Virus va zararli dasturlar
Download 17.7 Kb.
|
VIRUSLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter virusi
VIRUS va ZARARLI DASTURLAR Ko'pchilik viruslar va zararli dasturlarni bir narsa deb adashadi, aslida viruslar zararli dasturlarning ko'p turlaridan biri hisoblanadi. Zararli dasturlarni ikki belgi, qanday tarqalishi (masalan, viruslar, qurtlar, troyanlar, zararli reklama) va zararlangan qurilmada qanday harakat qilishiga (masalan, to'lov dasturi, josuslik dasturlari, reklama dasturlari, kripto-zararli dasturlar va rootkitlar) qarab turli turlarga ajratish mumkin. Keling, zararli dasturlarning eng keng tarqalgan turlarini ko'rib chiqaylik. Kompyuter virusi boshqa dasturga (masalan, hujjatga) birikib oluvchi zararli dastur bo'lib, u foydalanuvchi uni o'z tizimida birinchi marta (bilmagan holda) ishga tushirganidan so'ng, o'zini ko'paytirishi va tizimga tarqalishi va qurilma faoliyatini buzishi mumkin. Kompyuter qurti o'zini ko'paytirish orqali tarmoqqa tarqaladi. Qurtlar tarmoqlarga o'rnashib olish uchun operatsion tizimlardagi zaifliklardan foydalanadi. Ular qurilmalarga fleshkalar, dasturiy ta'minot zaifliklari orqali kirish huquqiga ega bo'lishi va muhim ma'lumotlarni o'g'irlash va ransomware (to'lov dasturlari) hujumlarini amalga oshirishi mumkin. Zararli reklama (“malvertising - malicious advertising”) zararli dasturlarni tarqatish uchun onlayn reklamalardan foydalanishdir. Unda firibgarlar raqamli reklamalarga buzilgan/zararli kod kiritadi va siz Internetdagi ana shunday reklamalarga bosganingizda qurilmangizda zararli dasturlar o'rnatiladi. Shuningdek, ular kiber-hujumni davom ettirish maqsadida ijtimoiy muhandislik taktikalarini qo'llash uchun sizni zararli saytga yo'naltirishlari mumkin. Rutkitlar kiber-jinoyatchilarga administrator yoki super-foydalanuvchi (qurilmangizdagi hamma narsaga kirish huquqini) huquqini berishi mumkin. Rutkitlar operatsion tizimning o'z lokal fayllarini qo'llovchi faylsiz zararli dastur turi bo'lgani uchun antiviruslarga ularni aniqlash juda qiyin. Ular zararli biriktirmalar va yuklamalar, fishing va buzib kirilgan umumiy disklar (shared drive) orqali tarqaladi. Zararli dasturlardan himoyalanish, ularning oldini olish haqida ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz ushbu kampaniyamizni kuzatib boring. Download 17.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling