Вирусли гепатита в этиологияси, эпидемиологияси. Вирусли гепатита в патогенези


Download 32 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi32 Kb.
#1405742
1   2   3   4
Bog'liq
Вирусли гепатита В этиологияси

Siklik shakli. Gepatit B kasalligining siklik shaklida distrofik, yallig‘lanuvchi va proliferatik o‘zgarishlar markaziy bo‘ladi. Gepatit A kasalligida ular periferiyadan bo‘lakdagi markazga qarab joylashadi. Bu farqlanishlar jigar parenximasiga virusning har xil yo‘llar bilan kirishi orqali tushuntiriladi. Gepatit A virusi jigarga darvoza venasi orqali kiradi va bo‘lak markaziga qarab joylashadi, gepatit B virusi jigar arteriyasi orqali va kapillyarlar orqali kiradi. Parenximada morfologik o‘zgarishlar klinik o‘zgarishlarning eng avj olgan davrida ko‘proq namoyon bo‘ladi, bu kasallikning birinchi dekadasi bilan to‘g‘ri keladi. Ikkinchi, ayniqsa uchinchi dekada davomida regeneratsiya jarayonlari kuchayadi. Bu davrga kelib nekrobiotik o‘zgarishlar butunlay yo‘qolib, asta-sekin jigar hujayralari tiklanishiga qaratilgan xujayra infiltratsiyasi jarayonlari kuchayadi. Lekin jigar parenximasining to‘liq tiklanishi 3-6 oydan keyin kuzatiladi.
Jigarning massiv nekrozi. Namoyon bo‘lishi va tarqalishiga qarab jigar nekrozi massiv va submassiv bo‘lishi mumkin. Jigarning massiv nekrozida barcha epiteliy o‘ladi yoki periferiyada qisman xujayralar qoladi. Submassiv nekrozda asosan markazdagi jigar gepatotsitlari nekrozga uchraydi. Massiv nekroz virusli gepatit B dagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Xolestatik (perixolangiolitik) gepatit kasallikning maxsus shakli bo‘lib, bunda asosiy morfologik o‘zgarishlar jigardan tashqari o‘t yo‘llarida kuzatilib, xolangiolit va perixolangiolit ko‘rinishini beradi. Bu bolalarda kam uchraydigan shakli bo‘lib, faqat gepatit B da kuzatiladi.
Xolestatik shakli. Xolestatik shaklida o‘t kapillyarlarining kengayishi va o‘tning turib qolishi bilan namoyon bo‘ladi, bunda xolangiolalar proliferatsiyasi va atrofida infiltratsiyasi kuzatiladi. Bu holatda jigar hujayralari deyarli zararlanmaydi.

  1. Вирусли гепатита В продромал даврига хос клиник белгилар.

  2. Вирусли гепатита В сариклик даврига хос клиник белгилар.


  3. Download 32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling