Витаминларнинг кимёвий таснифи ва уларни синтезига таъсир этувчи омиллар. Каротиноидларни сифат ва миқдорини аниқлаш. Витамин К ни хроматографик усулда аниқлаш.
Vitamin C, karotin, katexinlar va flavonollar o'simlik to 'q imalarida doimiy ravishda ro'y berib turadigan oksidlanish va
qaytarilish jarayonida faol qatnashadi. Bujarayon davrida vitaminlar
m a ’lum vaqt ichida oksidlanib va qaytarilib turadi.
Vitam inlar t a ’sirida o'sim liklarning hosildorligi ortadi, yetilishi tezlashadi va ildizi tez rivojlanadi. Ba’zi vitamin (karotinoid)lar
esa fotosintez jarayonida va o'simlik gullarining changlanishida
ishtirok etadi.
Vitaminlar erituvchilarda erishiga qarab ikki guruhga bo'linadi:1
1. Suvda eruvchi vitaminlar — B{, Bv 2?6, PP, II, P, С va U
vitaminlar, pantaten, folat, para-aminobenzoat kislotalar, inozit
va boshqalar.
2. Yog‘larda eruvchi vitaminlar — A, D, E va К vitaminlar.
Odatda vitaminlar biologiya va farmasevtik kimyo fanlari
dasturiga kiradi va shu kurslarda to'Iiq o'rganiladi. Vitamin prep aratlarining t a ’siri bilan farm akologiya kursi sh u g'ullanadi.
Farmakognoziya kursi esa С, P, U va К vitaminlarga hamda
karotinga boy bo'lgan gulli (yuqori) o'simliklarni o'rganadi.
Mahsulot tarkibidagi vitaminlarning miqdori doimo o'zgarib
turib, k o'pincha o'sim liklarning gullash davrida yer ustki
organlarida maksimal miqdorda to'planadi. Mevalarda esa ular
pishib yetilgan vaqtida ko'p yig'iladi. Shuning uchun vitaminli
mahsulotlarni tayyorlash yuqorida aytib o'tilgan vitaminlarga boy
davrida o'tkazilishi kerak.
Ko'pchilik vitaminlarning o'zi turg'un birikma bo'lsa ham
m a ’lum sharoitlarda (yuqori harorat, nam lik, yorug'lik va b o sh
qa o m illar t a ’sirida) oksidlanishi, parchalanishi yoki b o shqa o'zgarishlarga uchrashi mumkin. Natijada vitaminlar o'zining
biologik faolligini yo'qotadi. Vitaminli mahsulotlarning yuqori
sifatliligini saqlab qolish uchun ularni tayyorlashda, quritishda
va saqlashda yuqorida ko'rsatilgan sharoitlarni hisobga olish
zarur.
Vitaminli mahsulotlar havo quruq vaqtida, shudring ko'tarilgandan so'ng yig'ilishi lozim. Yig'ilgan mahsulotni bir yerga to'plab qo'ym asdan, tezda soya joyda yoki quritkichlarda (mevalar ochiq havoda) quritilishi maqsadga muvofiqdir. So'ngra yig'ilgan m ahsulotni vitamin olish yoki galen preparatlari tayyorlash uchun tezda zavodlarga yuboriladi yoki omborlarda va dorixonalarda quruq, salqin, quyosh nuri tushmaydigan
joylarda saqlash mumkin bo'ladigan tegishli idishlarda saqlanishi
lozim.
M A H S U L O T TARKIBIDAGI VITAMIN N1 XROMATOGRAFIK USUL YORDAMIDA ANIQLASH (XI DF BO ‘YICHA)
1 g maydalangan mahsulotni 15 ml hajmli kolbaga solib, ustiga 10 ml geksan quyiladi va 3 soat davomida asta-sekin chayqatiladi.
So'ngra ajratma filtrlanadi va 2—3 ml qolgunicha 45°C da suv
hammomi ustida kam bosimda haydalinadi. Silufol» plastinkasi (13x5 sm kattaligida) ning start chizig‘iga mikropipetka (mikrotomizg‘ich) yordamida ajratmadan 0,1 ml tomizilib, plastinka havoda 3—5 daqiqa davomida quritiladi. Qurigan plastinkani benzol-petroley efir (1:1 nisbatida) aralashmasi quyilgan kameraga joylashtirilib, pastga yo‘naluvchi usul b o ‘yicha xromatografiya tahlili o'tkaziladi. Erituvchi suyuqliklar aralashmasi 10 sm ga.cha shimilib tushgandan so'ng xromatografik plastinka kameradan olinadi, havoda 2—3 daqiqa davomida quritiladi va 2 daqiqa UF (Ultra binafsha) nurida (360 nm uzunlikdagi to'lqinda) ushlanadi. Natijada ajratmadagi vitamin Kt sariq-yashil rangda tovlanuvchi dog' holida ko'rinadi.
Vitamin К, tabiatda keng tarqalgan, asosan o'simliklarning
yashil qismida uchraydi. U qon oqishini to'xtatish (qonni ivitish) t a ’siriga ega. Shuning uchun tarkibida shu vitamin bo'lgan o'simliklardan tayyorlangan dori turlari, asosan, qon oqishini to'xtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi.
MAHSULOT TARKIBIDAGI KAROTINOIDLARNI XROMATOGRAFIK USUL YORDAMIDA ANIQLASH
Oddiy chetanning maydalangan mevasidan 1 g ni 25 ml hajmli
kolbachaga solib, ustiga 5 ml xloroform quyib, 1,5 soat davomida
ajratma tayyorlanadi va filtrlanadi. «Silufol» plastinkasining start
chizig‘iga kapillar yordamida ajratmadan hamda uning yoniga
«guvoh» sifatida p-karotin eritmasidan tomizib, ichiga siklogeksan
— efir (8 0 —20 nisbatida) e rituvchilar aralashmasi quyilgan
kameraga plastinka taxminan 20 daqiqaga qo'yiladi. So'ngra
plastinka havoda quritiladi, unga fosformolibdat kislotasining
spirtdagi 10 foizli eritmasidan purkaladi va 60—80°C da biroz
qizdiriladi. Natijada karotinlarva «guvoh» p-karotin plastinkaning
sariq-yashil fonida ko‘k rangli dog'lar sifatida ko'rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |