Vobkent tumani iib jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bо‘linmasi profilaktika katta inspektori kapitan Bozorov Ramiz Razoqovichning xizmat faoliyati bo‘yicha hisoboti


Download 15.78 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi15.78 Kb.
#1240135
Bog'liq
bnmb


Vobkent tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bо‘linmasi profilaktika katta inspektori kapitan Bozorov Ramiz Razoqovichning xizmat faoliyati bo‘yicha
HISOBOTI
Kapitan Bozorov Ramiz Razoqovich ichki ishlar organlaridagi amaliy xizmat faoliyatini 2013-yilning aprel oyida О‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kursi tinglovchiligidan boshlagan. Keyinchalik, xizmat faoliyatini Buxoro viloyati IIB va uning quyi tizimlarida bir nechta lavozimlarda xizmat olib borib, о‘zining amaliy ish tajribasini orttirgan.
2022-yilning iyul oyida Buxoro viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bо‘linmasi profilaktika inspektori lavozimiga tayinlangan va hozirgi kunga qadar ushbu lavozimda samarali xizmat qilib kelmoqda.
Kapitan R.R.Bozorov о‘zining xizmat yuzasidan biriktirilgan ma’muriy hududda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, bundan tashqari jismoniy va yuridik shaxslarning mol mulklarini jinoiy tajovuslardan himoya qilish borasida 2022 yilning iyul oyidan hozirgi kunga qadar “Denov” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatlar sodir etilishiga yо‘l qо‘yilmagan, bundan tashqari jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bо‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi muqaddam sudlangan 25 nafar shaxslar bilan profilaktik suxbatlar olib borilib, ularning rо‘yxatlari shakllantirildi. О‘tgan davr mobaynida kapitan R.R.Bozorov vakVobkent doirasidagi huquqbuzarliklarni aniqlab 75 nafar fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirgan.
R.R.Bozorov fuqarolardan kelib tushgan murojaatlari belgilangan muddatda qonuniy hal qilinib, Vobkent tumani jinoiy ishlar bо‘yicha sudi tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora kо‘rilishini ta’minlab kelmoqda. Vobkent tumani “Denov” MFYda uzoq muddatdan kelgan va ketgan shaxslar bilan sо‘rov suxbat ishlarini amalga oshirib, ular tomonidan biron bir turdagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olib bо‘yicha tegishli profilaktik ishlarni kо‘chaytirib kelmoqdi.
О‘tgan davr mobaynida mahalla hududi bо‘yicha spirtli ichimlikka ruju qо‘ygan 5 nafar fuqarolarni oila a’zolarining murojaati asosida Buxoro viloyati Narkalogiya dispanseriga joylashtirib, 2 nafar janjalkash oilalar bilan doimiy ravishdla profilaktik suhbat va tushuntirish ishlarini jadallashtirib kelib, ular tomonidan biron bir turdagi jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yо‘l qо‘ymasdan kelmoqda.
Mahalla hududida yashovchi fuqarolar tomonidan sodir etgan huquqbuzarligi va jinoyati yuzasidan profilaktik hisobga olingan 25 nafar shaxslar va Vobkent tumani IIB Probatsiya rо‘yxatida turuvchi 2 nafar ozodlikni cheklash va 1 nafar axloq tuzatish ishlariga xukm qilangan maxkumlar bilan profilaktik ishlarni olib borib, sud tomonidan qо‘yilgan cheklovlarga maxkumlarning rioya qilinlari о‘rganilib, ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishiga yо‘l qо‘ymasdan kelmoqdi.

Doimiy ravishda kapitan R.R.Bozorov mahalla hududi bо‘yicha ishtimoiy siyosiy vaziyatni о‘rganish bо‘yicha fuqarolar bilan sо‘rov suxbat ishlarini olib borib, aniqlangan har bir holat bо‘yicha tuman IIB rahbaryatiga о‘z vaqtida axborot berishi yо‘lgan qо‘yilgan.


Shuningdek, R.R.Bozorov, xizmat xonasini toza va ozoda saqlagan holda mavjud bо‘lgan xujjatlarni belgilangan tartibda yuritib, tuman hududi bо‘yicha jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda о‘zining munosib xissasini qо‘shib kelmoqda.
О‘zbekiston Repsublikasi IIVningn tegishli buyruq talablari asosida tuman IIBda о‘tkazilib kelinayotgan о‘quv mashg‘ulotlariga doimiy ravishda qatnashib, о‘quv mashg‘uloti mavzularini о‘rnatilgan tartibda ochilgan daftarlarga qayd qilib kelmoqda.
Kapitan R.R.Bozorov xizmat vazifalariga vijdonan yondashgan holda jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlarining bilim saviyasini va kasbiy mahoratini oshirish, xodimlarni o‘qitish va o‘z ustida ishlashi, jinoyatchilik va unga qarshi kurashishda o‘z ham kasblari orasida obro‘-e’tiborga ega, xizmat intizomi va qonunchilik talablariga so‘ssiz rioya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi PQ-10-sonli qarorini o‘qib o‘rganib, qaror talablari asosida xizmat faoliyatini olib bormoqda.
Kapitan Bozorov Ramiz Razoqovich tanqidni to‘g‘ri qabul qilib, undan tegishli xulosa chiqara oladigan, vazirlik rahbariyati va men tomonimdan xizmat yuzasidan berilgan ko‘rsatma va topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarib, mas’uliyatni, javobgarlikni his qiladigan, talabchan intizomli xodim.
Vobkent tumani IIB boshlig‘i
podpolkovnik O’.Y.Soyibov
“ ” fevral 2023-yil
Download 15.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling