Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot


Vitamin B6 yoki piridoksin


Download 320.72 Kb.
bet3/11
Sana12.03.2023
Hajmi320.72 Kb.
#1264745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mullajonov Farrux Vitaminlar haqida batafsil ma

Vitamin B6 yoki piridoksin

Foto: Healthyheartdigest.com
Vitamin B6 (piridoksin) organizmda muhim vazifalarni bajaradi. Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. U oqsil va yog‘ning normal hazm bo‘lishini ta’minlab, azot almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamin soch to‘kilganda, terining yallig‘lanishida qabul qilinadi.
Vitamin B6 manbalari
Vitamin B6 tarkibiga ega asosiy mahsulotlar — jigar, fasol, yormalar (grechka, so‘k), bug‘doy uni, drojji. B6 vitaminida bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 1-2 mg.ni tashkil qiladi.
Piridoksin (B6 vitamin)— ko‘pgina o‘simlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bug‘doy murtagi, jigar, baliq, mol go‘shti va dukkakli donda bo‘ladi. Bu vitamin jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va karamda ko‘p bo‘ladi.
B6 vitamini yetishmasa…
Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar o‘smay qoladi, me’da-ichak ishi buziladi, kamqonlik ro‘y beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yallig‘lanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari ta’sirida hosil bo‘ladi.
Vitamin B12 yoki sianokobalamin

Foto: Shop-argo.ru
Vitamin B12 (Sianokobalamin) — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon yaratilishi jarayonida qatnashadi.
Siankobalamin jonivorlar tabiatiga ega mahsulotlarda bo‘ladi. Bular: jigar, go‘sht, baliqning ayrim turlari, pishloq va h. B12 vitamini ichak florasida ham ishlab chiqariladi. B12 vitaminida bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 15-20 mkg.ni tashkil qiladi.


Ushbu maqolani ham o‘qing: Kun bo‘yi kompyuterda ishlaydiganlar uchun amaliy maslahatlar

Organizmga ovqat bilan kiradi, u organizmda yetishmasa, kamqonlik paydo bo‘ladi. Siankobalamin mol jigarida ayniqsa ko‘p.


Vitamin B9 yoki foliy kislotasi
Vitamin B9 — qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Download 320.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling