Vodiy-ziyo


ALKENLAR BO’YICHA UNIVERSAL DARAJALI TESTLAR


Download 117.95 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi117.95 Kb.
#1579225
1   2   3   4
Bog'liq
2-sikloalkan

ALKENLAR BO’YICHA UNIVERSAL DARAJALI TESTLAR.
1. Alkenlarda qo'shbog'ga sifat reaksiyasi o'tkazishda qaysi reagentdan foydalaniladi?
A) Br2 (suv) B) H2O C) CuCl ·NH3 D) Cl2(hν)

2. Propen va vodorod bromid ta’sirlashishiga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsating. 1) V.V.Markovnikov qoidasi bo’yicha boradi; 2) 2-brompropan hosil bo’ladi; 3) o’rin olish reaksiyasi boradi; 4) π-bog’ uzilishi sodir bo’lmaydi; 5) ion mexanizmi bo’yicha boradi; 6) 2, 2-dibrompropan hosil bo’ladi A) 1, 2, 5 . B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 5


3. Necha xil tarmoqlangan zanjirli bir atomli to’yingan spirtdan bitta molekulasida 30 ta orbital tutuvchi alken olish mumkin ? A) 3 B) 4 . C) 5 D) 6


4. Necha xil bir atomli to’yingan spirtdan bitta molekulasida 24 ta orbital tutuvchi alken olish mumkin ?


A) 3 B) 4 . C) 5 D) 6

5. Seyze tuzini hosil qilishda qaysi alken ishlatiladi?


A) etilen B)buten C)propilen D)penten

6. Alkenlarning “olefin”lar nomini olishiga qaysi modda sabab bo’lgan ? A) C2H4 B) C3H6 C) C2H4Cl2 D) C2H5Cl


7. Alkenlarni galogenlash jarayoni qaysi reaksiya turiga mansub?


A) radikal birikish B) elektrofil birikish
C) nukleofil birikish D) radikal o’rin olish

8. Alkendagi –C=C- ning energiyasi 146 kkal/mol gaa teng. Agar qo’sh bog’dagi oddiy σ-bog’ning energiyasi, π-bog’ning energiyasidan 16 kkal ga farq qilsa, uch bog’dagi oddiy σ-bog’ning energiyasini (kkal/mol) hisoblang.


A) 130 B) 65 C) 81 D) 59

9. Alkendagi –C=C- ning energiyasi 146 kkal/mol gaa teng. Agar qo’sh bog’dagi oddiy σ-bog’ning energiyasi, π-bog’ning energiyasidan 16 kkal ga farq qilsa, uch bog’dagi oddiy π-bog’ning energiyasini (kkal/mol) hisoblang.


A) 130 B) 65 C) 81 D) 59
10. Qaysi qatorda izobutilen izomerlari keltirilgan?
A) vinilatsetilen; dimetilatsetilen; 1,2-dimetilsiklopropan
B) izopren; butadiyen-1,3; metilsiklobutan
C) buten-1; buten-2; butadiyen-1,2
D) siklobutan; buten-2; metilsiklopropan

11. Qaysi qatorda izobutilen izomerlari keltirilgan?


A) siklobutan; buten-2; metilsiklopropan
B) buten-1; buten-2; butadiyen-1,2
C) izopren; butadiyen-1,3; metitsiklobutan
D) vinilatsetilen; dimetilatsetilen: 1,2-dimetilsiklopropan.

12. Tarkibida oltita, asosiy zanjirda beshta uglerod atomi bo'lgan alkenning ochiq zanjirli izomerlari soni nechta bo'ladi (geometrik izomerlar hisobga olinmasin)?


A) 8 B) 6 C) 5 D) 7

13. Alkenlarga yuqori tempratura (150-200˚C) da nikel yoki platina katalizatorlari ishtirokida ikki atom vodorod birikib, alkanlar hosil qilishini qaysi olim kashf etgan ?


A) Favorskiy B) Bertolle C) Gustavson D) Sabate

14. Olefinlarga galogenlarning birikishi ortib borish tartibini ko’rsating.


1) ftor; 2) xlor; 3) brom; 4) yod;
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 2, 4 C) 4, 3, 2, 1 . D) 2, 3, 4, 1

15. Alken gidratlanganda (sulfat kislota ishtirokida) atomlar soni 25% ga ortsa, HX (X-galogen) biriktirganda esa … % ga ortadi?


A)100/3 B)40 C)75 D)50/3

16. Alken gidratlanganda (sulfat kislota ishtirokida) atomlar soni 25% ga ortsa, HX (X-galogen) biriktirganda esa … % ga ortadi?


A)100/3 B)40 C)75 D)50/3

17. Alken gidratlanganda (sulfat kislota ishtirokida) atomlar soni 25% ga ortsa, HX (X-galogen) biriktirganda esa … % ga ortadi?


A)100/3 B)40 C)75 D)50/3

18. Alken gidratlanganda (sulfat kislota ishtirokida) atomlar soni 33,33% ga ortsa, HX (X-galogen) biriktirganda esa … % ga ortadi?


A)100/3 B)40 C)22,22 D)50/3

19. Alken gidratlanganda (sulfat kislota ishtirokida) atomlar soni 50% ga ortsa, HX (X-galogen) biriktirganda esa … % ga ortadi?


A)100/3 B)40 C)100/3 D)50/3

20. 1,2 dibrom propan va Mg metali ta’sirlashuvidan 69 g tuz va necha g alken hosil bo’ladi?


A)25,2 B)15,75 C)3,15 D)12,6

21. 1,2 dibrom propan va Mg metali ta’sirlashuvidan 92 g tuz va necha g alken hosil bo’ladi?


A)25,2 B)1,575 C)3,15 D)21

22. 1,2 dibrom propan va Mg metali ta’sirlashuvidan 46 g tuz va necha g alken hosil bo’ladi?


A)25,2 B)1,575 C)3,15 D)10,5

23.1,2 dibrom propan va Mg metali ta’sirlashuvidan 110,4 g tuz va necha g alken hosil bo’ladi?


A)25,2 B)1,575 C)3,15 D)25,2

24. 1,2 dibrom propan va Mg metali ta’sirlashuvidan 55,2 g tuz va necha g alken hosil bo’ladi?


A)25,2 B)1,575 C)3,15 D)12,6

25. Alkenlar tarkibidagi elektronlar sonini hisoblash formulasini keltiring.


A)8n+2 B)8n C)14n-2 D)10n-2

26. “n” ta uglerod atomi tutgan alken molekulasi hosil qilishda qatnashgan umumiy bog’lar sonini hisoblashda qaysi formulani qo’llash mumkin?


A)3n B) 4n-8 C) 6n D) 3n-1

27. Sikloalkanlar tarkibidagi elektronlar sonini hisoblash formulasini keltiring.


A)8n+2 B)8n C)14n-2 D)10n-2



  1. Alkenlar uchun gibrid orbitallari sonini topish formulasini aniqlang.

A) 4n B) 4n-8 C) 3n-6 D) 3n+2

29. Nomalum alken Pt katalizator ishtirokida 75% unum bilan gidrogenlanganda olingan aralashma tarkibidagi sp2 gibritlangan orbitallarning sp3 orbitallarga nisbati 1:9,333 bo’lsa, to’yinmagan uglevodorodni aniqlang?


A)C4H6 B) C3H6 C) C4H8 D) C2H4

30. Nomalum alken Pt katalizator ishtirokida 75% unum bilan gidrogenlanganda olingan aralashma tarkibidagi sp2 gibritlangan orbitallarning sp3 orbitallarga nisbati 1:6,6666 bo’lsa, to’yinmagan uglevodorodni aniqlang?


A)C4H6 B) C3H6 C) C4H8 D) C2H4

31. Nomalum alken Pt katalizator ishtirokida 75% unum bilan gidrogenlanganda olingan aralashma tarkibidagi sp2 gibritlangan orbitallarning sp3 orbitallarga nisbati 1:4 bo’lsa, to’yinmagan uglevodorodni aniqlang?


A)C4H6 B) C3H6 C) C4H8 D) C2H4

32. Nomalum alken Pt katalizator ishtirokida 75% unum bilan gidrogenlanganda olingan aralashma tarkibidagi sp2 gibritlangan orbitallarning sp3 orbitallarga nisbati 1:12 bo’lsa, to’yinmagan uglevodorodni aniqlang?


A)C5H10 B) C3H6 C) C4H8 D) C2H4

33. Nomalum alken Pt katalizator ishtirokida 75% unum bilan gidrogenlanganda olingan aralashma tarkibidagi sp2 gibritlangan orbitallarning sp3 orbitallarga nisbati 1:14,666 bo’lsa, to’yinmagan uglevodorodni aniqlang?


A)C6H12 B) C4H10 C) C5H10 D) C4H4

34. Alken polimerlanishidan hosil bo’lgan sistemada sp2 gibridlangan orbitallar sonining sp3 orbitallar soniga nisbati 81,82% ga kamaygan bo’lsa, alkenni toping?(reaksiya unumi 60%)


A)buten B)propen C)eten D)penten

35. Alken polimerlanishidan hosil bo’lgan sistemada sp2 gibridlangan orbitallar sonining sp3 orbitallar soniga nisbati 92,3% ga kamaygan bo’lsa, alkenni toping?(reaksiya unumi 80%)


A)buten B)propen C)eten D)penten

36. Alken polimerlanishidan hosil bo’lgan sistemada sp2 gibridlangan orbitallar sonining sp3 orbitallar soniga nisbati 87,5 % ga kamaygan bo’lsa, alkenni toping?(reaksiya unumi 70%)


A)buten B)propen C)eten D)penten

37. Alken polimerlanishidan hosil bo’lgan sistemada sp2 gibridlangan orbitallar sonining sp3 orbitallar soniga nisbati 75 % ga kamaygan bo’lsa, alkenni toping?(reaksiya unumi 60%)


A)buten B)propen C)eten D)penten
38. Alken va kisloroddan iborat aralashma zichligi D(H2)= 16,5 uglerod to’la yondirilgandagi maxsulot sovirilganda gazlar aralashmasi zichligini D(H2) = 18.4 ni tashkil etadi. Alkenini aniqlang .
A) etilen B) buten C) propen D) penten

39. Alken va kisloroddan iborat aralashmaning zichligi (DHe=8,75). Uglevodorod to’la yondirilib, mahsulot sovitilganda gazlar aralashmasining zichligi D Ne=2,08 ni tashkil qildi. Alkanni aniqlang.


A) eten B) penten C) propen D) buten

40. Alken va kisloroddan iborat aralashmaning zichligi (DHe=7,833). Uglevodorod to’la yondirilib, mahsulot sovitilganda gazlar aralashmasining zichligi DHe=9,8 ni tashkil qildi. Alkanni aniqlang.


A) eten B) metan C) propen D) butan

41. Noma’lum alken KMnO4 ning kislota qo’shilgan suvli eritmasi bilan oksidlanganda, uglerodning massa ulushi alkendagi uglerod massa ulushidan 37,06 % ga kam bo’lgan yagona organic birikma olindi. Alken(lar)ni aniqlang.


A)penten-2; geksen-3 B)penten-2; buten-2
C)geksen-3; buten-1 D)buten-1; penten-2

42. O’zaro izomer bo’lgan alken va sikloalkandan iborat 5 l (n.sh.) aralashma 40 l kislorod ishtirokida yoqildi. (kislorod mol miqdorda olingan) so’ngra hosil bo’lgan suv bug’lari kondensatlandi. Qolgan gazlar aralashmasi 30 l (n.sh.)ni tashkil qilsa, undagi CO2 ning hajmini aniqlang?


A)20 B)25 C)15 D)26

43. O’zaro izomer bo’lgan alken va sikloalkandan iborat 5 l (n.sh.) aralashma 40 l kislorod ishtirokida yoqildi. (kislorod mol miqdorda olingan) so’ngra hosil bo’lgan suv bug’lari kondensatlandi. Qolgan gazlar aralashmasi 30 l (n.sh.)ni tashkil qilsa, undagi O2 ning hajmini aniqlang?


A)20 B)25 C)15 D)10

44. O’zaro izomer bo’lgan alken va sikloalkandan iborat 5 l (n.sh.) aralashma 40 l kislorod ishtirokida yoqildi. (kislorod mol miqdorda olingan) so’ngra hosil bo’lgan suv bug’lari kondensatlandi. Qolgan gazlar aralashmasi 30 l (n.sh.)ni tashkil qilsa, shu aralashmaning o’rtacha malekular massasini aniqlang?


A)40 B)41 C)36 D)38

45. Qaysi moddalarni ketma-ket qo’llab buten-1 dan buten-2 olish mumkin ? 1) kaliy gidroksidning suvli eritmasi va kaliy gidroksidning spirtli eritmasi; 2) vodorod bromid va kaliy gidroksidning spirtli eritmasi;


3) vodorod bromid va kaliy gidroksidning suvli eritmasi;
4) fosfat kislota katalizatorligida suv bilan qizdirish va aluminiy oksidi bilan qizdirish;
A) 1 B) 2, 3 C) 2 D) 2, 4

46. Kaliy permanganat eritmasi orqali alken o’tkazildi. Natijada qora cho’kma xosil bo’lgan. Cho’kmaning molekulyar formulasini toping?


A) Mn2O3 B) MnO2 C) MnO D) Mn2O7
47. 10,5 g alkenga KMnO4 suvli eritmasi ta`sir ettirilganda 15,2 g ikki atomli spirt hosil bo`ldi. Shu spirtni mol miqdordagi natriy bilan reaksiyasi natijasida 4,48 litr (n.sh) gaz ajraldi. Dastlabki alkenni va reaksiya unumini (%) aniqlang.
A) C2H4; 80 B) C3H6; 80
C) C3H4; 66,7 D) C2H4; 66,7

48. 8,4 gr alkenga KMnO4 ning suvli eritmasi ta`sirida 12,4 gr ikki atomli spirt hosil bo`ldi. Shu miqdordagi spirt mol miqdordagi Na metali bilan ta`sirlashganda 4,48 litr gaz ajraldi. Reaksiya unumini va alkenni toping.


A) 66,67 % C2H4 B) 33,3 % C2H4
C) 50 % C3H6 D) 75 % C2H4

49. 11,2 gr alkenga KMnO4 suvli eritmasi ta`sirida 13,5 gr 2 atomli spirt olindi. Bu miqdor spirt ishqoriy metall bilan reaksiyasi natijasida 3,36 litr gaz ajraldi. Alkenni va reaksiya unumini tiping.


A) C4H8; 0,5 B) C2H4; 0,75
C) C4H8; 0,75 D) C3H6; 0,75

50. 7 gr alkenga KMnO4 ning suvli eritmasi ta`sirida 8,32 gr organik modda olindi. Bu organik moddaga ishqoriy metall bilan ishlov berilganda 0,16 gr gaz ajralgan bo`lsa, alkenni va reaksiya unumini (%)da toping.


A) C2H4; 80 B) C3H6; 70
C) C4H8; 60 D) C5H12; 80

51. Vagner reaksiyasi asosida 93 gr spirt hosil bo`lganda 87 gr cho`kma tushdi. Reaksiyada qatnashgan alken va uning massasini toping.


A) C2H4; 42 B) C2H4; 84
C) C3H6; 63 D) C3H6; 126

52. Vagner reaksiyada 2,4 mol alken qatnashganda necha gr oksidlovchi reaksiyaga kirishadi.


A) 126,4 B) 252,8 C) 379,2 D) 158

53. Vagner reaksiyasida 87 gr cho`kma hosil bo`lgan bo`lsa, hosil bo`lgan butandid-2,3 ning massasini toping.


A) 90 B) 60 C) 135 D) 180

54. Qaysi uglevodorodning qanday massali (g) bromli xosilasini kaliy ishqorning spirtli eritmasi bilan reaktsiyasi natijasida 42 g 2-etilpenten-2 olish mumkin?


A) 3-brom-2-metilpentan; 122,5
B) 2-brom-2-metilpentan; 82,5
C) 2-brom-2-metilpentan; 122,5
D) 3-brom-4-metilpentan; 82,5

55. Izoprenning gidrogenlanish reaksiyasida umumiy massasi 42 g bo'lgan teng hajmli 2-metilbuten-l, 2-metilbuten-2 va 3-metilbuten-l aralashmasi hosil bo'lsa, reaksiyaga kirishgan 2-metilbutadiyen-l,3 va vodorodning massalarini (g) aniqlang.


A) 40,5; 1,2 B) 25.2; 0,6
C) 4,2; 1,2 D) 34,6; 1,0

56. Izoprenning gidrogenlanish reaksiyasida teng hajmli 2-metilbutan va 2-metilbuten-2 dan iborat umumiy hajmi 22,4 litr (n.sh.) aralashma hosil bo'lsa, reaksiyada qatnashgan vodorod hajmi (1, n.sh.) va izoprenning massasini (g) mos ravishda aniqlang.


A) 22,4; 68 B) 33,6; 68
C) 33,6: 102 D) 67,2; 136

57. Kislorod va ozon X litr aralashmasiga y litr alken qo’shib yondirilib normal sharoitga keltirildi. Shunda 70 litr gazlar aralashmasi olindi. Agar alkenning ¼ qismi yongan bo’lsa, alkenni aniqlang.(x+y=90 litr), ozoning hajmiy ulushi 40% ga teng.


A) C4H8 B) C2H4
C) C3H6 D) C5H10

58. Kislorod va ozon X litr aralashmasiga y litr alken qo’shib yondirilib normal sharoitga keltirildi. Shunda 120 litr gazlar aralashmasi olindi. Agar alkenning 1/5 qismi yongan bo’lsa, alkenni aniqlang.(x+y=150 litr), kislorodning hajmiy ulushi 60% ga teng.


A) C6H12 B)C7H14
C)C8H16 D) C9H18

59. Olefinlarni olish usullaridan labaratoriyada keng qo’llaniladigani sirka kislota efirlarini piroliz qilishdir.(400-500 ) 928 gr efirning pirolizidan 336 gr alken olingan bo’lsa, olefinni toping.( )


A) eten B) buten
C) propilen D) penten

60. Qaysi qatorda izobutilen izomerlari keltirilgan?


A) vinilatsetilen; dimetilatsetilen; 1,2-dimetil siklopropan
B) izopren; butadiyen-1,3; metilsiklobutan
C) buten-1; buten-2; butadiyen-1,2
D) siklobutan; buten-2; metilsiklopropan

61. Qaysi qatorda izobutilen izomerlari keltirilgan?


A) siklobutan; buten-2; metilsiklopropan
B) buten-1; buten-2; butadiyen-1,2
C) izopren; butadiyen-1,3; metitsiklobutan
D) vinilatsetilen; dimetilatsetilen: 1,2-dimetilsiklopropan.

62. Tarkibida oltita, asosiy zanjirda beshta uglerod atomi bo'lgan alkenning ochiq zanjirli izomerlari soni nechta bo'ladi (geometrik izomerlar hisobga olinmasin)?


A) 8 B) 6 C) 5 D) 7

63. Kaliy permanganat eritmasi orqali alken o’tkazildi. Natijada qora cho’kma xosil bo’lgan. Cho’kmaning molekulyar formulasini toping?


A) Mn2O3 B) MnO2 C) MnO D) Mn2O7

64. Qaysi uglevodorodning qanday massali (g) bromli xosilasini kaliy ishqorning spirtli eritmasi bilan reaktsiyasi natijasida 42 g 2-etilpenten-2 olish mumkin?


A) 3-brom-2-metilpentan; 122,5
B) 2-brom-2-metilpentan; 82,5
C) 2-brom-2-metilpentan; 122,5
D) 3-brom-4-metilpentan; 82,5

65. Izoprenning gidrogenlanish reaksiyasida umumiy massasi 42 g bo'lgan teng hajmli 2-metilbuten-l, 2-metilbuten-2 va 3-metilbuten-l aralashmasi hosil bo'lsa, reaksiyaga kirishgan 2-metilbutadiyen-l,3 va vodorodning massalarini (g) aniqlang.


A) 40,5; 1,2 B) 25.2; 0,6
C) 4,2; 1,2 D) 34,6; 1,0
66. Izoprenning gidrogenlanish reaksiyasida teng hajmli 2-metilbutan va 2-metilbuten-2 dan iborat umumiy hajmi 22,4 litr (n.sh.) aralashma hosil bo'lsa, reaksiyada qatnashgan vodorod hajmi (1, n.sh.) va izoprenning massasini (g) mos ravishda aniqlang.
A) 22,4; 68 B) 33,6; 68
C) 33,6: 102 D) 67,2; 136

67. 5,6 gr buten-2 ni to`la gidrogenlash uchun qanday hajmdagi (l, n.sh) vodorod kerak bo`ladi?


A) 2,24 B) 0,224 C) 22,4 D) 224

68. Propen, propan va butandan iborat 22,4 litr (n.sh.) aralashma 32 g bromni biriktiradi. Gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 25,3 ga teng bo'lsa, boshlang'ich aralashmadagi butanning massasini (g) hisoblang.


A) 29 B) 42,3 C) 50 D) 13,2

69. Propan, propen va etandan iborat 22,4 litr (n.sh.) aralashma 40 g bromni biriktiradi. Gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 18,95 ga teng bo'lsa, boshlang'ich aralashmadagi propanning og'irligini (g) hisoblang.


A) 6,2 B) 15,4 G) 12 D) 10,5

70. Butan, pentan va butendan iborat 5,6 litr (n.sh.) gazlar aralashmasi 12 g brom bilan reaktsiyaga kirishdi. Gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 29,4 ga teng. Aralashmaning foizlar bilan ifodalangan tarkibini aniqlang.


A) 65; 10; 25 B) 50; 20; 30
C) 60, 30, 10 D) 50; 30; 20

71. Noma`lum uglevodorod sharoitga qarab 160 g yoki 320 g bromni biriktirdi. Tetra bromidning dibromidga massa nisbati 1,747 bo`lsa, noma`lum uglevodorod strukturasini aniqlang.


1) CH2CHCHCH2; 2) CH2CHCH2CH2CHCH2;
3) CH3CH2CHCH2; 4) CH3CCH.
A) 1 B) 1,2 C) 2 D) 3,4

72. Noma`lum uglevodorod sharoitga qarab 160 g yoki 320 g bromni biriktirdi. Tetra bromidning dibromidga massa nisbati 1,8 bo`lsa, noma`lum uglevodorod strukturasini aniqlang.


1) CH2CCH2; 2) CH3CCH;
3) CH3CHCH2; 4) CH3CH2CH3.
A) 1 B) 2 C) 1,2 D) 3,4

73. Noma`lum uglevodorod sharoitga qarab 160 g yoki 320 g bromni biriktirdi. Tetra bromidning dibromidga massa nisbati 1,66 bo`lsa, noma`lum uglevodorod strukturasini aniqlang.


1) CH3CH(CH3)C(CH3)CH;
2) CH3CH2CH2CH2CH2CH3;
3) CH2CHCH2CH2CH2CH3;
4) CH3CHCHCH2CH2CH3.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

74. Alken xlor bilan reaksiyaga kirishib 11,3 g 1,2-dixloralkan, shuncha miqdordagi alken brom bilan reaksiyaga ki­rishganda esa 20,2 g 1,2-dibromalkan hosil bo'ldi. Alkenning nomini aniqlang.


A) etilen B) butilen
C) propilen D) izobutilen

75. Quyidagi o’zgarishlar natijasida qanday X5 modda hosil bo’ladi?



A) 1-brombutan B) 2-brom-2-metilpropan
C) 2-brombutan D) 1-brom-2-metilpropan

76. Massasi 10,5 gramm bo’lgan alken kaliy permanganat suvli eritmasi bilan oksidlanganda 15,2 g massali ikki atomli spirt hosil bo’ldi. Bu spirt esa mo’l miqdorda natriy bilan reaksiyaga kirishib 4,48 l (n.sh) gaz ajratadi. Spirtning hosil bo’lish unumini aniqlang.


A) 0,9 B) 0,8 . C) 0,75 D) 0,85

77. Massasi 3,5 gramm bo’lgan alken kaliy permanganat suvli eritmasi bilan oksidlanganda 6,975 g massali ikki atomli spirt hosil bo’ldi. Bu spirt esa mo’l miqdorda natriy bilan reaksiyaga kirishib 2,52 l (n.sh) gaz ajratadi. Spirtning hosil bo’lish unumini aniqlang.


A) 0,9 . B) 0,8 C) 0,75 D) 0,85

78. Massasi 11,2 gramm bo’lgan alken kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan oksidlanishi natijasida 18,0 gramm ikki atomli simmetrik tuzilishli spirt hosil bo’ldi. Ushbu spirtning birinchi va ikkinchi uglerod atomlari oksidlanish darajalari yig’indisini aniqlang.


A) -1 B) -2 . C) 0 D) -3

79. Oltita molekulasida 180 ta orbital bo’ladigan alkenlardan kuchli oksidlovchilar ta’sirida necha xil bir asosli to’yingan karbon kislotalar olish mumkin ? A) 3 B) 4 C) 5 . D) 6


80. Ekvimolyar nisbatdagi alken va havo aralashmasining 90 ml hajmi portlatilib, hosil bo’lgan aralashma normal sharoitga keltirilgach 84 ml bo’lib qoldi. Alkenni aniqlang. A) C5H10 B) C2H4 . C) C3H6 D) C4H8


81. Stexiometrik nisbatda olingan alken va kisloroddan iborat aralashmaning 47˚C dagi zichligi 1,349 g/l ga teng bo’lsa, alkenni aniqlang. A) C5H10 B) C2H4 . C) C3H6 D) C4H8


82. Etilen, propilen, buten-1 va buten-2 aralashmasini yoqish uchun sarflangan kislorod hajmi ajralgan karbonat angidrid hajmidan 6,72 l ga ko’p bo’lsa, hosil bo’lgan suv massasini (g) aniqlang. A) 5,4 B) 10,8 . C) 16,2 D) 12,6


83. Dibromalkanga rux metali ta’sir ettirilganda 33,75 g rux bromid olindi. Agar dastlabki dibromalkanning hosil bo’lgan alkendan massa farqi 34,8 g bo’lsa, alkenni toping. (unum 75 %) A) C5H10 B) C2H4 C) C3H6 D) C4H8


84. Alken KMnO4 suvli eritmasi bilan oksidlanganda gibrid orbitallar soni 12/7 marta oshdi. Alkenni aniqlang. A) C5H10 B) C2H4 C) C3H6 D) C4H8


85. Noma'lum alken kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan ta'sirlashganda hosil bo'lgan cho'kma massasi reaksiyaga kirishgan alken massasidan 2,07 marta og'ir bo'lsa, ushbu alken havo bilan qanday hajmiy nisbatda yonadi? (φ(O2)=20%).


A) 1:30 B) 2:30 C) 1:37,5 D) 1:22,5

86. Monoxloralkan 0,1 mol natriy bilan ta'sirlashishi natijasida uglevodorod olindi. Agar uglevodorod degidrogenlanishidan 1,4 g alken olinsa, monoxloralkan tuzilishini aniqlang.


A) C4H9Cl B) C2H5Cl C) C3H7Cl D) CH3Cl

87. Stexiometrik nisbatda olingan alken va kislorod aralashmasi yondirilgandan keyin suv bug’lari kondensatsiyalangach idishdagi bosim 1,75 marta kamaydi. Alkenni aniqlang. A) C5H10 B) C2H4 C) C3H6 D) C4H8


88. Stexiometrik nisbatda olingan alken va kislorod aralashmasi portlatilgandan keyin hosil bo’lgan aralashma hajmi boshlang’ich aralashma hajmiga teng bo’ldi. Alkenni aniqlang. A) C2H4 B) C5H10 C) C3H6 D) C4H8


89. Hajmi 4 ml bo’lgan alken va 16 ml kisloroddan iborat aralashma portlatilib suv bug’lari kondensatsiyalangach aralashma hajmi 12 ml ni tashkil qildi. Alkenni aniqlang. A) C2H4 B) C5H10 C) C3H6 D) C4H8


90. Hajmi 2 ml bo’lgan alken va 10 ml kisloroddan iborat aralashma portlatilib suv bug’lari kondensatsiyalangach aralashma hajmi 7 ml ni tashkil qildi. Alkenni aniqlang. A) C2H4 B) C5H10 C) C3H6 D) C4H8


91. Noma’lum alken va kisloroddan iborat o’rtacha molyar massasi 35 bo’lgan aralashma yondiriligandan keyin hosil bo’lgan aralashma boshlang’ich sharoitga keltirilgandan so’ng aralashmaning o’rtacha molyar massasi 41,6 bo’lib qoldi. Alkenni aniqlang. A) C2H4 B) C5H10 C) C3H6 D) C4H8


92. Hajmiy nisbati 1:6:3 bo’lgan noma’lum alken, kislorod va azotdan iborat aralashma portlatilgandan keyin hosil bo’lgan bitta murakkab va ikkita oddiy moddadan iborat aralashmaning o’rtacha molyar massasi 35,2 bo’ldi. Alkenni aniqlang. A) C2H4 B) C5H10 C) C3H6 D) C4H8


93. Noma’lum alkenning 3,36 g massasi kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan oksidlanganda 6,96 g massali cho’kma hosil bo’ldi. Alkenni aniqlang. A) etilen . B) propilen C) butilen D) penten-2


94. Noma’lum alkenning 3,15 g massasi kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan oksidlanganda 4,35 g massali cho’kma hosil bo’ldi. Alkenni aniqlang. A) etilen B) propilen. C) butilen D) penten-2


95. Alken tarkibida uglerod-vodorod bog’lari soni uglerod-uglerod bog’lari sonidan 5 taga ko’p bo’lsa, ushbu alkenning 0,4 molidagi elektronlar mol miqdorini aniqlang. A) 12,8 . B) 9,6 C) 16,8 D) 19,2


96. Normal atmosfera bosim va 27˚C tempraturada 24 g etan va noma’lum uglevodorod aralashmasi 14,76 l hajmni egallaydi. Noma’lum uglevodorodning hajmiy ulushi esa 25 % ni tashkil etadi. Gazlar aralashmasi KMnO4 ning suvli eritmasi orqali o’tkazilsa, hosil bo’ladigan cho’kmaning massasini aniqlang. A) 11,6 B) 6,96 C) 8,7. D) 9,4


97. Normal atmosfera bosim va 27˚C tempraturada 10 g metan va noma’lum uglevodorod aralashmasi 9,846 l hajmni egallaydi. Noma’lum uglevodorodning hajmiy ulushi esa 75 % ni tashkil etadi. Gazlar aralashmasi KMnO4 ning suvli eritmasi orqali o’tkazilsa, hosil bo’ladigan cho’kmaning massasini aniqlang. A) 17,4. B) 12,4 C) 8,7 D) 9,4


98. 99,768 kPa bosim va 27˚C tempraturada 12,96 g etan va noma’lum uglevodorod aralashmasi 10 l hajmni egallaydi. Noma’lum uglevodorodning hajmiy ulushi esa 20 % ni tashkil etadi. Gazlar aralashmasi KMnO4 ning suvli eritmasi orqali o’tkazilsa, hosil bo’ladigan organik moddaning massasini aniqlang. A) 10,4 B) 12,16 C) 6,08 D) 7,6


99. Normal atmosfera bosim va 30˚C tempraturada 7,2 g metan va noma’lum uglevodorod aralashmasi 7,458 l hajmni egallaydi. Noma’lum uglevodorodning hajmiy ulushi esa 20 % ni tashkil etadi. Gazlar aralashmasi KMnO4 ning suvli eritmasi orqali o’tkazilsa, hosil bo’ladigan cho’kmaning massasini aniqlang. A) 3,48. B) 5,4 C) 8,7 D) 9,4


100. Noma’lum alkil bromid kaliy gidroksidining spirtli eritmasi bilan ishlov berilib, hosil bo’lgan uglevodorodga vodorod bromid qo’shildi. Bunda hosil bo’lgan galogenli birikma natriy metali qo’shib qizdirilganda 2,3-dimetil butan hosil bo’ldi. Boshlang’ich alkil bromid(lar)ni aniqlang. 1) 1-brompropan; 2) 2-brompropan; 3) 1-brom 2-metilbutan;


4) 2-brom 2-metilbutan; A) 1 B) 2, 4 C) 3 D) 1, 2

101. Noma’lum alkil bromid kaliy gidroksidining spirtli eritmasi bilan ishlov berilib, hosil bo’lgan uglevodorodga vodorod bromid qo’shildi. Bunda hosil bo’lgan galogenli birikma natriy metali qo’shib qizdirilganda 3,3,4,4-tetrametil geksan hosil bo’ldi. Boshlang’ich alkil bromid(lar)ni aniqlang. 1) 1-brom 2-metilbutan; 2) 2-brom 2-metilbutan; 3) 2-brom 3-metilbutan;


4) 1-brom 3-metilbutan; A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4

102. Noma’lum alkil bromid kaliy gidroksidining spirtli eritmasi bilan ishlov berilib, hosil bo’lgan uglevodorodga vodorod bromid qo’shildi. Bunda hosil bo’lgan galogenli birikma natriy metali qo’shib qizdirilganda 4,4,5,5-tetrametil oktan hosil bo’ldi. Boshlang’ich alkil bromid(lar)ni aniqlang. 1) 1-brom 2-metilpentan; 2) 2-brom 2-metilpentan; 3) 3-brom 2-metilpentan; 4) 2-brom 4-metilpentan;


5) 1-brom 4-metilpentan A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 2, 3 . D) 4, 5

103. Noma`lum alkenning 0,35 moli gidrogenlanishidan olingan alkan massasi shu alkenning 0,65 moli degidrogenlanishidan hosil bo`lgan alkin massasidan 6,4 gramga kichik bo`lsa, alkenni aniqlang.


A) Butan B) Propan C) Etan D) Metan

104. Noma`lum sikloalkanning 1,5 moli gidrogenlanishidan olingan alkan massasi shu alkenning 1 moli yondirilishidan hosil bo`lgan karbonat angidrid massasidan 89 gramga kichik bo`lsa, sikloalkanni aniqlang.


A) Siklobutan B) Siklopropan
C) Siklopentan D) Siklogeksan

105. Hajmi 20 ml bo’lgan noma’lum uglevodorod 100 ml kislorod qo’shib portlatildi. Suv bug’lari kondensatsiyalangach aralashma hajmi 70 ml bo’lib qoldi. Ushbu aralashma kaliy gidroksid eritmasi oqali o’tkazilganda 10 ml bo’lib qoldi. Uglevodorodning molyar massasini aniqlang.


A) 26 B) 28 . C) 30 D) 42

106. Alkenning gidrogenlanishi natijasida hosil bo’lgan modda tarkibida uglerod miqdori boshlang’ich alken tarkibidagidan 2,38 % ga kam. Shu alkenning 17,5 g miqdori 800 g bromli suvni rangsizlantirishi ma’lum bo’lsa, bromli suv konsentratsiyasini (%) aniqlang. A) 4 B) 5 C) 6 D) 8


107. Alkenning gidrogenlanishi natijasida hosil bo’lgan modda tarkibida uglerod miqdori boshlang’ich alken tarkibidagidan 2,956 % ga kam. Shu alkenning 11,2 g miqdori 800 g bromli suvni rangsizlantirishi ma’lum bo’lsa, bromli suv konsentratsiyasini (%) aniqlang. A) 4 B) 5 C) 6 D) 8


108. Alkenning gidrobromlanishi natijasida hosil bo’lgan birikma tarkibdagi vodorodning massa ulushi boshlang’ich alkendagi vodorodning massa ulushiga nisbatan 2,51 marta kam. Shu alkenning 0,4 molidagi orbitallar sonini aniqlang. A) 10,8·1024 B) 24,08·1023 C) 43,34·1023 . D) 20,16·1024

109. Alkenning Vagner reaksiyasi bo’yicha oksidlanishidan hosil bo’lgan modda tarkibidagi vodorodning massa ulushi suv tarkibidagi vodorodning massa ulushiga teng. Ushbu alkenning 0,2 molidagi orbitallar sonini aniqlang. A) 28,896·1023 . B) 24,08·1023 C) 43,34·1023 D) 12,04·1024


110. Propen va noma’lum alkandan iborat 4,48 l aralashma mo’l miqdorda kislorodda yondirilishidan 10,8 g suv hosil bo’ldi. Xuddi shunday hajmdagi shunday tarkibga ega aralashma kaliy permanganatning kuchsiz ishqoriy eritmasi orqali o’tkazilganda eritma massasi 6,3 g ga ortdi. Alkanni aniqlang. A) C2H6 B) C5H12 C) C3H8 D) C4H10


111. Eten va noma’lum alkandan iborat 11,2 l aralashma mo’l miqdorda kislorodda yondirilishidan 28,8 g suv hosil bo’ldi. Xuddi shunday hajmdagi shunday tarkibga ega aralashma kaliy permanganatning kuchsiz ishqoriy eritmasi orqali o’tkazilganda eritma massasi 5,6 g ga ortdi. Alkanni aniqlang. A) C2H6 B) C5H12 C) C3H8 D) C4H10


112. Alken mo’l miqdoragi kaliy permanganat eritmasi orqali o’tkazilganda hosil bo’lgan cho’kma massasi boshlang’ich alken massasidan 2,07 marta katta bo’lsa, shu alkenning 0,2 molidagi orbitallar sonini aniqlang. A) 28,896·1023 B) 14,448·1023 C) 43,34·1023 D) 57,792·1023


113. Alkil yodidning 0,3 mol miqdori kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan ta’sirlashganda 1:7 massa nisbatda ikkita alken hosil bo’ldi. Reaksiya asosiy mahsulotining massasi 14,7 g bo’lsa, boshlang’ich alken tarkibidagi C-H bog’lari soni C-C oddiy bog’lari sonidan nechtaga ko’pligini aniqlang. A) 1,806·1023 B) 9,03·1023 C) 10,836·1023 . D) 12,04·1024


114. Bir xil sifat tarkibiga ega bo’lgan uch xil uglevodorod-A, B va C uglevodorod bor. Bir mol A uglevodorodni yoqish uchun ketadigan kislorod hajmi bir moldan olingan B va C uglevodorodlarni yoqish uchun ketadigan kislorod hajmiga teng. B uglevodorodning izomerlari yo’q. A uglevodorodning esa fazoviy izomerlari yo’q. A uglevodorod bromli suvni rangsizlantiradi, degidrosikllanganda esa kaliy permanganat eritmasi bilan ta’sirlashmaydigan modda hosil bo’ladi. C uglevodorod fazoviy izomerga ega. A, B va C uglevodorodlarni aniqlang. A) A-etilen; B-metan; C-propen B) A-geksen-2; B-etilen; C-buten-2 C) A-etilen; B-atsetilen; C-buten-1 D) A-geksen-1; B-etilen; C-buten-2 .


115. Butenning ftorli hosilasi tarkib-ida 4,545 % vodorod borligi ma’lum bo’lsa, ushbu birikmaning 0,3 molidagi taqsimlanmagan elektron juftlari sonini aniqlang. A) 1,806·1023 B) 5,418·1023 C) 16,254·1023 . D) 32,508·1023


116. Propenning ftorli hosilasi tarkibida 5,1282 % vodorod borligi ma’lum bo’lsa, ushbu birikmaning 0,2 molidagi taqsimlanmagan elektron juftlari sonini aniqlang. A) 14,448·1023 B) 5,418·1023 C) 7,224·1023 . D) 1,204·1023


117. A modda rangsiz, o’ziga xos hidli, suvdan yengil va suvda yaxshi eriydi. A modda konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qizdirilganda havodan yengil B modda hosil bo’ldi. B modda vodorod bromid bilan ta’sirlashganda og’ir suyuqlik- C modda hosil bo’ldi. A, B va C moddalarni ko’rsating. A) A - CH4 ; B - CO; C – CBr4 ; B) A – CH3OH; B - CO; C – CBr4 ; C) A – C2H5OH; B – C2H4 ; C – C2H5Br; . D) A – CH3OH; B – C2H4 ; C – C2H5Br;


118. Vodorod bromid ta’sir ettirilganda bromning massa ulushi 52,98 % li birikmasi hosil bo’ladigan bromalkanlarning nechtasi kaliy gidroksid spirtli eritmasi bilan ta’sirlashganda fazoviy izomerga ega bo’lgan uglevodorod hosil qiladi ? A) 3 B) 8 C) 4 D) 2 .


119. Magniyning dibromalkan bilan ta’sirlashishi natijasida olingan to’yinmagan uglevodorod massasi boshlang’ich birikma massasidan 4,81 marta yengil bo’lsa, ushbu holatga mos keluvchi dibromalkanlar sonini aniqlang. A) 2 B) 3 C) 4 D) 1 .

120. To’yingan spirtning degidratatsiyasidan olingan uglevodorod 51,5 g natriy bromiddan olingan vodorod bromid bilan ta’sirlashdi. Olingan uglevodorod yondirilganda 44,8 l (n.sh) karbonat angidrid hosil bo’ldi. Boshlang’ich spirt tarkibidagi uglerod atom(lar)i oksidlanish daraja(lar)i yig’indisini aniqlang. A) -9 B) -8 . C) -6 D) -7


121. Havodan og’ir bo’lgan A uglevodorod degidrogenlanganda havodan yengil B uglevodorodni hosil qildi. Ma’lum sharoitda B modda C moddaga aylanadi. C modda ham xuddi B modda singari miqdoriy va sifatiy tarkibga ega ekanligi ma’lum bo’lsa, C moddani aniqlang. A) etan B) etilen C) polietilen D) polipropilen


122. Massasi 15,4 g bo’lgan etilen-propen aralashmasi gidratlanishidan 22,6 g spirtlar aralashmasi hosil bo’ldi. Boshlang’ich aralashmadagi alkenlar mol nisbatini aniqlang.
A) 1:1 B) 1:2 C) 1:3 . D) 1:1,5

123. Hajmi 28,75 ml bo’lgan bir atomli to’yingan spirt (ρ=0,8 g/ml) konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qizdirilishi natijasida olingan gaz 8,96 l (n.sh) vodorodni biriktirib olishi ma’lum bo’lsa, hosil bo’lgan alkan tarkibidagi uglerod-vodorod bog’lari soni nechta ? (Reaksiya unumi 80 %) A) 1,806·1024 B) 5,418·1023 C) 3,01·1023 D) 14,448·1023 .


124. Buten-2 va vodoroddan iborat geliyga nisbatan zichligi 3,2 bo’lgan aralashma nikel katalizatori ustidan o’tkazilganda hosil bo’lgan aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 3,556 bo’lib qoldi. Reaksiya unumini aniqlang.


A) 0,4 B) 0,5 . C) 0,6 D) 0,25

125. Etilen va vodoroddan iborat geliyga nisbatan zichligi 2,125 bo’lgan aralashma nikel katalizatori ustidan o’tkazilganda hosil bo’lgan aralashmaning o’rtacha molyar massasi 10,625 bo’lib qoldi. Reaksiya unumini aniqlang. A) 0,8 . B) 0,5 C) 0,6 D) 0,75


126. Propen va vodoroddan iborat geliyga nisbatan zichligi 1,5 bo’lgan aralashma nikel katalizatori ustidan o’tkazilganda hosil bo’lgan aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 1,5625 bo’lib qoldi. Reaksiya unumini aniqlang. A) 0,4 . B) 0,5 C) 0,6 D) 0,25

127. Alken va mo’l miqdordagi vodoroddan iborat 13,44 l (n.sh) aralashma 200˚C da platina katalizatori ustidan o’tkazilganda 75 % unum bilan 10,08 l gacha kamaydi. Boshlang’ich alken to’la yutilgunicha bromli suv orqali o’tkazilganda idish massasi 8,4 g ga ortdi. Alkenni aniqlang. A) C2H4 B) C5H10 C) C3H6 . D) C4H8


128. Alken va mo’l miqdordagi vodoroddan iborat 17,92 l (n.sh) aralashma 200˚C da platina katalizatori ustidan o’tkazilganda 80 % unum bilan 12,544 l gacha kamaydi. Boshlang’ich alken to’la yutilgunicha bromli suv orqali o’tkazilganda idish massasi 8,4 g ga ortdi. Alkenni aniqlang. A) C2H4 . B) C5H10 C) C3H6 D) C4H8


129. Alkenning qorong’ulikda xlor bilan ta’sirlashi natijasida 42,3 g dixlorid hosil bo’lgan, xuddi shunday namuna bromning tetraxlormetandagi eritmasi bilan ta’sirlashganda 69 g dibromid hosil bo’ladi. Ushbu alkenning nechta izomeri borligini aniqlang.


A) 4 B) 5 C) 6 . D) 7

130. Molyar massalari nisbati 1:2 bo’lgan ikki alken gidrogenlanganda hosil bo’lgan alkanlar molyar massalari nisbati 0,5172 bo’lsa, molyar massasi kichik bo’lgan alkenning 0,4 molidagi vodorod atomlari soni uglerod atomlari sonidan nechtaga ko’p ? A) 2,408·1023 B) 4,816·1023 . C) 9,632·1023 D) 1,204·1023


131. Miqdori 0,1 mol bo’lgan noma’lum organik modda kaliy permanganatning kislotali eritmasi bilan ta’sirlashishi natijasida 4,48 l (n.sh) karbonat angidrid, 36,24 g MnSO4 , 20,88 g K2SO4 va suv hosil bo’ldi. Uglevodorodni aniqlang.


A) C2H4 . B) C2H6 C) C2H2 D) C4H8
132. Miqdori 0,25 mol bo’lgan noma’lum organik modda kaliy permanganatning kislotali eritmasi bilan ta’sirlashishi natijasida 16,8 l (n.sh) karbonat angidrid, 135,9 g MnSO4 , 78,3 g K2SO4 va suv hosil bo’ldi. Uglevodorodni aniqlang. A) C2H4 B) C3H4 C) C3H6 . D) C3H8

133. Miqdori 0,3 mol bo’lgan noma’lum organik modda kaliy permanganatning kislotali eritmasi bilan ta’sirlashishi natijasida 20,16 l (n.sh) karbonat angidrid, 181,2 g MnSO4 , 104,4 g K2SO4 va suv hosil bo’ldi. Uglevodorodni aniqlang.


A) C2H4 B) C3H4 C) C3H6 D) C3H8 .

134. Alkilbromid kaliy gidroksidining spirtdagi eritmasi bilan reaksiyaga kirishishidan hosil bo’lgan moddaga dastlab vodorod bromid , keyin esa natriy metali ta’sir ettirildi. Bunda 3, 4- dimetil geksan hosil bo’ldi. Alkilbromidni aniqlang.


1) birlamchi butil bromid; 2) ikkilamchi butil bromid; 3) uchlamchi butil bromid; 4) izobutil bromid;
A) 1 B) 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2 .

135. To’yingan uglevodorod krekingi natijasida uchta gaz hosil bo’ldi. Bu aralashmaning zichligi boshlang’ich aralashma zichligidan 1,5 marta kichik bo’ldi. Reaksiya unumi (%) qanday bo’lganligini aniqlang. A) 50 . B) 75 C) 80 D) 90


136. To’yingan uglevodorod krekingi natijasida uchta gaz hosil bo’ldi. Bu aralashmaning zichligi boshlang’ich aralashma zichligidan 1,8 marta kichik bo’ldi. Reaksiya unumi (%) qanday bo’lganligini aniqlang. A) 50 B) 75 C) 80 . D) 90


137. Qaysi alkenlarning kaliy permanganat bilan kislotali muhitda oksidlanishidan ikki xil kislota hosil bo’ladi ?
1) 2-metilbuten-2; 2) 3-metilbuten-1; 3) 2, 3-dimetilpenten-2; 4) 2-metilgeksen-3; 5) 2-metilgeksen-2; 6) 4-metilpenten-2 A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 . C) 1, 3 D) 2, 3, 4, 6

138. Stexiometrik nisbatda olingan alken va kisloroddan iborat 16 ml aralashma reaksiyasi natijasida 8 ml karbonat angidrid hosil bo’ldi. Alken formulasini aniqlang.


A) C2H4 . B) C4H8 C) C6H12 D) C3H6
139. Massasi 26,6 g bo’lgan buten-1, 2-metilbuten-1 va penten-2 dan iborat aralashma 64 g bromni biriktira oladi. Aralashma tarkibidagi butenning hajmiy ulushini (%) aniqlang. A) 33,33 B) 66,67 C) 50,0 D) 25,0 .

140. Propen va noma’lum alkandan iborat 4,48 l (n.sh) aralashma yondirilganda 10,8 g suv hosil bo’ldi. Xuddi shunday hajmdagi aralashma kaliy permanganat eritmasi orqali o’tkazilganda eritma massasi 6,3 g ga ortganligi ma’lum bo’lsa, alkanni aniqlang.


A) C2H6 B) C4H10 C) C6H14 D) C3H8 .

141. Alken va vodoroddan iborat 26,88 l aralashma 200˚C da platina katalizatori ustidan o’tkazildi. Natijada reaksiya unumi 75 % bo’ldi va aralashma hajmi 20,16 l gacha kamaydi. Agar dastlabki aralashma bromli suvdan o’tkazilganda eritma massasi 16,8 g ga ortishi ma’lum bo’lsa, alkenni va uning aralashmadagi hajmiy ulushini (%) aniqlang.


A) propen; 100/3 % . B) eten; 25 % C) buten-1; 75 % D) buten-2; 200/3 %

142. To’yingan uglevodorod krekingi natijasida hosil bo’lgan 3ta gazning zichligi dastlabki gazning zichligidan 1,85 marta kam bo’lsa, hosil bo’lgan aralashmadagi alkenning hajmiy ulushini aniqlang.


A)49,54 B)45,94 C)45,49 D)54,94

143. To’yingan uglevodorod krekingi natijasida hosil bo’lgan 3ta gazning zichligi dastlabki gazning zichligidan 1,475 marta kam bo’lsa, hosil bo’lgan aralashmadagi alkenning hajmiy ulushini aniqlang.


A)68,7 B)67,8 C)23,2 D)32,2

144. Dibromalkandan Gustavson reaksiyasiga kirishganda 67,5 g ruh bromid olindi. Agar dastlabki dibromalkanning hosil bo`lgan sikloalkandan massa farqi 189,4 gramga teng bo`lsa, sikloalkan toping. (η=30%)


A) C4H8 B) C3H6 C) CH4 D) C2H4

145. Monoxloralkanga o`yuvchi kaliyning spirtdagi eritmasi ta`sir ettirilganda 29,8 g kaliy bromid olindi. Agar dastlabki monobromalkanning hosil bo`lgan alkendan massa farqi 21,05 gramga teng bo`lsa, alkenni toping. (η=80%)


A) C4H8 B) C3H6 C) CH4 D) C2H4

146. Tarkibida alkenning hajmiy ulushi 12 % ga teng bo’lgan alken va kislorod aralashmasi to’liq yondirilganda hosil bo’lgan suv bug’lari kondensatlangandan so’ng qolgan aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushi karbonat angidridning hajmiy ulushidan 50 % ga kam bo’lsa, hosil bo’lgan aralashmadagi karbonat angidridning hajmiy ulushini (%) aniqlang.


A) 35,8 B) 29,4 C) 75 D) 33,6

147. Olefinlarni olish usullarining laboratoriyada keng qo’llaniladigan usuli sirka kislota efirlarini piroliz (400-5000C) qilishdir. Agar piroliz reaksiyasida hosil bo’lgan alken tarkibidagi uglerodning massa ulushi efir tarkibidagi uglerod massa ulushidan 23,64% ga ortiq bo’lsa,18 g sirka kislota olish uchun necha gr efir kerak bo’ladi?(unum=80%)


A)51 B)20.4 C)43.5 D)34.8

148. 1,1 gramm keladigan noma’lum alken va asetilendan iborat gazli aralashma dastlab kumush oksidining ammiakli eritmasidan o’tkazildi, so’ngra kaliy permanganatning neytral eritmasidan o’tkazildi. Natijada, birinchi eritmadan hosil bo’lgan cho’kmaning massasi ikkinchi eritmadan hosil bo’lgan cho’kma massasidan 0,66 gramga ko’p. Bizga ma’lumki dastlabki gazli aralashma 261,5 ml 3% li (p=1,02 g/ml) bromli suvni rangsizlantira oladi. Dastlabki arlashmaning 1 litrini to’liq gidrogenlash uchun qancha hajm (litr) vodorod sarflanishini hisoblang.


A) 2 B) 1,5 C) 0,5 D) 2,5

149. Alken tetraxlorlanganda hosil bo`lgan aralashma bug`ining kislorodgaga nisbatan zichligi 1,95 ga teng bo`lsa, dastlabki alken tarkibida nechta sp3-gibridlangan orbitallar bor? (alken va xlor to`liq reaksiyaga kirishgan)


A) 9 B) 4 C) 0 D) 6

150. Alken tetraxlorlanganda hosil bo`lgan aralashma bug`ining vodorod sulfidga nisbatan zichligi 2 ga teng bo`lsa, dastlabki alken tarkibida nechta sp3-gibridlangan orbitallar bor?


(alken va xlor to`liq reaksiyaga kirishgan)
A) 4 B) 8 C) 12 D) 6
151. Alken dixlorlanganda hosil bo`lgan aralashma bug`ining havoga nisbatan zichligi 2,115 ga teng bo`lsa, dastlabki alken tarkibida nechta sp3-gibridlangan orbitallar soni sp2 gibridlangan orbitallar sonidan necha marta kam bo’ladi. (alken va xlor to`liq reaksiyaga kirishgan)
A) 1,5 B) 0,75 C) 0,5 D) 2

152. Alkan tetraxlorlanganda hosil bo`lgan aralashma bug`ining vodorodga nisbatan zichligi 34,2 ga teng bo`lsa, dastlabki alkan tarkibida nechta sp3-gibridlangan orbitallar bor? (alkan va xlor to`liq reaksiyaga kirishgan)


A) 12 B) 8 C) 16 D) 12

153. Alken va vodoroddan iborat 13,44 l aralashma 200˚C da platina katalizatori ustidan o’tkazildi. Natijada reaksiya unumi 50 % bo’ldi va aralashma hajmi 8,96 l gacha kamaydi. Agar dastlabki aralashma bromli suvdan o’tkazilganda eritma massasi 22,4 g ga ortishi ma’lum bo’lsa. Alkenni va uning aralashmadagi hajmiy ulushini (%) aniqlang. A) propen; 100/3 % B) eten; 25 % C) buten-1; 75 % D) buten-2; 200/3 %


154. Massasi 57,6 g bo’lgan pentanning krekingi natijasida hosil bo’lgan gazlar aralashmasi 2 kg 4 % li bromli suvni rangsizlantiradi. Ushbu aralashmaning havoga nisbatan zichligini aniqlang. A) 1,527 B) 2,482 C) 1,724 D) 1,986


155. Massasi 43,2 g bo’lgan pentanning krekingi natijasida hosil bo’lgan gazlar aralashmasi 1,28 kg 5 % li bromli suvni rangsizlantiradi. Ushbu aralashmaning argonga nisbatan zichligini aniqlang. A) 1,527 B) 1,182 C) 1,489 D) 1,08


156. Noma’lum alken mo’l miqdorda bromli suv solingan idish orqali o’tkazilganda hosil bo’lgan mahsulot massasi shu alkenning suyultirilgan sulfat kislota eritmasi orqali o’tkazilishidan olingan modda massasidan (unum 75 %) 3,89 marta og’ir bo’lsa, alkenni aiqlang.


A) etilen B) dimetiletilen C) metiletilen D) metiletiletilen
157. Noma’lum alken mo’l miqdorda bromli suv solingan idish orqali o’tkazilganda hosil bo’lgan mahsulot massasi shu alkenning suyultirilgan sulfat kislota eritmasi orqali o’tkazilishidan olingan modda massasidan (unum 83,33 %) 4,04 marta og’ir bo’lsa, alkenni aiqlang.
A) etilen B) dimetiletilen C) metiletilen D) metiletiletilen

158. Massasi 21 g bo’lgan alken kaliy permanganatning sovuq eritmasi bilan qayta ishlanganda 70 % unum bilan 12,18 g qo’ng’ir cho’kma tushdi. Ushbu moddaning sis- va trans-izomerlari mavjud bo’lsa, uni aniqlang. A) buten-1 B) penten-1 C) penten-2 D) buten-2


159. O’zaro izomer bo’lgan monobromli to’yingan uglevodorodlar aralashmasi kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan ishlanganda 0,693 g gazsimon modda hosil bo’ldi. Olingan gazsimon modda kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan qayta ishlanganda 0,957 g qo’ng’ir cho’kma olindi. Boshlang’ich aralashma massasini (g) aniqlang. A) 3,05 B) 2,15 C) 2,05 D) 2,03


160. O’zaro izomer bo’lgan monobromli to’yingan uglevodorodlar aralashmasi kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan ishlanganda 1,68 g gazsimon modda hosil bo’ldi. Olingan gazsimon modda kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan qayta ishlanganda 1,74 g qo’ng’ir cho’kma olindi. Boshlang’ich aralashma massasini (g) aniqlang. A) 4,11 B) 3,15 C) 3,89 D) 4,36






BIZNING TELEGRAM TARMOG’IDAGI MANZILIMIZ:
@KIMYO2

‘’VODIY-ZIYO ‘’O’QUV MARKAZI


HAQIDA QO’SHIMCHA MA’LUMOTLAR
+99897 998 05 54
+99899 905 23 55



28, 1, 26, 3, 24, 5, 22, 7, 20, 9, 18, 11, 16, 13
14, 15, 12, 17, 10, 19, 8, 21, 6, 23, 4, 25, 2, 27







Download 117.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling