I. Kirish II. Asosiy qism O'simliklar fiziologiyasi O'simliklarning ozuqaviy talablari


Download 1.33 Mb.
bet1/4
Sana28.03.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1303345
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasining vazifasi va hozirgi zamon yo`nalishlari


O'simliklar fiziologiyasining vazifasi va hozirgi zamon yo`nalishlari
Reja
I.Kirish
II.Asosiy qism
1. O'simliklar fiziologiyasi
2. O'simliklarning ozuqaviy talablari

3. O'simliklarning kimyoviy tarkibi


4. O'simliklar fiziologiyasining predmeti, asosiy
vazifalari, tarixi va hozirgi zamon yo'nalishlari
5.O ‘simliklar fiziologiyasining predmeti, asosiy 
vazifalari, tarixi va hozirgi zamon 
yo‘nalishlari


III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Oʻsimliklar — tirik organizmlar dunyosi; fotosintez qilish xususiyatiga ega boʻlgan avtotrof organizmlar (qarang Avtotroflar); hujayra poʻsti, odatda, qalin sellyulozadan, zaxira oziq moddasi kraxmaldan iborat. Ayrim Oʻ. (saprofitlar, parazitlar) uchun xos boʻlgan geterotrof oziqlanish ikkilamchi hisoblanadi. Oʻ.ga xos boshqa xususiyatlar (oʻziga xos rivojlanish sikli, organlarning shakllanish yoʻli, yopishib yashash va boshqalar) hamma Oʻ.ga tegishli emas. Lekin bu belgilarning majmui Oʻ.ni boshqa tirik organizmlardan oson farq qilishga imkon beradi. Faqat tuzilishning quyi, ayniqsa, bir hujayralilar darajasida Oʻ. bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq uncha aniq sezilmaydi; shuning uchun evglenasimon suvoʻtlarni zoologlar bir hujayrali hayvonlarga kiritishadi. Bir hujayrali Oʻ.ning boshqa bir hujayrali organizmlardan asosiy farqi — xloroplastlar boʻlishidir. Tuzilish darajasi orta borgan sari Oʻ. bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq ham orta boradi.
Oʻ.ning oziqlanish jarayonida atrof muhitdan gazsimon (fotosintez) va suyuq (suv va unda erigan mineral tuzlar) moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi yuzasi tobora kengayib borgan. Yuksak oʻsimliklarda tana yuzasining kengayishi va ixtisoslashuvi toʻqimalar va vegetativ organlarning rivojlanishiga olib kelgan (qarang ToʻqimaVegegpativ organlar). Oʻ. tuzilishining koʻpchilik muhim xususiyatlari ularning oʻsishi va koʻpayishi, shuningdek, tarqalishiga moslanishi bilan bogʻliq.
Anʼanaga koʻra, 20-asrning oʻrtalarigacha barcha oʻsimliklar tuban (bakteriyalar, suvoʻtlar, zamburugʻlar, lishayniklar) va yuksak oʻsimliklar (yoʻsinlar, psilofitlar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻlilar, gulli oʻsimliklar)ga ajratib kelingan. Hozirgi bakteriyalar va zamburugʻlar alohida dunyoga ajratiladi. Oʻ. dunyosi 3 kichik dunyo: qizil suvoʻtlar va yuksak Oʻ.ga boʻlinadi. Bu kichik dunyolar 350 000 turdan iborat barcha Oʻ.ni oʻz ichiga oladi.
Oʻ.ning kelib chiqishi yerda hayot paydo boʻlishining ilk rivojlanish davrlariga toʻgʻri keladi. Bunda Arxey erasida (bundan 3 mlrd. yil oldin) koʻkyashil suvoʻtlar (sianobakteriyalar)ga oʻxshash organizmlar paydo boʻlgan. Haqiqiy suvoʻtlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvoʻtlar paleozoyning boshlarida paydo boʻganligi taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak Oʻ. — riniofitlar proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz oʻrniga rizoidlari boʻlgan. Karbonda daraxtsimon qirqquloqlar kelib chiqqan; permda ular oʻrnini hozirgi qirqquloqlar egallagan. Karbonda ignabargli oʻsimliklar paydo boʻlgan, trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Boʻr davrining boshlarida gulli Oʻ. (yopiq urugʻlilar) hosil boʻlgan va shundan soʻng ular Yer florasida hukmron boʻlib qolgan.
Oʻ. Yerda mavjud boʻlgan barcha tirik organizmlar hayotida katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamning hayotini Oʻ.siz tasavvur qilib boʻlmaydi. Faqat yashil xlorofillga ega boʻlgan Oʻ. anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini toʻplaydi; ayni vaqtda Oʻ. atmosferadan S02gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod chiqaradi. Shu yoʻl bilan yashil Oʻ. atmosfera tarkibining doimiyligini saqlab turadi. Oʻ. organik moddalarni hosil qiluvchi produtsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi.
Yer yuzidagi Oʻ. turli hayotiy formalar (oʻtlar, butalar, daraxtlar, lianalar, epifitlar va boshqalar)ni hosil qiladi. Oʻ.ning xilmaxil turlaridan tarkib topgan fitotsenozlar Yer yuzi landshafti va boshqalar organizmlar uchun ekologik sharoitning xilmaxilligini belgilab beradi. Oʻ.ning bevosita ishtirokida tuproq va torf hosil boʻladi. Qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmirning hosil boʻlishi ham Oʻ. bilan bogʻliq.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling