Virus va zararli dasturlar


Download 17.7 Kb.
bet2/3
Sana15.03.2023
Hajmi17.7 Kb.
#1270042
1   2   3
Bog'liq
VIRUSLAR

Reklama dasturi (adware) foydalanuvchilarga reklamalar ko'rsatish uchun mo'ljallangan dastur hisoblanadi. U internetda nimalar ko'rishingizni kuzatib boradi va sizga qanday reklamalar ko'rsatishni aniqlaydi. Reklama dasturi ijtimoiy tarmoqlarda kimlar bilan do'stligingiz, Internetda nima sotib olganingiz, qayerga sayohat qilganingiz kabi ma'lumotlarni yig'adi va profilingizni yaratadi. Foydalanuvchi roziligisiz bunday ma'lumotlar yig'ish foydalanuvchi maxfiyligini buzish (yoki bosqinchilik) hisoblanadi.
Reklama dasturini Internetdan "tekin" yuklab olinadigan dasturiy ta'minot uchun to'lanadigan narx deb hisoblash mumkin, chunki u ana shu "tekin" dastur bilan birga avtomatik ravishda yuklab olinadi, masalan, siz "tekin" deb yuklab olish menejerini o'rnatganingizda, qurilmangizda qandaydir qo'shimcha g'alati dasturlar ham o'rnatilib qoladi. Reklama dasturlari har doim ham noqonuniy yoki zararli bo'lmasa-da, ular bezovta qilib asabga tegishi va qurilmangizni sekinlashtirishi mumkin.
Josuslik dasturi (spyware) siz haqingizda ma'lumot to'playdi va uni uchinchi tomonga yuboradi. U shaxsiy ma'lumotlar o'g'irlanishi uchun ishlatilishi mumkin.
Boshqa zararli dasturlardan farqli o'laroq, josuslik dasturlari har doim ham muayyan guruhlar yoki odamlarni nishonga olmaydi. Ko'p josuslik dasturlari tomonidan qilingan hujumlar iloji boricha ko'proq foydalanuvchilarni nishonga olishga harakat qiladi va o'lja uchun to'rni kengroq tashlaydi. Bu har bir kishi josuslik dasturi qurboniga aylanishi mumkinligini anglatadi, chunki hatto kichkinagina ma'lumot uchun ham xaridor topilishi aniq. Masalan, spam-xabar tarqatuvchilar o'z ishlarini amalga oshirish uchun josuslik dasturlari yaratuvchilaridan elektron pochta manzillari va parollarni sotib olishadi.
Ko'p odamlar (asosan erkaklar) josuslik dasturlarini o'z turmush o'rtoqlar'i yoki ishqiy munosabatda bo'lgan sheriklarini kuzatish uchun ham ishlatadi. Bu dasturni suiiste'mol qilish hisoblanadi va u jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Keyloggerlar ham josuslik dasturlarining bir turi bo'lib, u klaviaturada terilgan ma'lumotlarni yozib oladi.
Qurilmaga zararli dasturlar qanday yuqadi?
Zararli dasturlar bilan zararlanishining eng keng tarqalgan yo'llari:
Spam / Fishing elektron pochta xabarlari orqali. Kiberjinoyatchilar ko'pincha spam va fishing-xabarlar orqali turli hiyla-nayranglar bilan sizni zararli fayllarni yuklab olishga ishontirishga harakat qiladi.


Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling