Vodiy-ziyo


SIKLOALKAN BO’YICHA IKKINCHI DARAJALI TESTLAR


Download 117.95 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi117.95 Kb.
#1579225
1   2   3   4
Bog'liq
2-sikloalkan

SIKLOALKAN BO’YICHA IKKINCHI DARAJALI TESTLAR.

1. CnH2n-1Cl tarkibida 33,97 % xlor bo`lsa, n – qiymatini toping.


A) 6 B) 5 C) 4 D) 3

2. Siklobutan bromlanganda vodorod atomining massa ulushi qanday o`zgaradi.


A) 0,26 marta ortadi B) 2,75 marta kamayadi
C) 9,1 % ga kamayadi D) 10,6 marta kamayadi

3. Sikloparafinlar xlor bilan reaksiyaga kirishganda ikki xil maxsulot CnH2nCl2 yoki CnH2n-1Cl xosil bo’ladi. n qiymati qanday bo’lganda birinchi maxsulot xosil bo’ladi?


1) 3 2) 4 3) 5 4) 6
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1 va 2

4. Izomerlari bo’lmagan alken va sikloalkan aralashmasi yondirilishi natijasida 40 l karbonat angidrid hosil bo’lsa, sarflangan havo hajmini aniqlang. (l) A) 60 B) 40 C) 90 D) 300 .


5. To’yinmagan uglevodorodga xlorning uglerod tetraxloriddagi eritmasi ta’sir ettirilganda 22,95 g dixlorid hosil bo’ldi. Xuddi shunday miqdordagi uglevodorodga kaliy permanganatning suvli eritmasi qo’shilganda 17,4 g ikki atomli spirt hosil bo’ldi. Ushbu uglevodoroddagi orbitallar sonini aniqlang. A) 32 B) 34. C) 36 D) 38


6. Siklobutan va ozon-kislorod aralashmasi to’liq reaksiyaga kirishishi uchun ular 1:5 nisbatda olindi. Ozon-kislorod aralashmasining o’rtacha molyar massasini toping. A) 36,8 B) 38,4 . C) 39,6 D) 40,0


7. Neftning faqat alkan va sikloalkanlardan iborat qismida uglerod massa ulushi vodorod massa ulushidan 5,7 marta ko’p bo’lsa, undagi alkanning mol ulushini (%) aniqlang. Uglevodorodlar tarkibidagi uglerodning o’rtacha soni 12 ta. A) 50 B) 63 . C) 72 D) 78


8. Siklobutan va siklogeksan xlorlanganda hosil bo’lgan moddalarning massalari nisbatini aniqlang. A) 1:1,07 . B) 1:1,12 C) 1:1,45 D) 1:1,78


9. Dimetilatsetilen va siklobutendan iborat 5 l (n.sh) aralashma va mo’l miqdorda olingan kislorod portlatilgandan so’ng hosil bo’lgan suv bug’i kondensatsiyalandi. Qolgan gazlar aralashmasi 30 l (n.sh) ni tashkil qildi. Reaksiya uchun olingan kislorodning hajmini aniqlang.


A) 37,5 . B) 27,5 C) 42,5 D) 10

10. Amilen va siklopentendan iborat 6 l (n.sh) aralashma va mo’l miqdorda olingan kislorod portlatilgandan so’ng hosil bo’lgan suv bug’i kondensatsiyalandi. Qolgan gazlar aralashmasi 35 l (n.sh) ni tashkil qildi. Reaksiya uchun olingan kislorodning hajmini aniqlang. A) 45 B) 50 . C) 35 D) 55


11. 6 ml sikloalkan va 60 ml kislorod aralashmasi reaksiyaga kirishdi va suv bug’lari kondensatlanganda gazlar hajmi 48 ml ga teng bo’ldi. Sikloalkanni aniqlang.


A) C4H8 B) C6H12 C) C5H10 D) C3H6

12. Siklan molekulasida 7 ta birlamchi va 3 ta to’rtlamchi uglerod atomlari bo’lsa, ushbu molekuladagi uchlamchi uglerod atomlari nechta ? A) 3 B) 2 C) 4 D) 1 .


13. C9H18Br2 formulaga mos keladigan nechta moddadan Gustavson usulida 1-metil-2-etilsiklogeksan olish mumkin ? A) 4 B) 7 C) 6 . D) 5


14. Butan, buten, butin, butadiyen, siklobutandan iborat gazlar aralashmasi yondirilganda 57,6 g suv hosil bo’ldi. O’shancha miqdordagi gazlar aralashmasi bromli suvdan o’tkazilganda to’rt xil mahsulot hosil bo’ldi. Ushbu mahsulotdagi 1,2-dibrombutanning 1,4-dibrombutanga mol nisbati 2,1 ga teng. Butindan hosil bo’lgan bromli mahsulotning massasi dibromli mahsulotlarning umumiy massasidan 1,731 marta og’ir. Mahsulot tarkibidagi tetrabromalkanlarning massasi dibromalkan-larnikidan 2,886 marta og’ir. Dastlabki gazlar aralashmasi kumush oksidning ammiakdagi eritmasi orqali o’tkazilganda 48,3 g portlovchi modda hosil bo’lgan bo’lsa, dastlabki aralashmadagi butanning massasi necha gramm ? A) 5,8 . B) 11,6 C) 17,4 D) 23,2


15. Butan, buten, butin, butadiyen, siklobutandan iborat gazlar aralashmasi yondirilganda 81 g suv hosil bo’ldi. O’shancha miqdordagi gazlar aralashmasi bromli suvdan o’tkazilganda to’rt xil mahsulot hosil bo’ldi. Ushbu mahsulotdagi 1,2-dibrombutanning 1,4-dibrombutanga mol nisbati 0,25 ga teng. Butindan hosil bo’lgan bromli mahsulotning massasi dibromli mahsulotlarning umumiy massasidan 1,0389 marta og’ir. Mahsulot tarkibidagi tetrabromalkanlarning massasi dibromalkanlarnikidan 1,731 marta og’ir. Dastlabki gazlar aralashmasi kumush oksidning ammiakdagi eritmasi orqali o’tkazilganda 48,3 g portlovchi modda hosil bo’lgan bo’lsa, dastlabki aralashmadagi butanning massasi necha gramm ? A) 5,8 B) 11,6 . C) 17,4 D) 23,2


16. Butan, buten, butin, butadiyen, siklobutandan iborat gazlar aralashmasi yondirilganda 46,8 g suv hosil bo’ldi. O’shancha miqdordagi gazlar aralashmasi bromli suvdan o’tkazilganda to’rt xil mahsulot hosil bo’ldi. Ushbu mahsulotdagi 1,2-dibrombutanning 1,4-dibrombutanga mol nisbati 0,5 ga teng. Butindan hosil bo’lgan bromli mahsulotning massasi dibromli mahsulotlarning umumiy massasidan 1,154 marta og’ir. Mahsulot tarkibidagi tetrabromalkanlarning massasi dibromalkanlarnikidan 1,731 marta og’ir. Dastlabki gazlar aralashmasi kumush oksidning ammiakdagi eritmasi orqali o’tkazilganda 32,2 g portlovchi modda hosil bo’lgan bo’lsa, dastlabki aralashmadagi butanning massasi necha gramm ? A) 5,8 . B) 11,6 C) 17,4 D) 23,2


17. Butan, buten, butin, butadiyen, siklobutandan iborat gazlar aralashmasi yondirilganda 57,6 g suv hosil bo’ldi. O’shancha miqdordagi gazlar aralashmasi bromli suvdan o’tkazilganda to’rt xil mahsulot hosil bo’ldi. Ushbu mahsulotdagi 1,2-dibrombutanning 1,4-dibrombutanga mol nisbati 2 ga teng. Butindan hosil bo’lgan bromli mahsulotning massasi dibromli mahsulotlarning umumiy massasidan 1,731 marta og’ir. Mahsulot tarkibidagi tetrabromalkanlarning massasi dibromalkanlarnikidan 2,886 marta og’ir. Dastlabki gazlar aralashmasi kumush oksidning ammiakdagi eritmasi orqali o’tkazilganda 48,3 g portlovchi modda hosil bo’lgan bo’lsa, dastlabki aralashmadagi butanning massasi necha gramm ? A) 5,8 . B) 11,6 C) 17,4 D) 23,2


18. Propen, propin, propadiyen, siklopropandan iborat 31,36 l aralashma yondirilganda 59,4 g suv hosil bo’ldi. Shuncha miqdor aralashma bromli suv orqali o’tkazilganda 368 g bromni o’ziga biriktirgan. Shulardan 1, 2-dibrompropan va 1, 2, 2, 3-tetra- brompropanlarning massa yig’indisi 220,4 g ga teng bo’lgan. Dastlabki aralashma kumush oksidning ammiakdagi eritmasi orqali o’tkazilganda 58,8 g portlovchi modda hosil bo’ldi. Dastlabki aralashmadagi alitsiklik birikmaning hajmiy ulushini (%) aniqlang. A) 14,3 B) 28,6 C) 35,7 D) 21,4


19. Propen, propin, propadiyen, siklopropandan iborat 26,88 l aralashma yondirilganda 52,2 g suv hosil bo’ldi. Shuncha miqdor aralashma bromli suv orqali o’tkazilganda 304 g bromni o’ziga biriktirgan. Shulardan 1, 2-dibrompropan va 1, 2, 2, 3-tetra- brompropanlarning massa yig’indisi 168,6 g ga teng bo’lgan. Dastlabki aralashma kumush oksidning ammiakdagi eritmasi orqali o’tkazilganda 58,8 g portlovchi modda hosil bo’ldi. Dastlabki aralashmadagi alitsiklik birikmaning hajmiy ulushini (%) aniqlang. A) 14,3 B) 25 C) 33,33 D) 16,67


20. Propen, propin, propadiyen, siklopropandan iborat 22,4 l aralashma yondirilganda 43,2 g suv hosil bo’ldi. Shuncha miqdor aralashma bromli suv orqali o’tkazilganda 256 g bromni o’ziga biriktirgan. Shulardan 1, 2-dibrompropan va 1, 2, 2, 3-tetra- brompropanlarning massa yig’indisi 164,2 g ga teng bo’lgan. Dastlabki aralashma kumush oksidning ammiakdagi eritmasi orqali o’tkazilganda 29,4 g portlovchi modda hosil bo’ldi. Dastlabki aralashmadagi alitsiklik birikmaning hajmiy ulushini (%) aniqlang. A) 10 B) 20 C) 40 D) 30


21. Butan, buten-1, buten-2, butin-1, butin-2, 2-metilpropen, siklobutan, metilsiklopropandan iborat 50 g aralashma yondirilganda 80,64 l karbonat angidrid hosil bo’lgan bo’lsa, hosil bo’lgan suv massasini aniqlang. A) 61,2 . B) 54,4 C) 55,8 D) 63,2

22. Stexiometrik nisbatda olingan C7Hx va kisloroddan iborat 55 ml aralashma portlatilgandan keyin hajm 65 ml bo’lib qoldi. “X” qiymatini aniqlang. A) 10 B) 12 . C) 14 D) 16


23. Stexiometrik nisbatda olingan C6Hx va kisloroddan iborat 50 ml aralashma portlatilgandan keyin hajm 60 ml bo’lib qoldi. “X” qiymatini aniqlang. A) 10 B) 12 . C) 14 D) 16


24. Stexiometrik nisbatda olingan CXH8 tarkibli uglevodorod va kisloroddan iborat 28 ml aralashma portlatilgandan keyin 32 ml bo’lib qoldi. “X” qiymatini aniqlang.


A) 3 B) 4 . C) 5 D) 6

25. Siklogeksan oksidlanish jarayonida avval siklogeksanol (80 % unum), keyin siklogeksanon (90 % unum), keyin esa adipin kislota (75 % unum) hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan mahsulot massasi dastlabki mahsulot massasidan 25,8 g ga kam bo’ldi. Hosil bo’lgan siklogeksanon massasini aniqlang. A) 490 B) 392 C) 352,8 D) 264,6


26. Kversit tarkibidagi orbitallarning nechtasi bog’ hosil qilishda ishtirok etishini aniqlang.


A) 56 B) 44 C) 32 D) 46

27. 43,2 g 1,4-dibrombutanga rux ta’sir ettirilib olingan moddaning oksidlanishidan 17369,6 mg organik kislota hosil bo’ldi. Bunda birinchi reaksiya unumi ikkinchisinikidan 1,15 marta yuqoriligi ma’lum bo’lsa, ikkinchi bosqich unumini aniqlang. A) 94,3 B) 82 C) 92 D) 80


28. Sikloalkan yondirilganda 20 ml (n.sh) suv bug’i hosil bo’ldi. Sarflangan kislorod hajmini aniqlang. A) 20 B) 28 C) 30 D) 10


29. C7H14Br2 formulaga mos keladigan nechta moddadan Gustavson usulida 1-metil-3-etilsiklobutan olish mumkin ?


A) 1 B) 2 . C) 3 D) 4

30. C6H12Br2 formulaga mos keladigan nechta moddadan Gustavson usulida 1, 2-dimetil siklobutan (a) va nechtasidan 1, 3-dimetilsiklobutan (b) olish mumkin ? A) a-1; b-1 B) a-3; b-2 C) a-3; b-1 D) a-1; b-3


31. C7H14Br2 formulaga mos keladigan nechta moddadan Gustavson usulida 1, 2-dimetil siklopentan (a), nechtasidan 1, 3-dimetilsiklopentan (b) va nechtasidan etilsiklopentan (c) olish mumkin ?


A) a-3; b-3; c-2 B) a-3; b-2; c-2 C) a-3; b-3; c-3 D) a-1; b-3; c-2

32. Massasi 5,6 g bo’lgan ikkita o’zaro izomer uglevodorodning havoga nisbatan zichligi 2,414. Ushbu aralashma 63,2 g 5 % li kaliy permanganatning sovuq suvli eritmasini to’liq rangsizlantiradi. Boshlang’ich aralashmadagi moddalarning massa ulushlarini aniqlang. A) 0,3; 0,7 B) 0,4; 0,6 C) 0,375; 0,625 D) 0,425; 0,575


33. Massasi 5,6 g bo’lgan ikkita o’zaro izomer uglevodorodning havoga nisbatan zichligi 1,931. Ushbu aralashma 79 g 4 % li kaliy permanganatning sovuq suvli eritmasini to’liq rangsizlantiradi. Boshlang’ich aralashmadagi moddalarning massa ulushlarini aniqlang.
A) 0,3; 0,7 B) 0,4; 0,6 C) 0,375; 0,625 D) 0,425; 0,575

34. C8H16Br2 formulaga mos keladigan nechta moddadan Gustavson usulida 1-metil-3-etilsiklopentan olish mumkin ? A) 4 B) 7 C) 6 D) 5


35. Sikloalkanning 10 ml hajmi yetarli miqdorda kislorod ishtirokida yondirilganda hosil bo’lgan aralashma normal sharoitga keltirildi. Bunda hajm 30 ml ga kamaydi. Sikloalkanni aniqlang. A) C3H6 B) C4H8 C) C5H10 D) C6H12


36. Stexiometrik nisbatda olingan sikloalkan va kisloroddan iborat aralashmaning 32˚C dagi zichligi 1,415 g/l ga teng bo’lsa, sikloalkanni aniqlang. A) C5H10 B) C2H4 . C) C3H6 D) C4H8


37. Siklobutan va siklopentan aralashmasi bromlanganda atomlar soni 9,524 % ga ortdi. Xuddi shunday tarkibli aralashma xlorlanganda uning massasi necha % ga ortadi.


A) 93,57 B) 96 C) 94,5 D) 74,82

38. Noma’lum sikloalkan oksidlanganda tarkibida 48,5 % kislorod saqlovchi organik birikma olindi. Noma’lum sikloalkan tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajalari yig’indisini toping.


A) –8 B) –6 C) –10 D) –4

39. 0,2 mol A sikloalkan oksidlandi. Hosil bo’lgan mahsulotning kalsiyli tuzi avval piroliz qilindi, so’ng vodorod yordamida qaytarilib B sikloalkan olindi. Sarflangan A va hosil bo’lgan B mahsulotlarning massa farqini toping.


A) 1,7 B) 3,6 C) 2,1 D) 2,8

40. C6H12 molekulyar formulaga uch burchakli va to’rt burchakli nechta sikloalkan to`g`ri kelishini aniqlang.


A) 7 B) 6 C) 5 D) 9
41. Glutar kislotaning kalsiyli tuzini piroliz qilib sikloalkan olinish reaksiyasida 15 gr cho’kma tushgan bo’lsa, oraliq mahsulot siklik ketonning massasini gr toping. (reaksiya unumi 90%)
A)8,4 B)10,5 C)9,45 D)7,56

42. 25% li siklogeksan xlorlanganda ajralib chiqqan gazsimon mahsulotni neytrallash uchun 84 g 30% li KOH eritmasi sarflandi. Reaksiyada qatnashgan siklogeksan eritmasini massasini toping.


A)37,8 B)151,2 C)150,3 D)154,8

43. Qaysi moddaning rux bilan reaksiyasida izopropilsiklopropan xosil bo’ladi?


A) 1,3-dibrom-4-metilpentan
B) 1,3-dibromgeksan
C) 1,3-dibrom-2-metilpentan
D) 1,3-dibrom-3-metilpentan

44. Sikloalkan va kislorod aralashmasi portlatilgandan so’ng, suv bug’lari kondensatlangandan keyin gazlarning hajmi dastlabki aralashmaga nisbatan 1,833 marta kamaygan bo’lsa, nomalum sikloalkanning formulasini toping.


A)C4H8 B)C5H10 C)C3H6 D)C6H12

45. Hajmi 2,1 litr bo’lgan idishdagi siklopropan va kislorod aralashmasi portlatildi. Rеaksiya tugagandan kеyin, suv bug’lari kondеnsatlandi, maxsulot xajmi 1,2 litr gacha kamaydi (xajmlar bir xil sharoitda o’lchangan). Boshlang’ich aralashmadagi siklopropanning xajmiy ulushini xisoblang.


A) 17,143 B) 28,75 C) 23.4 D) 14.3

46. 5,6 litr siklobutan yonganda hosil bo’lgan maxsulot 560 gr 12,5% li KOH eritmasi orqali o’tkazilganda necha gr qanday tuz hosil bo’ladi.


A)34,5 gr K2CO3;100 gr KHCO3
B)172,5 gr K2CO3
C)34,5 gr K2CO3;75 gr KHCO3
D)69 gr K2CO3

47. Geksaxlorsiklogeksan tarkibidagi bog’ hosil qilishda qatnashmagan elektron juftlar soni bog’larni hosil qilishda qatnashgan orbitallar sonidan nechtaga farq qiladi?


A) 12 B) 6 C) 18 D) 0

48. Kversit tarkibidagi proton va neytronlar nisbatini toping?


A) 28 : 27 B) 27 : 28 C) 8 : 7 D) 7 : 8

49. Qaysi qatorda siklogeksan izomerlari keltirilgan?


A) 2-metilpenten-l, pentin-l; pentadiyen-1,3
B) etilsiklobutan; metilsiklopentan.; 2,3-dimetilbuten-2
C) geksin-1; metilsiklopenten; 2-metilpentadiyen-1,4
D) siklogeksan; siklobutan; siklogeksen

50. 10 1itr (n.sh) siklobutan mol miqdorda olingan kislorodda portlatilgandan so'ng hosil bo'lgan suv bug'i kondensatsiyalandi. Qolgan gazlar aralashmasi 80 1itr (n.sh.)ni tashkil etsa, reaksiya uchun olingan kislorodning hajmini (1, n.sh.) toping.


A) 100 B) 60 C) 40 D) 45

51. 49 g mеtilsiklogеksan katalitik dеgidrogеnlanganda normal sharoitda nеcha litr vodorod ajralib chiqadi? Shu rеaksiya unumi 75 % bo’lganda qancha vodorod olish mumkin?


A) 33.6 va 25.2 B) 67.2 va 50.4
C) 22.4 va 16.8 D) 50.4 va 37.8

52. Ikki asosli karbon kislotaning kalsiyli tuzini piropiz qilib olingan siklik ketonni qaytarib sikloakan olindi. Hosil bo’lgan sikloalkan tarkibidagi umumiy atomlar soni dastlabki tuz tarkibidagi vodorod atomlari sonidan 2,25 marta katta bo’lsa, siklo alkanni aniqlang.


A)siklopropan B)siklobutan C)siklopentan D)siklogeksan

53. Siklobutan olish uchun Zn o’rniga litiy amalgamasi ishlatildi. Agar reaksiya natijasida Avogadro sonidan 20 marta ko’p sonda H atomi bo’lgan siklobutan olingan bo’lsa, (reaksiya unumi 80%) hosil bo’lgan LiBr va reaksiya uchun olingan amalgama massasini aniqlang?


A) 453;1400 B) 435; 1300
C) 254; 1200 D) 550;1352
54. Hajmi 10 ml bo’lgan C4HX tarkibli uglevodorodning mo’l miqdorda kislorod bilan 110˚C va 101,325 kPa bosimda qizdirilishidan so’ng hosil bo’lgan aralashma hajmi 5 ml ga ortdi. Ushbu masala shartini qoniqtiradigan uglevodorodlar berilgan qatorni aniqlang. 1) butan; 2) buten-1; 3) buten-2; 4) butadiyen-1,3 5) siklobutan; 6) butin-2 A) 1 B) 2, 3, 5 C) 4 D) 4, 6.

55. Britaniya ensiklopediyasining 1878-yilda chiqqan 9-nashridagi “Kimyo” maqolasida Armstrong Mendeleyevning uranning nisbiy atom massasini Berselius keltirgan 120 o’rniga 240 deya belgilaganligini, muallifning o’zi esa bu qiymatning 180 ekanligiga ko’proq ishonchi komilligini yozgan. Mendeleyev haq bo’lib, uranning muhim minerallaridan biri bo’lgan uranitning formulasi U3O8 bo’lgan. Shu uranit uchun Berselius va Armstronglar qanday formulalarni taklif etishgan? A) U2O5 va U2O3 B) UO2 va U2O3 C) U2O3 va UO2 D) U2O5 va UO2


56. Bir xil sifat tarkibiga ega bo’lgan uch xil uglevodorod-A, B va C uglevodorod bor. Bir mol A uglevodorodni yoqish uchun ketadigan kislorod hajmi bir moldan olingan B va C uglevodorodlarni yoqish uchun ketadigan kislorod hajmiga teng. B va C uglevodorodlar o’zaro izomer va ikkalasining ham boshqa izomerlari yo’q. A uglevodorodning bromlanishidan bir xil monobromli hosila hosil bo’ladi. A, B va C uglevodorodlarni aniqlang. A) A-geksen-2; B-siklopropan; C-propen B) A-siklogeksan; B-etilen; C-buten-2 C) A-siklogeksan; B-propen; C-siklopropan . D) A-geksen-1; B-propen; C-siklopropan


57. To’yinmagan uglevodorodga mo’l miqdordagi xlorning uglerod tetraxloriddagi eritmasi ta’sir ettirilganda 5,01 g dixlorid hosil bo’ldi. Xuddi shunday uglevodorodga kaliy permanganatning suvli eritmasi ta’sir ettirilganda 3,9 g ikki atomli spirt hosil bo’ldi. Ushbu uglevodorodning 0,2 molidagi uglerod massasini aniqlang.


A) 16,8 B) 14,4 C) 12,0 D) 19,6



Download 117.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling