Virus va zararli dasturlar
Download 17.7 Kb.
|
VIRUSLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturlar toplami/paketi bilan birga
- Zararli reklama orqali
- WiFi va Bluetooth orqali.
Zararlangan USB fleshka yoki tashqi ma'alumot saqlash qattiq disklari orqali. Siz qayerdandir topib olgan va keyin kompyuteringizga ulagan USB fleshka go'yoki bo'm-bo'shdek ko'rinishi mumkin, lekin aslida qurilmaga ulangan zahoti avtomatik tarzda o'rnatiluvchi zararli dasturlar bilan to'la bo'lishi mumkin.
Dasturlar to'plami/paketi bilan birga. Norasmiy yoki ishonchli bo'lmagan manbaalardan yuklab olingan qonuniy ilovalarga zararli dasturlar qo'shib qo'yilgan bo'lishi mumkin. Internetdan bepul yuklab olinadigan "qaroqchilik" (пиратское ПО) dasturiy ta'minotlarida odatda zararli dasturlar mavjud. Zararli reklama orqali (Malvertising). Malvertising zararli dasturlarni tarqatish uchun qonuniy reklama tarmoqlaridan foydalanadi. Unda firibgarlar raqamli reklamalarga buzilgan/zararli kod kiritadi va siz Internetdagi ana shunday reklamalarga bosganingizda qurilmangizda zararli dasturlar o'rnatiladi. Ular kiber-hujumni davom ettirish maqsadida ijtimoiy muhandislik taktikalarini qo'llash uchun sizni zararli saytga yo'naltirishlari ham mumkin. WiFi va Bluetooth orqali. Xakerlar zaif parolli yoki parolsiz WiFi tarmoqlaridan zararli dasturlar tarqatish uchun foydalanishlari mumkin. Shuningdek, zararli dasturiy ta'minot operatsion tizimlarda tuzatilmagan zaifliklardan foydalangan holda Bluetooth orqali ham tarqalishi mumkin. Odatda zararli dasturlar ijtimoiy muhandislikni qo'llash orqali tarqatilsa-da, siz shunchaki zararli veb sahifaga yoki xakerlik hujumiga uchragan qonuniy saytga kirish orqali ham zararli dastur yuqtirib olishingiz mumkin. Ish stoli kompyuterlari singari, spam xabarlardagi havola bosilganda yoki zararli ilova o'rnatilganda mobil telefonlar ham zararlanishi mumkin. Agar siz iPhone-ni jailbreak qilsangiz, ya'ni boshqa ilovalarni o'rnatish uchun ilovalar do'konini chetlab o'tsangiz va cheklovlarni olib tashlashlasangiz, telefoningiz zararli dasturlar bilan zararlanishi darajasi oshadi. Download 17.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling