Virtuallashtirish texnologiyalari, terminologiyasi, turlari va asosiy afzalliklari haqida ma’lumotlar olish


Download 104.82 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi104.82 Kb.
#1356224
1   2   3   4
Bog'liq
n2

2-rasm.Virtual mashina

3. Serverlar virtualizatsiyasi


Bugunda virtuallashtish texnologiyalar haqida gap ketar ekan, serverlar virtualizatsiyasi ham nazarda tutiladi, chunki aynan bu yondashuv AT bozorida juda ommabop hisoblanadi. Serverlar virtualizatsiyasi tushunchasi ostida yagona fizik serverda bir necha virtual serverlar ishga tushurilishi yotadi. Virtual mashinalar yoki virtual serverlar host (mezbon) operatsion tizimda bir necha ilovalarning ishga tushirilganligini bildiradi, bunda ular serverning fizik qurilmalarini emulyatsiya qiladi. Har bir virtual mashinada OT o’rnatilgan bo’lishi mumkin, bu OTda esa ilovalar va xizmatlar o’rnatiladi. Bunday virtuallashtirish mahsulotlariga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: VmWare (ESX, Server, Workstation) va Microsoft (Hyper-V, VirtualServer, VirtualPC).

3-rasm.Serverlar virtualizatsiyasi
To’liqvirtualizatsiya(Full, Native Virtualization). Mehmon operatsion tizimlarning o’zgartirilmagan ekzemplyarlaridan foydalaniladi, bu OTlar ishini qo’llab-quvvatlash uchun emulyatsiyaning umumiy mezbon OTning ustki qatlami xizmat qiladi. Bunday texnologiya xususan VMware Workstation, VMware Server (бывший GSX Server), Parallels Desktop, Parallels Server, MS Virtual PC, MS VirtualServer, VirtualIron kabi virtuallashtirish dasturiy mahsulotlarda qo’llaniladi. Bu yondashuvning asosiy afzalligi sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: nisbatan sodda realizatsiya, unoversallikva bu yechimning ishonchliligi; barcha boshqarish funksiyalarini o’ziga mezbon OT oladi.Kamchiliklari–foydalaniladigan apparat zahiralarga yuqori qo’shimcha xarajatlar, mehmon OTlar jihatlarini hisobga olishning yo’qligi, apparat vositalardan foydalanishda kamroq moslashuvchanli.

4-rasm.To’liq virtualizatsiya
Paravirtualizatsiya(paravirtualization). Mehmon OT yadrosi shunday modifikatsiyalanadiki, unga APIning yangi to’plami qo’shiladi, bu to’plam orqali mehmon OT to’g’ridan-to’g’ri apparatura bilan ishlaydi va boshqa virtual mashinalar bilan konflikt holatiga tushmaydi. Bu holda mezbon dasturiy ta’minoti sifatida to’liq OTni ishga tushirish shart bo’lmaydi, bu holda gipervizor (hypervisor) deb nomlanadigan maxsus tizim kerakli funksiyalarni bajaradi. Aynan shu variant serverlar birtualizatsiyasi texnologiyalarida yanada dolzarb yo’nalish hisoblanadi va VMware ESX Server, Xen, Microsoft Hyper-V kabi virtuallashtirish Dtlarida qo’llaniladi. Bu yondashuvning kamchiligi amalga oshirishning murakkabligi va maxsus gipervizor-OT yaratilishi kerakligi hisoblanadi.

5-rasm.Paravirtualizatsiya

Download 104.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling