dunyosiga insonning chuqur kirib borishi, unga to’la bo’ysunishini virtual voqyelikning asosiy fazilatlari sifatida ko’rsatadilar. Demak, kompyuter mavjudligini e’tibordan soqit etadigan bo’lsak, insonning o’z ongi fantaziyalarida sayohat qilishi shizofreniya9ga yetaklaydi, kompyuter modellashtiruvchi tizimi ishtirok etgan taqdirda esa inson xayoliy voqyelik bilan amalga oshiruvchi xuddi shu amallar virtual olamdagi normal o’zaro aloqa, deb e’tirof etiladi. Bunda virtual voqyelikning mazmuni dunyoni takrorlashdan iborat emas, aksincha u mazkur dunyoga kirishga yoki uni tuldirishga yo’naltirilgan10.
Kompyuterdagi virtual voqyeylikda aks ettirish jarayonlari multemedia rejimida sodir bo’ladi, ya’ni kadrni to’xtatish, sekinlatish, tezlatish, oldinga o’tkazish orqaga qaytish va tanaffus qilish mumkin. Harakat esa mutloq o’zgaruvchanlik maqomiga ega bo’lmaydi. Rivojlanish tegishicha inversion bo’lishi, ya’ni orqaga qaytarilishi mumkin: o’zaro ta’sirlarning rang-barangligi biz ko’nikkan dunyoviy sababiyat sharoitlarida ma’lum bo’lgan sirli xossalarini nomoyon etishi mumkin. Shunday ekan kompyuterli virtual reallik asosida ishlaydigan tadqiqotchida keng imkoniyatlar yaratilib innovasion-ijodiy tafakkurning shakllanishiga olib keladi
Postindustrial taraqqiyot bosqichiga ko’tarilgan mamlakatlarda kompyuter texnologiyasi va internetdan keng foydalanish inson hayoti va faoliyatiga turli daraja va mazmundagi ta’sirlar ko’rsatadi. Bunday ta’sirlarga ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelayotganini ko’rishimiz mumkin.
Kompyuter texnologiyasi va boshqa sun’iy texnik qurilmalar, hamda, internet orqali turli virtual jarayonlar va obyektlarni yaratish va ular bilan ishlash inson faoliyatiga yangi mazmun beradi, hayot tarzini o’zgartirishi mumkin bo’lgan xilma-xil ehtiyojlarni hosil qiladi, ularni qondiradi.
Kompyuter tizimidan tashkil topgan internetda hosil bo’lgan virtual reallik xuddi biz his etadigan, mushohada qilsa bo’ladigan borliqqa o’xshaydi. Bunda virtual reallikni mavjudligini ruyobga chiqaruvchi tizim kompyuter, kompyuter dasturlari va internet hisoblanadi.


1 Аквинский Фома. Сумма теологии // Антология мировой философии.- М: Мысль, 1969,- Т.1.- Ч.2.- С. 832-862.

2 Кузанский Николай. О видении Бога // Николай Кузанский. Сочинения в 2-х томах. Т.2. Перевод / Общ. ред. В.В. Соколова и З.А. Тажуризиной.- М,: Мысль, 1980.-С. 46-47.

3 Романовская Т.Е. Иная реальность и проблемы интерпретации в физике // Концепция виртуальных миров и научное познание.- СПб.: РХГИ, 2000.-С. 119-135.

4 Липкин А.И. Основания современного естествознания. Модельный взгляд на физику, синергетику, химию.- М.: Вузовская книга, 2001.- 300 с.

5 Қаранг: Носов Н.А. Генисаретский. Виртуальные состояния в деятельности человека-оператора // Труды Гос НИИ гражданской авиации. Авиационная эргономика и подготовка летнего состава. Вып. 253.- М., 1986. –с 147-155.

6 Носов Н.А.Виртуальная психология.- М.: Аграф. 2000. –с 33.

7 Қаранг: А.С.Кравец, В.О.Саяпин «Проблема концептуализации виртуальной реальности».// Вестник ВГУ. Серия Гуманитарные науки, 2008. № 1. С.- 109-131

8 Кушаков Ш.С. На пути к новой парадигме философского мышления // Ўзбекистон мустақиллигининг ижтимоий-иқтисодий ва маънавий ривожланиш масалалари (ҳалқаро конференция маърузалари, Самарқанд, 1997 йил 18-20 ноябрь).- Самарканд: СамДУ, 1997. –с. 3-4.

9 Шизофрения (юн. бўлиниш ва ақл, онг, фикр) — руҳий касаллик: Немис психиатрии Е.Крепелин 1898 йил биринчи марта ушбу касалликни «Илк эси пастлик» деб номлаган. Шизофрениянинг асосида фикрлаш, мулоҳаза юритиш жараёнининг бузилиши ётади. Унда ҳиссиёт,ирода, фикрлаш ва хулқ-атворнинг бузилишлари устун бўлиб, васваса, иллюзйя ва галлюцинациялар пайдо бўлиши хос.

10 Қаранг: Н.Шермухамедова, Фалсафа ва фан методологияси .Тошкент 2005: б-93-95

Download 64.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling