Vizual-didaktik resurslar o`quv topshiriqlar
Download 88.74 Kb.
|
VIZUAL DIDAKTIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash mezonlari va ko`rsatkichlari
- 1 – topshiriq 2 – topshiriq 3 – topshiriq 4 – topshiriq
- Zigzag texnikasi
- Kichik guruhlarda ishlash” metodi
- KUBIK” USULI
- BOSHQOTIRMA” USULI
VIZUAL-DIDAKTIK RESURSLAR O`quv topshiriqlar 1 – ilova Guruh bilan ishlash qoidalari Guruh a`zolarining har biri o`z sheriklarinig fikrlarini hurmat qilishlari lozim; Berilgan topshiriqlar bo`yicha faol, hamkorlikda va mas`uliyat bilan ishlashlari lozim; O`zlariga yordam kerak bo`lganda so`rashlari mumkin; Yordam so`raganlarga ko`mak berishlari lozim; Guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari mumkin; “Biz bir kemadamiz, birga cho`kamiz yoki qutilamiz” qoidasini yaxshi bilishlari lozim. 2 – ilova 1. Kasb kasalliklariga nimalar kiradi.? 2. Ishlab chiqarishdagi kasb kasaliklarini sanab o`ting? Mavzuga oid test savollari tuzing 3 – ilova Baholash mezonlari va ko`rsatkichlari
Zigzag texnikasi O`zaro o`qitish yagona tamoyilga asoslangandir: o`quv guruhi kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh a`zosi o`rganilayotgan mavzuning ma`lum sohasi bo`yicha ekspert bo`ladi va boshqalarga o`rgatadi. Har bir guruhning asosiy maqsadi: har bir talaba mavzuni to`liq o`zlashtirishi kerak. AQLIY HUJUM O`z-o`zidan ma`lumki, o`quvchilar aqliga hujum qilinib, ulardan axborot top`lanadi.Dars jarayonida “aqliy hujum”dan maqsadli foydalanish, ijodiy , nostandart tafakkurlashni ri- vojlantirish garovi hisoblanadi. Dastlab guruh yig`iladi va ular oldiga muammo qo`yiladi.Bu muammo yechimi to`g`risida barcha ishtirokchilar o`z fikrlarini bildiradi.Bu bosqichda hech kimning o`zga o`quvchi g`oyalariga “hujum” qilishi yoki baholashiga haqqi yo`q.Demak, “aqliy hujum” yo`li bilan qisqa daqiqalarda o`nlab g`oyalarni yuzaga chiqarish imkoni bo`ladi.Bu metod shartlaridan biri hech qanday tashqi ta`sirsiz o`quvchilarning har biri faol ishtirokchi bo`lishi kerak.Bu metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi.Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko`ra eng yaxshi takliflar gebneratsiyalanadi va muammo yechish uchun zarurlari tanlanadi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi “Kichik guruhlarda ishlash” metodi o`quvchilarning darsda faolligini ta`minlaydi, har biri munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan sinfga o`rganishga imkon tug`iladi, boshqalar fikrini qadrlashga o`rgatadi.Qo`llanish usuli: 1.Faoliyat yo`nalishi aniqlanadi, muammodan bir-biriga bog`liq bo`lgan masalalar belgilanadi. 2.Zaruriy asos yaratiladi, o`quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo`lishi lozim. 3.Guquhlar belgilanadi. 4.Aniq ko`rsatma beriladi. 5.Qo`llab-quvvatlab yo`naltirib turiladi. 5.Muhokama qilinadi va baholanadi. “KUBIK” USULI Har tomonlama fikrlash, tasavvur qilish , ko`rsatish , faollikni oshirishga qulay bo`lganligi bilan ham jaralib turuvchi usul.Bu usuldan foydalanishni 2 xil usulda qo`llash mumkin. 1-usul.Qog`ozdan kubik yasab olti tomoniga savollar yozib qo`yiladi, tashlangan kubik qaysi tomonga tushsa, o`sha savolga javob beradi.Bu usulni o`tkazishdan oldin barcha savollar vatman qog`ozga yozib qo`yiladi. Bir nechta kubik (2-3ta) ishlatish ham mumkin. 2-usul.Qog`ozdankubikyasab, tomonlariga :Bunitasvirlang! Buni taqqoslang!Buni o`zaro bog`lang!Buni tahlil qiling! Buni qo`llang! Buni salbiy va ijobiy tomonlarini dalillar bilan isbotlang! Savollari yozib qo`yiladi.Mavzu e`lon qilinadi va har bir o`quvchi savollarga javob yozadi. “BOSHQOTIRMA” USULI Bu usulda krossvord, chaynvord, rebus va hokazo boshqotirmalardan foydalaniladi.Yangi mavzuni o`tishda o`quvchilar bilimini sinashda bu usul qiziqarliligi, tafakkur va xotirani o`stirishi bilan ajralib turadi. Bu usulni qo`llashda o`qituvchidan ko`p mehnat, ijodkorlik talab etsada, samara yuqori bo`lishi bilan va qiziqarliligi bilan boshqa usullardan farq qiladi. Download 88.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling