Viruslarning tarqalishi Viruslar va ularning klosufikatsiya
Download 56.06 Kb.
|
Viruslarning tarqalishi Viruslar va ularning klosufikatsiya
Bakteriyalar asosiy bir hujayrali, ayrim xollarda ipsimon rangsiz tuban o’simliklar bo’lib, tipik hujayra yadrosiga ega emas hujayrasining vegetativ ravishda kundalangiga bo’linish yuli bilan va kisman sporalar yordamida ko’payadi. Bakteriyalarning xozir 3000 ga yakin turi ma’lum. Tipik bakteriyalar ko’pincha bir hujayrali, xlorofillsiz bo’lib kundalangiga bo’linish yuli bilan ko’payuvchi mikroorganizmlardir. Bakteriyalar hujayralarining shakliga qarab har xil nomlanadi.
Sharsimon bakteriyalar koqk deb, tayoqsimon tik bakteriyalar - betsilla, vergul shaklidagilari - vibrion, spiral egilgan va bir yoki bir nechta uramli bakteriyalar - spirala, spirallarga nisbatan o’zunroq buralganlari spiroxitalar deb ataladi. Juft joylashgan koqlar diploqoqklar, tayoqcha shaklidagilari - streptoqoqklar, shingil shaklida joylashganlari esa stafilakoqklar deb yuritiladi. Sharsimon bakteriyalar hujayrasining diametri 0,5- 1mkm, tayoqsimonlarining O’zunligi 2-5 mkm va diametri 0, 4 - 0,8 mkm keladi. Ayrim ipsimon bakteriyalarni kurollanmagan oddiy kO’z bilan kurish mumkin. Bakteriyalar pishik pustiga ega bo’lib, unda selyulloza va xitin yo’q. Bakteriyalarning hujayra pustida aminlar va aminakislotalar mavjud. Ularning ko’pchiligi -hujayra atrofida maxsus shilimshik kapsulalar hosil qiladi va bu shilimshik kapsulalar ko’pincha bakteriyalarning O’z xajmiga nisbatan bir necha marta ziyod bo’ladi. Ko’pchilik bakteriyalar protoplazmasida vakuola mavjud. Bularda zapas maxsulot - yog, glikogen, volyutin, kraxmal yo’q. Protoplazmaning 40% dan ko’progi nukleoproteidlardan tashkil topgan, ular sharsimon, ellepsimon, buyraksimon, ipsimon tuplamlar hosil qiladi va yadro shaklini egallaganligi sababli ular nukleidlar deb ataladi. Lotincha «nukleus»- yadro va grekcha eydos kurinish uxshash ma’nosini bildiradi. Nukleidlar yadro pusti va yadrochalarning bo’lmasligi bilan yadrodan fark qiladi. Ulardan DNK yigilgan va ko’pchilik bakteriya hujayrasining bo’linishi oldidan reduplikatsiya iplari hosil bo’ladi. Nukleidlar eniga va buyiga bo’linadi. Elektron mikroskop yordamida O’zining tarkibi va xajmiga ko’ra ribosomalarga uxshash tanachalar borligi aniqlangan. Ayrim rangli bakteriyalarda kattaligi 0,05 ga teng bo’lgan pigment saklovchi elementlar topilgan bo’lib, ular bakterioxlorofill va karotinoidlardan tashkil topgan. Bu pigment saklovchi elementlar plastidlardan membranasining bo’lmasligi bilan fark qiladi. Bakteriyalarning ko’pchilik turlari xivchinlar yordamida harakat qiladi. Xivchinlar juda ingichka bo’lib, bakteriyalarning turiga qarab hujayra chetida bir yoki bir nechtadan, monotrixal bakteriyalarda hujayra uchida boglam shaklida litotrixal va peritrixal bakteriyalarda hujayra pustini tulik koplangan bo’ladi. (Rasm 66). Bakteriyalarda xivchinlar soni doimiy emas. U oziqlanish muxitiga qarab O’zgarib turadi. Bakteriyalar oddiy bo’linish yuli bilan ko’payadi. Qulay sharoitda bo’linish har yarim soatda takrorlanadi. Har qanday organizm bakteriyalar kabi shunchalik tez ko’paya olmaydi. Matematik xisob- kitoblarga karaganda qulay muxitda bitta bakteriya 6 soat ichida butun bir daryo yoki oqean suvlarini tuldirish, 10 soat ichida yer shariga teng xajmda ko’payishi mumkin. Nazariy xisoblarga karaganda buyi 2 mkm eni 1 mkm keladigan bitta bakteriyaning bo’linishi har 36 minutda takrorlanganda, 24 soatda 36 mln hujayra hosil bo’ladi. Bu hujayraning umumiy O’zunligi 33 metrga boradi. Muxit sharoitining qulayligi saklanganda 3 kun ichida bu hujayralar zanjiri yer sharini ekvatordan 14 marta urab olgan bulur edi. Lekin bakteriyalarning bunchalik tez ko’payishiga muxit sharoitining noqulayligi tuskinlik qiladi. Chunki bakteriya mavjud oziq moddalarni O’zidan ajratadigan zaharli moddalar bilan tez zararlantiradi va uni yo’q qiladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar esa bakteriyalarning potensial energiyasini naqadar kuchli ekanligidan kursatadi. Ko’pchilik tayoqchasimon va ayrim sharsimon bakteriyalar hujayrada bittadan endogen sporalar hosil qilish yuli bilan ko’payadi. Bu sporalar hujayra markazida yoki chetida sitoplazmatik maxsulotlarning siqilishi va zichlanishi natijasida hosil bo’ladi. Yangi hosil bo’lgan sporalar atrofida zich pust hosil bo’ladi. Bu sporalar noqulay muxit sharoitiga chidamli bo’lib kuruk, sovuk va issik sharoitni normal utkazadi. Qulay sharoitiga tushishi bilan ko’payib undan bakteriyaning yangi vegetativ tanasi hosil bo’ladi. Bakteriyalarning rivojlanish sikli tulik urganilmagan. Oddiy bulinganda hosil bo’lgan ikkita yosh hujayra o’sib ona hujayraga aylanadi, va bo’linish yana takrorlanadi. Lekin bunday bo’linish hamma bakteriyalarda bir xilda bormaydi. Masalan; bakteriyaning ayrim tayoqchasimon - Vasillus subtilis deb ataladigan turlarida xivchinlari harakatchan bulinib, harakatchan hujayralardan iborat ip, keyinchalik esa ular xivchinlarini ham spora hosil qiladi. Sporalar esa O’z navbatida qulay sharoitga tushishi bilan bakteriyaning yangi vegetativ tanasini hosil qiladi. Shunday qilib organizmlar rivojlanish siklida bir necha bir-biri konuniy almashtiradigan boskichlarni bosib o’tadi. Yakin -yakingacha bakteriyalarda jinsiy ko’payish ma’lum emas edi. Genetik analizlar yuli bilan olib boriladigan kO’zatishlar natijasida aniqlanishicha, bakteriyalarni ayrim turlarida jinsiy ko’payishi Download 56.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling