Viruslar va antivirus dasturlari
Me Afee VirusScan for Windows 95
Download 98.97 Kb.
|
Kompyuter viruslari va antiviruslar haqida ma’lumot
Me Afee VirusScan for Windows 95Viruslarni yaxshi yo`q qiladi, turli operatsion sistemalar bilan ishlay oladi, eng arzon dastur. Kamchiligi: viruslarni yaxshi aniqlay olmasligi va yangi versiyalar uchun qo`shimcha haq to`lanishi. Me Afee VirusScan - mashxur antivirus paketlaridan biri xisoblanadi. O`tkazilgan test natijalariga ko`ra Symantec firmasining Norton Anti Virus dasturi 13 ta makroviruslarni ushladi, McAfee VirusScan 12 ta makrovirus ushladi, 1ta ya’ni Imposter nomli kam uchraydigan virusni ushlay olmadi. Virus Scan dasturi faylli viruslarni «yovvoyi» turlarini qiyin aniqlaydi. Tekshiruv natjalariga ko`ra dastur faylli viruslarni 93 % ni aniqladi. Agarda bu dastur effektivligi yuqori bo`lganda edi, u yaxshi paket xisoblanar edi. Dasturni oson va tez sistema parametrlariga moslashtirib o`rnatish mumkin, bunda dastur parametrlarini o`z ixtyoringizga ko`ra o`zgartirishingiz mumkin. Virus Scan narxi 45$ bo’lib, Windows 95, 3.x va NT , DOS va OS / 2 asosiy operastion sistemalar uchun versiyalari mavjud. Ammo dasturni imkoniyatlarin kengaytirish uchun qo`shimcha hak to`lash kerak. Ma’lumotlar bazalarini yangilangan versiyalarni WEB da ishlatish mumkin, lekin McAfee WEB - saxifasiga ko`ra yangi versiyalarni kompaniya texnik ta’minotini xam olish sharti bilan ishlatish mumkin. Qayd qilingan foydalanuvchilar birinchi navbatda uch oy davomida bir marta yangi versiyani bepul olishi mumkin. Shundan sung 49 $ ga bir yilga tuzilgan shartnoma asosida cheklanmagan miqdorda dastur yangi versiyalarni va viruslarni yangi belgilarini , xamda doimiy telefon maslaxatlarini olish mumkin. Norton AntiVirus 2.0 for Windows 95 Afzalligi viruslarni juda yaxshi aniqlaydi, ajoyib interfeys, avtomatik yangilanish. Kamchiligi: «yovvoyi» viruslarni 77 % ni yo`q qiladi. Bu dastur tez, ishonchli va sodda muloqotli bo’lib, foydalanuvchi uchun juda qulay. Mutaxassislar esa o`zlariga moslashtirib olishi mumkin. Norton AntiVirus dasturining interfeysida Live Update funkstiyasi mavjud. Bu funkstiya Web orqali dasturni va viruslar belgilar to`plamini yangilashi mumkin Shu bilan birga viruslar bilan kurash Ustasi (Virus Repair Wizard ) aniqlangan virus haqida to`liq ma’lumot beradi xamda uni yo`q qilish usullarni tanlash imkonini beradi. Bu usullar : viruslarni avtomatik ravishda yo`q qilish ; bosqichma-bosqich yo`q qilish, bu xolda uchirish jarayonini boshqarish mumkin. Thunder Byte AntiVirus Utilites. Afzalligi: faylli viruslarni yaxshi aniqlaydi, tekshirishni juda qulayligi. Kamchiligi: viruslarni uchirishi qiyinroq, yangi foydalanuvchilar uchun uchirish jarayoni murakkab. Birinchi bor Karaganda, Thunder Byte AntiVirus Utilites dasturi (100 $ ) yangi virus belgilarni Web yuklash ikoniyatiga ega. Dastur chuqurroq o`rganilganda, u paketda odatdagi ba’zi bir funksiyalar yo`q , ammo bir qator yangi mukammal funksiyalarga ega. Bu dastur Windows 95 sistemasining «Provodnik» dasturiga o`xshash interfeysiga ega bo’lib, boshqa paketlarda mavjud bo’lmagan bir qator qulayliklarga ega. Tekshirishda siz aloxida disklarni , fayllarni yoki papkalarni belgilashingiz mumkin. Thunder Byte o`tkazilgan test natijalariga ko`ra yuklovchi sektordagi viruslarni 100% ni aniqlaydi, ammo ularni uchira olmaydi. Shu bilan birga dastur siqilgan fayllarni tekshirmaydi, bu esa arxivlangan fayldagi virusni aniqlanmasligiga olib keladi. Thunder Byte dasturi kompyuterda cheklangan ( koorporativ ) holatda foydali bo`lishi mumkin. Faylli viruslarni (makro - viruslardan tashqari) uchirishdan avval TBCLEAN nomli aloxida DOS utilitali disketa xosil qilish kerak. Disketadan yuklanish, tekshirish jarayonida xotiradagi virusni faollashishiga imkon kamayadi, chunki bunda zararlangan yuklovchi sektor va fayllarga murojaat bo`lmaydi. Download 98.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling