Vitaminlar tirik mavjudotlar organizmi uchun juda zarur, fiziologik uhamiyatli, fermentlar tizimi tuzilishi uchun muhim. Ularning bo'lmasligi kasalliklarga yoki o’limga olib keladi


Download 152.3 Kb.
bet13/14
Sana18.06.2023
Hajmi152.3 Kb.
#1584590
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
VITAMIN

2.3. E VITAMINI OLISH TEXNOLOGIYASI
E vitaminining qanday foydali tomonlari bor va uni qaysi mahsulotlardan olish mumkin?
E vitamini yoki tokoferol – hujayralarni erkin radikallar tomonidan zararlanishdan himoya qiluvchi antioksidantdir. Zararlanish tabiiy metabolizm, shuningdek sigaret tutuni, ultrabinafsha va boshqa salbiy ekologik omillar ta’siri ostida paydo bo‘ladi.
E vitamini quyidagi ko‘plab vazifalarni bajaradi:

Har bir inson kuniga ma’lum miqdorda tokoferolga muhtoj, bu yoshga va boshqa omillarga bog‘liq:

  • 6 oygacha bo‘lgan bolalar – 4 mg;

  • 7 oydan 12 oygacha – 5 mg;

  • 1 yoshdan 3 yoshgacha – 6 mg;

  • 4 yoshdan 8 yoshgacha – 7 mg;

  • 9 yoshdan 13 yoshgacha – 8 mg;

  • 14—18 yoshdagi o‘smirlar, kattalar, homilador ayollar – 15 mg; emizikli onalar – 19 mg.

Qaysi mahsulotlarda E vitamini mavjud?
Mutaxassislarning fikricha, tabiiy mahsulotlar tokoferolga bo‘lgan ehtiyojni juda yaxshi qondiradi.
Yog‘lar
Har qanday o‘simlik yog‘ida ko‘p miqdorda E vitamini mavjud. Masalan, 100 gramm kungaboqar yog‘i kattalar uchun kunlik ehtiyojning 457 foizini o‘z ichiga oladi; 100 gramm zaytunda – 139 foiz; yeryong‘oq – 100 foiz.
Yong‘oqlar
Ular juda ko‘p yog‘larni o‘z ichiga oladi, shuning uchun E vitamini ham yong‘oqlar tarkibida yetarlicha mavjud.

  • Bodom – 100 g kattalar kundalik ehtiyojining 126 foizini o‘z ichiga oladi.

  • Funduk – 100 foiz.

  • Yong‘oq – 55 foiz.

Urug‘lar
Urug‘lar ham yong‘oq kabi foydali. Agar 100 gramm kungaboqar pistasi iste’mol qilinsa, tokoferolning kunlik ehtiyojning 171 foizini olish mumkin. Shuningdek, qovoq urug‘lari E vitaminining kunlik dozasining 14,5 foizini o‘z ichiga oladi.
Yashil sabzavotlar
Ular sariyog‘ va yong‘oqlardan farqli, ammo 100 gramm ismaloqda tokoferolning kunlik qiymatining 13 foizi, brokkoli esa 9 foizini tashkil qiladi.
Avokado
Avokado ham E vitaminini o‘z ichiga oladi. Agar ushbu mevadan 100 gramm iste’mol qilinsa, kunlik qiymatning 14 foizni olish mumkin.
Qanday sabablarga ko‘ra organizmda E vitamini tanqisligi yuzaga keladi? 
Bu holat juda kam uchraydi, ko‘pchilik oziq-ovqatdan yetarli miqdorda tokoferol oladi. Tanqislik faqat tananing yog‘larni parchalay olmaydigan sharoitlarda paydo bo‘lishi mumkin.
Agar shunga qaramay, odam kerakli miqdordagi tokoferolni olmasa, uning nervlari va mushaklari shikastlanadi, qo‘l va oyoqlarda sezuvchanlik susayadi va tana harakatlari ustidan nazorat yo‘qoladi. Ba’zilarda esa ko‘rish qobiliyati pasayadi. Qolaversa, tanqislikning yana bir belgisi sifatida immunitetning susayishi kuzatiladi.
E vitaminining xavfli tomonlari bo‘lishi mumkinmi?
Mahsulot tarkibidagi tokoferol toksik emas va u mutlaqo zararsiz. Xavf faqat odam kuniga 1000 mg dan ortiq tokoferol iste’mol qilganda paydo bo‘ladi. So‘ngra qonni suyultirish tufayli qon ketish xavfi mavjud. Shuning uchun vitamin qo‘shimchalarni qabul qilishda, albatta, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.


Xulosa
Ushbu kurs ishida vitaminlar, ularning inson hayotidagi ahamiyati, vitamin manbalari, ularni qaysi mahsulotlardan o’zlashtirish mumkinligi haqida yoritildi. Tabiatda vitaminlar manbai bo`lgan o‘simlik va mikroorganizmlardir. Hozirda Bk menaxinonlar va B12 kobalaminlar asosan mikroorganizmlardan sintezlanib olinayapti. Mikrobiologik yo‘1 bilan ergosterin va B12 vitamin olinsa, vitamin C olishda soritni sorbozaga oksidlashda mikroorganizmlar ishlatiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishda karotinoidlar va B2 vitamin, vitamin konsentratlarini olishda qo'llaniladi. Karotinoidlar kimyoviy sintez yordamida va tabiat manbai hisoblangan — o'simlik va mikroorganizmlardan turli hil yo'l bilan ajratib olinamoqda. Kimyoviy yo'l bilan 3- karotin, A vitamin va boshqa karotinoidlar olinadi. Kimyoviy yo'l bilan p- karotinoidlar olishning oddiy manbasi bo'lib, sabzi, qovoq, o't, na’matak, oblepixa va boshqa ko'katlar xizmat qiladi. Shu maqsadda keng ko'lamda mog'or zamburug'i va drojjilar ishlatiladi.



Download 152.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling