Vodorod – kimyoviy element, kimyoviy belgisi


VIII. Yangi mavzu bayoni Ma’ruza


Download 0.75 Mb.
bet4/5
Sana26.12.2021
Hajmi0.75 Mb.
#183122
1   2   3   4   5
Bog'liq
VODOROD – kimyoviy element,

VIII. Yangi mavzu bayoni Ma’ruza
Vodorodning kashf qilinish tarixi. Olovdan suv hosil bo’ladi degan fakir noto’g’riga o’xshaydi, lekin bu aniq dalildir. Buni birinchi marta ingliz olimi Genri Kavendesh tomonidan1766 yilda taklif qilindi. U yopiq idishdagi rangsiz hidsiz, ta’msiz gazni yonuvchi havo deb atadi,uyonganda suv hosil bo’ladi .Dastlab Kavendesh olingan natijaga ishonmadi , lekin yonuvchan gaz yongandan keyin faqat suv hosil bo’lgan edi .U rangsiz hidsiz, bug’latilganda esa hech qanday qoldiq hosil qilmadi .

Kavendeshgscha ingliz olimi D. Pristli yonuvchan havoning portlashidan nam hosil bo’lishini kuzatdi , lekin bunga diqqatini qarqtmadi .

1660 yilda yonuvchan havoni ingliz kimyogari , fizik va faylasuf Prasels sulfat kislotasiga temir ta’sir ettirish yoli bilan oldi , lekin uni idishga yig’a olmadi .

1783 yil fransuz olimi Antuan Loran Lavuaze Kavendesh kashfiyotini yana bir marta amalga oshirib ko’rdi . U yonuvchan havoning yonishidan faqat suv hosil bo’lishini ko’rdi . Lavuaze suvdan arzon usul bilan vodorod olish mumkinligini tushuntirdi . Yonuchan gaz yonib suv hosil qilganligi uchun uni “vodorod” deb atadi . Vodorodning ilmiy nomi “Hidrogenium”,Grek tilidan tarjima qilinganda (hidor- suv , genao- hosil qilaman ) degan ma’noni anglatadi . Demak vodorod so’zi uning xossasidan ,yani suv hosil qilishidan kelib chiqan.

Vodorod atomining massasi hamma elementlar massasidan kichik bo’lganligi uchun D . I . Mendeleev davriy sistemasining birinchi o’rnida joylashgan .

1783 yilda Parijda Jak Sharl tomonidan vodorod to‘ldirilgan shar havoga uchirildi, hozirgi vaqtda vodorodning belgisi bu so‘zning birinchi harfi H bilan ifodalangan.

Kimyoviy belgisi H,

nisbiy atom massasi 1 gmol,

ekvivalenti 1 grekv, ekvivalent hajmi 11,2 lekv.

Vodorod erkin holda Yer tabiatida juda oz uchraydi.



Lekin vodorod birikmalar holida juda ko‘p tarqalgan. Vodorod — eng ko‘p birikma hosil qilgan elementdir. U Yer po‘stlog‘i, suv va havoning birgalikdagi massasining 0,88% ini tashkil etadi. Suv molekulasi massasining 19 qismini tashkil qiluvchi vodorod barcha o‘simlik va hayvon organizmlari, neft, tabiiy gazlar, qator minerallar tarkibiga kiradi.

Vodorod — koinotda eng ko‘p tarqalgan elementdir. U Quyosh va boshqa yulduzlar massasining asosiy qismini tashkil etadi. Koinotdagi gazsimon tumanliklar, yulduzlararo gaz, yulduzlar tarkibida uchraydi.

Vodorodning tabiatda uchraydigan birikmalari ichida kislotalar (nordon suvlar) alohida o‘rin tutadi.

Тabiatda ko‘p kislotalar uchraydi. Sitrus mevalarida (limon, apelsin, mandarin) limon kislotasi, xo‘l mevalarda (olma, behi, anor) olma kislotasi, otquloq yoki shovul barglarida shovul kislotasi, chumolilarning qorin qopchiqlarida (asalari zahari va qichitqi o‘t ignachalarida ham) chumoli kislotasi bo‘ladi. Gaz suvda karbonat kislotasi bo‘ladi.

Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan sintetik kislotalar ham mavjud bo‘lib, ular ham vodorodning birikmalaridir.



Kislotalar quyidagi umumiy xossalarga ega moddalardir:


  1. Kislotalar eritmalari nordon ta’mga ega bo‘ladi (tabiiy kislotalar misolida; sintetik kislotalarning ta’mini totib ko‘rish hayot uchun xavfli!);

  2. Kislotalarning eritmalari indikatorlar rangini o‘zgartiradi;

Lakmus – qizil, metil zarg’aldog’i- pushti, fenolftalin- qizil ranglarga o’zgaradi

  1. Deyarli barcha kislotalarning suvdagi eritmalariga bir qator kimyoviy faol metallar ta’sir ettirilganda ular tarkibidagi vodorod ajralib chiqadi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling