Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot


K vitaminiga boy mahsulotlar


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana31.12.2022
Hajmi0.82 Mb.
#1073471
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot — Avitsenna

K vitaminiga boy mahsulotlar
K vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlar –yashil bargli
sabzavotlarning faqat yangi uzilganlari. Muzlatilgan
mahsulotlarda K vitamini o‘lgan bo‘ladi. Bundan tashqari
yogurt, beda, tuxum sarig‘i, soya, baliq moylari tarkibida ko‘p
bo‘ladi. Unga bo‘lgan ehtiyoj, ko‘pincha, ichak florasi orqali
ta’minlanadi.
K vitamini foydasi, u qon quyuqligini normal holatda
saqlaydi.
Avitaminoz K da jigarda protrombinning biosintezi buzilishi
oqibatida qonning ivishi sekinlashadi,ayrim hollarda teri
ostida, mushaklarda qon quyilishi (gemoraggiya ) holati
kuzatiladi.
F vitamini
F vitamini – to‘yinmagan yog‘li kislotalar. Bu iste’molda
ishlatiladigan o‘simlik yog‘lari tarkibidagi kislotalardir.
Vitamin F — o‘zi bilan yog‘li kislotalarni namoyish etadi. Ular
yog‘larning almashinuvida ishtirok etadilar. Terini yangilanib
turishida katta rol o‘ynaydi. Undan asosan teri kasalliklarini
davolashda foydalaniladi.
F vitaminiga boy mahsulotlar
Ko‘pgina kerakli yog‘li kislotalar quyidagi o‘simlik yog‘lar
tarkibida bo‘ladi: zig‘ir, soya, kungaboqar, yong‘oq.
Shuningdek, yong‘oq, yeryong‘oq, pista, 
bodom
 ham F
vitaminiga boy. Ammo bularning hammasi ochiq idishlarda
saqlanishi shart, issiqda F vitamini buzilib ketadi.
F vitaminining foydalari
Teri va sochlarning sog‘lomligini saqlaydi. Bolalarning bo‘yi
o‘sishiga yordam beradi va o‘zini his qilishni yaxshilaydi.


Ichki sekretsiya bezlarining faolligiga samarali ta’sir qiladi,
kalsiyning so‘rilishini yaxshilaydi. Agar semirib ketayotgan
bo‘lsangiz F vitaminiga boy ozuqalarni ko‘proq iste’mol
qiling. Ular to‘yinmagan yog‘larni yo‘qotib, ortiqcha
vanzlardan xalos qiladi.
F vitamini yetishmasa…
To‘yimagan yog‘li kislotalar yetishmasligining boshlang‘ich
belgilari, terida sariq yog‘li tangachalar paydo bo‘lishi,
sochlar qurishi va mo‘rtlashishi. Agar bu vitamin taxchilligi
oshib ketsa, har xil toshmalar toshadi, ich ketishiga moyillik
ortadi. Sutkalik organizm talabi kattalarga 1000 mg atrofida,
bu 20-30 gr o‘simlik yog‘i deganidir.
© O‘quv Davolash Kompleksi tibbiyot kolleji. 
ODK.uz
Maqolani baholashni unutmang, iltimos! 
 
Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling