Laboratoriya mashgulotlarini bajarish rejasi:
Masalaning qo‘yilishi.
Shaklni tasvirlash:
Shaklning elementlarini kiritish va ularning xossalarini aniqlash.
Hisoblash uchun mo‘ljallangan asosiy dasturni tuzish.
Visual Basic ni ishga tushirish va dasturni yaratish.
Shaklni yaratish.
Hisoblash dasturini kiritish va uni tekshirish.
Natijalarni olish.
Dasturni xotirada saqlab qolish.
Ishni tugatish.
Ushbu doiradagi laboratoriya ishlarida bitta misol asosida shaklda elementlarni ketma-ket joriy etish namoyon etilgan. Bu ishlarni bajarishdagi asosiy maqsad bo‘lib Visual Basic elementlaridan foydalanishni mukammal o‘rganib olish hisoblanadi. Shu bois bu yerda barcha ishlar takroran ko‘rsatilgan. Buning natijasida talaba bu ishlarni mustaqil o‘rganib olish va bajarish imkoniga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |