Visual basic является мощным и достаточно многогранным языком программирования


Download 309.5 Kb.
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi309.5 Kb.
#184938
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Visual dasturlash муhитида interfeysli bir necha elementlar yordamida oddiy дастурлар yaratish

Laboratoriya ishi


Mavzu: “Visual Basic muhitida interfeysli bir necha elementlar yordamida oddiy dasturlar tuzish”

Laboratoriya ishini bajarish namunasi.

1. Aksioner jamiyatining ustav kapitali Sar= 0,5 mln. dollar va chiqarilgan aksiyalarning soni M=1000 dona bo‘lganda ushbu aksiyaning nominal narxini quyidagi formula bo‘yicha aniqlang:



2. Shaklning sarlavhasini “Aksiyaning nominal narxi” deb olamiz va shaklning nomini esa “frmMoney” deb belgilaymiz. Shakl tashqi ko‘rinishining “Properties” xossalar oynasida “BorderStyle” parametrini “1 – Fixed Single” deb aniqlaymiz. Ushbu parametr shakl o‘lchovlarini dastur ishga tushgan paytda o‘zgartirishga qo‘ymaydi.

3. Ushbu shakl uchun quyidagi elementlarni tanlaymiz: “Nadpis”, “Pole Teksta”, “Komandnaya knopka”, “Flajok”, “Pole so spiskom”, “Taymer”.

4 ta Label elementlarining nomlarini kelishuv bo‘yicha o‘zgartirmaymiz, ya’ni ularning nomlari quyidagicha qoldiriladi: “Label1”, “Label2”, “Label3”, “Label4”, ulardagi yozuvlarni esa quyidagicha aniqlaymiz: “Ustav kapitali”, “Chiqarilgan aksiyalarning soni ” , “dona”, “ Aksiyaning nominal narxi”. Qo‘shimcha yana 2 ta Label elementlarini aniqlaymiz, ulardan bittasini “lblvaluta” deb nomlaymiz va undagi yozuvni ro‘yxatli maydon qiymatidan oladigan qilamiz . Ikkinchi Label elementini sana uchun ajratamiz va quyidagicha nomlaymiz: “lblDate”.

TextBox elementlarining nomlarini quyidagicha aniqlaymiz: “txtOne”, “txtTwo” va “txtResult”, bevosita ularning boshlang‘ich qiymatlarini bo‘sh qoldiramiz.

CommandButton buyruq tugmasini “cmdAdd” deb nomlaymiz va “Caption” maydonida “Hisoblash” deb yozamiz.

Bayroqcha CheckBox elementining “Check1” nomini o‘zgartirmaymiz va unda “Hisoblash sanasi” deb yozamiz.

Ro‘yxatli maydon Combo1 elementi nomini o‘zgartirmaymiz va hech qanday yozuvsiz qoldiramiz.

“Taymer” (Timer) elementi nomini “Timer1” deb qoldiramiz.

4. Buyruq tugmasini tanlagandan so‘ng ishlashi lozim bo‘lgan asosiy dasturimizning ko‘rinishini quyidagicha kiritamiz:

Private Sub cmdAdd_Click()

Dim x,y,z As Single

x=CSng(txtOne.text)

y=CSng(txtTwo.text)

z=x/y

txtResult.text=Cstr(z)



Sub End

Izoh. Biz ushbu dasturda kiritiladigan qiymatlarning tahlilini kiritmaganmiz.

5. Visual Basic muhitiga kirish uchun quyidagi qadamlarni bajarish lozim, masalan, Windows ning Pusk menyusidan Programmi bandini, keyinchalik Microsoft Visual Basic ni tanlaymiz. Shundan so‘ng biz Visual Basic ning dasturlar yaratish muhitiga kirgan bo‘lamiz (Integrated Development Environment – IDE). Bu yerda avtomatik ravishda loyihaning nomi Project1 va shaklning nomi Form1 deb olinadi.

6. Biz natijaga qaysi ko‘rinishda erishishimizni aniq tasavvur qilish uchun asosiy shaklni tasvirlaymiz.






Avvalo shaklning tasvirini aniqlaymiz. “Properties” xossalar oynasida (Name) maydoniga frmMoney so‘zini kiritamiz, Caption maydoniga “Aksiyaning nominal narxi” deb yozamiz , “BorderStyle” maydonini qiymatini esa “1 – Fixed Single” ga almashtiramiz.

Barcha elementlarni o‘rnatish uchun shakl chegarasini Windows qoidalari bo‘yicha kengaytiramiz.

Label elementini olib shaklga o‘rnatamiz. O‘rnatilgan element aktiv holatda bo‘ladi. “Properties” xossalar oynasida Caption maydoniga “Ustav kapitali” deb yozamiz, xuddi shunga o‘xshash algoritm yordamida yana 3 ta Label elementlarini quyidagi yozuvlar bilan o‘rnatamiz: “Chiqarilgan aksiyalarning soni” , “Aksiyaning nominal narxi” va “dona”, bitta Label elementini kiritib, uni yozuvsiz qoldiramiz. Bulardan tashqari yana bitta Label elementi ”lblDate” ni kiritamiz va yozuvsiz qoldiramiz. Endi TextBox elementlarini bitta-bitta shaklga o‘rnatamiz va ketma-ket ularni quyidagicha nomlaymiz: “txtOne”, “txtTwo” va “txtResult”. Bu elementlar uchun “Properties” xossalar oynasida “Text” maydonini tozalaymiz, chunki dastur ishlagan chog‘ida boshlang‘ich qiymat bo‘lishi kerak emas.

Xuddi shu usulda CommandButton buyruq elementini shaklga o‘rnatib, uni “cmdAdd” deb nomlaymiz va “Caption” maydonida “Hisoblash” deb yozamiz.

Bayroqcha CheckBox elementi nomini o‘zgartirmaymiz va uning yozuvini “Hisoblash sanasi” deb aniqlaymiz. Ro‘yxatlar maydoni ComboBox nomini “Combo1” deb qoldiramiz va yozuvsiz qoldiramiz.

“Taymer” (Timer) elementi nomini “Timer1” deb qoldiramiz va “Properties” dagi “Interval” maydoniga 500 qiymatini kiritamiz.
7. Dastur kodini kiritish uchun “Hisoblash” tugmasini ikki marta bosamiz va ochilgan oynada 4-banddagi asosiy kodlarni quyidagi o‘zgarishlar bilan kiritamiz:
Private Sub cmdAdd_Click()

Dim x, y, z As Single

x=CSng(txtOne.text)

y=CSng(txtTwo.text)

z=x/y

txtResult.Text = CStr(z)



' ro‘yxatdan valyuta nomini olamiz va lblvaluta ga o‘rnatamiz

lblvaluta.Caption = Combo1.Text

Sub End

Shaklni yuklashda, avtomatik ravishda ro‘yxatga valyuta nomlarining chiqishini ta’minlash maqsadida, shaklning o‘zida sichqoncha tugmasini ikki marta bosib, quyidagi kodlarni kiritamiz:

Private Sub Form_Load()

Combo1.AddItem "so‘m"

Combo1.AddItem "dollar"

End Sub
Taymer bevosita "Hisoblash sanasi" tugmasi bilan bog‘langanligi sababli uning uchun quyidagi kodlarni kiritamiz


Private Sub Timer1_Timer()

‘Agar "Hisoblash sanasi" tugmasi bosilsa, ya’ni bayroqcha bilan belgilansa, u ‘holda sana ko‘rsatilsin

If Check1.Value Then

lbldate.Caption = Format(Date, "Long Date")

Else

' aks holda sana ko‘rsatilmasin



lbldate.Caption = ""

End If


End Sub
Dasturlashning asosiy prinsiplaridan biri bu dastur ishlash jarayonida qiymatlarni kiritishda hosil bo‘ladigan noaniqliklarni oldindan ko‘ra bilish va ularni dasturiy yo‘llar bilan hal qilishdir. Ushbu fikr 4-bandning izohida ham keltirilgan. Qiymatlarning tahlili bo‘yicha aniqlangan noaniqliklarni MsgBox funksiyasi orqali ekranga chiqarish mumkin. Masalan, ushbu dasturda kiritilayotgan qiymatlarning manfiy son bo‘lishi tekshirilmayapti.

Dasturni ishga tushirish uchun menyudan Run\Start buyrug‘ini tanlaymiz yoki instrumentlar panelidan maxsus tugmani bosamiz.



Olingan natija quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:



8. Natijani olish uchun qiymatlarni matnli maydonlarga kiritamiz, masalan, 500000 va 1000. Ro‘yxatdan valyutani aniqlaymiz. “Hisoblash” tugmasi bosilganda natija chiqadi. Agar sanani bilmoqchi bo‘lsak, u holda “Hisoblash sanasi” tugmasini bosamiz.




9. Yaratilgan loyihani xotirada saqlab qolish uchun menyuning File\Save Project As buyrug‘idan foydalanish zarur bo‘ladi va muloqot rejimda barcha savollarga javob berish kerak bo‘ladi.



10. Ishni tugatish uchun File\Exit buyrug‘ini qo‘llaymiz.



Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling