Viruslarning kelib chiqishi va ularning ahamiyati


Download 13.9 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi13.9 Kb.
#1212569
Bog'liq
Viruslarning kelib chiqishi va ularning ahamiyati


VIRUSLARNING KELIB CHIQISHI VA ULARNING AHAMIYATI
Viruslar (lot. virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda "V." termini har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng V. tushunchasi "mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu ikki guruh

agentlari, yaʼni bakteriyalar bilan V. oʻrtasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali qoʻzgʻatuvchilari bakterial suzgʻich (filtr)dan oʻtishini isbotlagach, aniqlandi.
V. tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil ogʻir kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik V. yillab tiriklik xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata boshlaydi. Ayrim V. (mas., gripp V.) tashqi
muhitda oʻz xususiyatini yoʻqotadi. V. qoʻzgʻatadigan kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi mumkin. Mas., bitta poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab V. vujudga keladi. V.ning koʻpayishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bogʻliq. Millionlab V. molekulalari yigʻindisi mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida koʻrinadi. Kasallik holatini qoʻzgʻatish xususiyati, kasallik qoʻzgʻovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi sunʼiy ozuqali muhitda rivojlanmasligi V.ning
oʻziga xos xususiyatidir. Faqat baʼzi bakteriofaglar bundan mustasno, ularni lab. sharoitida koʻpaytirish mumkinligi isbotlangan. Lab.da oʻrganish imkoniyati boʻlgan barcha V. har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq "oʻlchangan". Ularning diametri 10—300 mkm. Tayoqcha, shar yoki ipsimon shaklda boʻladi.
Oʻsimlik va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi koʻpgina V. yumaloq shaklda. Bugʻdoy va beda mozaikasi V. tashqi koʻrinishi bilan bakteriya tayoqchasi yoki oʻqqa oʻxshaydi. V. tuzilishini elektron mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali baʼzi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan.
Ularning hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan iborat boʻlib, u oqsil qobiq bilan oʻralgan. Bir necha tur V.ning kimyoviy tarkibi oʻrganilgan, xolos. Vaksinalar V.ning tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab. Uning tarkibida nukleoproteinlar, uglevodlar va lipoidlar bor. Nuklein kislotasi dezvksiriboza shaklida, lipoidlar guruhi esa xolesterol, fosfolipid va neytral moy koʻrinishida uchraydi. Fitopatogen
V. tarkibida ribonuklein kislota (RNK), hayvon va odamlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi V.da esa RNK yoki DNK (dezoksiribonuklein kislota)
bor. Baʼzi V. tozalangan preparatlar holida olinib, ularning bir qismi toza haqiqiy kristallar (mas., tamaki nekrozining V.), boshqalari esa suyuq kristallar (mas., tamaki mozaikasi V.) yoki shakleiz choʻkmalar hosil qiladi. V.ni ajratib olish va tozalash uchun ultratsentrifugalanadi, turli xil fizikkimyoviy usullardan foydalaniladi.
V.ning tasnifi (klassifikatsiyasi) va ularni ifodalaydigan belgilar hali qabul qilinmagan. Ularga ham xuddi hayvonlar va oʻsimliklarga beriladigan tur va turkum nomi beriladi, xalq ifodalari, har xil qisqartmalardan foydalaniladi, kasallanuvchi organizmning turkum nomi bilan
atalib, yoniga raqam qoʻyiladi yoki V. morfologik, kimyoviy xossalari va reproduktiv xususiyatlariga binoan urug va oilalarga birlashtiriladi. V. urugʻining lotincha nomiga virus soʻzi (mas., Enterovirus), oilasi nomiga viridae soʻzi (mas., Poxviridae) qoʻshilib yoziladi.
V. organizmga har xil yoʻllar bilan kiradi, mas.,

V. oʻsimlik hujayralariga chetdan faqat ular shikastlanganida kirishi mumkin. Gripp V. va b.da hujayra qobigʻini buzish xususiyatiga ega boʻlgan fermentlari bor. V. organizmga kirgach, infeksiyanint latent yoki yashirin davri


boshlanadi. Koʻpgina V. hujayralarda toʻplanib, hujayra ichida oʻziga xos tarkibiy qismlar hosil qiladi (qarang Virusli granullyoz). V. bilan zararlangan oʻsimliklar, odatda, butun hayoti davomida infeksiya oʻchogʻi boʻlib qoladi. V. ekologik, biologikva b. omillar taʼsirida vujudga keladigan kuchli oʻzgaruvchanlikka ega. V. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ular juda koʻp xoʻjayinga ega. Asosan, soʻruvchi hasharotlar, kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Baʼzi V. urugʻlar orqali tarqaladi va deyarli barcha V. kasal oʻsimlik jinssiz koʻpaytirilganda avlodga oʻtadi. V.ning patologik taʼsiri xilma-xil boʻlib,
asosan, ularning koʻpayishidan xoʻjayin organizmida yuz beradigan oqsil va nuklein almashinuvining buzilishi bilan belgilanadi (qarang Virusli kasalliklar). V.ni virusologiya fani oʻrganadi.
Virusologiya [viruslar va logiya fan] – viruslar haqidagi fan, biologiyaning bir tarmogʻi. Virusologiya tarixi 1892-y. da rus olimi D. I. Ivanovkiyning tamakida mozaika kasalligini vujudga keltiradigan mikroblarni aniqlashidan boshlanadi. 1893-y. da nemis bakteriologlari F. Leffler va P. Frosh qoramollarda oqsil (yashchur) kasalligini, 1901-y. da amerikalik
Rid va boshqa(lar) sariq isitmani paydo qiladigan mikroblarni oddiy bakteriologik filtrdan oʻtib ketishini aniqlashdi. “Virus” tushunchasi birinchi marta golland M. Beyerink (1898) va nemis genetigi E. Baur (1904) ishlarida uchraydi.
1911-y. da amerikalik F. T. Rous tvuklarda xavfli oʻsma paydo qiluvchi virusni topadi. Bakteriya viruslari (bakteriofaglar) ning topilishi, vaksina virusini toʻqimalar kulturasida undirish, virus zarralarini kumush bilan boʻyash usullarining ishlab Yiqilishi, tamaki mozaikasi virusini kristall holida ajratib olib, uning oqsil tabiatini, virus tarkibiga nuklein kislota kirishining
aniqlanishi virusologiyaning rivojlanishida katta rol oʻynadi.
20-a oʻrtalarida viruslarning tuzilishi elektron mikroskop yordamida va rentgenstruktura tahlili usuli bilan tekshirla boshlandi. Virusologiya tekshirish obyektiga koʻra qishloq xoʻjaligi, veterinariya va tibbiyot virusologiya siga boʻlinadi. Bu fanning rivojlanishi molekulyar genetika bilan uzviy bogʻliq. 1952-y. virus DNKsi, 1956-y. virus RNKsi, 1955-y. virus zarralarining RNK va oqsildan oʻz-oʻzidan toʻplanishi hodisasi aniqlandi, 1957-y. viruslar interferensiyasi, DNK-sintezi kashf etildi.
Zamonaviy virusologiya umumiy va maxsus yoʻnalishlarga boʻlinadi. Umumiy virusologiya viruslarning tuzilishi prinsiplari, koʻpayishi, xoʻjayin-hujayra oʻrtasidagi munosabatlarning kelib chiqishi, viruslarning tabiatda tarkalishini oʻrganadi.
Molekulyar virusologiya viruslar nuklein kislotalari tuzilishi va funksiyasini, virus genlarining ekspressiyasi mexanizmlarini, organizmning viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklarga chidamligi tabiati va viruslarning molekulyar evlyutsiyasini oʻrganadi. Maxsus
virusologiya odam, hayvon va oʻsimlik viruslari guruhlarini tadqiq qiladi.
Oʻzbekistonda virusologiya sohasidagi tadqiqotlar 20-a. oʻrtalarida boshlangan. D. X. Vahobov, A. Yu. Abdukarimova, N. K. Tursumetova, M. 3. Isamuhamedov, V. Mirzahmedov va boshqa(lar)ning ishlari gʻalla, gʻoʻza, sabzavot va boshqa(lar) ekinlar viruslarini ajratib olish, virus kasalliklarini aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.
Soʻnggi yillarda viruslarni interferon hosil qilish faolligini oshirish (A. Sayitqulov), gepatit virusi
shtammlari va oksillarining tuzilishi hamda vazifalarini oʻrganish va virusli kasalliklarning zamonaviy tashxisini ishlab chiqish (A. M. Ivanova) borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Oʻsimlik viruslarini oʻrganish sohasidagi ilmiy tekshirish ishlari
Marburg virusi

Bu virus 1967-yilda aniqlangan. O‘shanda Germaniyadagi kichik laboratoriya xodimlarini qandaydir notanish epidemiya qamrab olgan edi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, virus laboratoriyaga Ugandadan keltirilgan maymunlar orqali kirib kelgan ekan.


Marburg virusi ko‘p jihatdan Ebolaga o‘xshaydi. Unda odam tanasida juda kuchli zo‘riqish va isitma yuzaga keladi. Tana a’zolarining deyarli barchasidan qon keta boshlaydi. Ichki organlar birin-ketin ishdan chiqadi va organizm kuchli shok holatidan o‘limga yuz tutadi.
Marburg laboratoriyasida virus epidemiyasi ilk marta qayd etilganda unga chalinganlarning 25 foizi vafot etgandi. Lekin aynan shu virusning 1998–2000-yillarda Kongoda avj olgan epidemiyasida bemorlarning o‘lim darajasi 80 foizga yetgan. Shunga yaqin dahshatli
ko‘rsatkich 2005-yilda Angolada ham qayd etilgan.
Ebola virusi

Ebola virusi hozirgi zamon kishisi uchun nisbatan taniqli viruslardan biridir. Uch-to‘rt yil avval Markaziy Afrika davlatlarida bu virusning juda kuchli epidemiyasi kuzatilgan va OAV orqali jarayon keng yoritilgan edi. O‘shanda Liberiya, Gvineya, Nigeriya, Syerra-Leone, Senegal, Kongo va Malida jami 27 748 odam Ebola infeksiyasiga chalingandi. Ularning 41 foizi vafot etgandi.



OITS




Zamonaviy dunyoda eng

xatarli

virus

albatta

OITS virusidir. Undan

juda

ko‘p

odam

zararlanadi; zararlangan odamlarning deyarli hammasi vafot etadi.
1980-yillarda OITS virusi haqidagi dastlabki ilmiy ma’lumot paydo bo‘lgan edi. 1981-yilda ilk marta OITS tashxisi qo‘yilganidan beri kasallik tarixiga bu tashxis bitilgan 36 milliondan ortiq bemor vafot etdi.
Kuchli antivirus preparatlar OITSga chalingan bemorlarga kasallik oqibatlarini biroz

yumshatishga yordam berayotgan bo‘lsa-da, bugungi kunda tibbiyotda OITSning davosi hamon topilgani yo‘q. Afrikaning Sahroi Kabirdan janubidagi qashshoq mamlakatlarida OITSga chalingan odamlar soni aholining 20 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi.


Gripp

Gripp virusi har yili mavsumiy epidemiya beradi; unga chalinmagan, gripp nimaligini bilmaydigan odamni topish qiyin. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga qaraganda, har yili dunyo bo‘yicha 500 000 bemor gripp tufayli vafot etadi.


Gripp virusining shtammlari juda ko‘p turda bo‘lib, har yili yangi-yangilari paydo bo‘lmoqda va boshqa shtammlarga qarshi foyda bergan vaksinalarga chidamli bo‘lib chiqmoqda. Gripp infeksiyasining eng ayanchli epidemiyasi 1918- yilda kuzatilgan edi. O‘shanda sayyoramizning 40 foiz aholisi gripp virusining “ispan shtammi” nomli turidan jabr ko‘rgan va umumiy hisobda 50 millionga yaqin bemor vafot etgan.
Download 13.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling