Vodorodning xususiyatlari


Download 43.5 Kb.
bet3/4
Sana15.03.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1272420
1   2   3   4
Bog'liq
VODOROD OLISH TEXNOLOGIYASI

VODORODNING ISHLATILISHI.

Vodorodning ishlatilishi uning fizik va ximik xususiyatlariga asoslangandir. U yengil gaz bo‘lgani uchun aerostat va dirijabillarni to‘ldirishda ishlatiladi. Vodorod yuqori temperatura hosil qilib, О2 Q Н2 alangasida metallar qirqishda va payvandlashda ishlatiladi. Molibden, volfram kabi metallarni ularning oksidlaridan qaytarib olishda vodorod ishlatiladi. Vodorod anorganik kimyo sanoatida xavoni bo‘lishdan olingan toza azotdan ammiak olishda:


2 QN2 = 2NН3 Q Q (6)
ko‘mirdan suyuq yoqilg‘i (sun’iy neft) olishda, oziq-ovqat sanoatida esa yog‘larni gidrogenlashda ishlatiladi; vodorodni deyteriy va tritiy izotoplari atom energitekasida ishlatiladi.



  1. VODOROD OLISHNING USULLARI.

Ular asosan uch xildir:



  1. 1. Kimyoviy;

  1. 2. Elektrokimyoviy;

  1. 3. Fizik usulidir.

Kimyoviy usulga quyidagilar kiradi:
a) Qizdirilgan temir yoki uglerod bilan suv bug‘ining ta’siri natijasida vodorod olish.
b) Tabiiy gaz, neftni olishda va qayta ishlashda hosil bo‘ladigan yo‘ldosh gazlar kabi gazsimon uglevodorodlardan, hamda tarkibida uglerod monooksidi («SO») bo‘lgan gazlardan vodorod olish.
v) Mazut, neft yoki neftni motor yokilg‘ili kimyo sanoati uchun xom ashyo olishda hosil bo‘ladigan kreking qoldiqlaridan ham kimyoviy usul bilan vodorod olish mumkin, hamda aromatik neft moddalaridan degidrogenizatsiya qilish vaqtida chiqadigan vodorod kiradi.
Elektrokimyoviy usulga:
a) Suvni elektrolizlash (bunda vodoroddan tashqari kislorod ham olinadi).
b) Osh tuzi (NaCI) ning suvdagi eritmasini elektrolizlab, xlor ishlab chiqarish kiradi (bundan xlordan tashqari vodorod gazi va NaOH eritmasi olinadi).
Fizik usuliga - koks gazidan vodorodni sovutish yo‘li bilan olinishi kiradi.
Bu usullardan temir bug‘ usuli eng kam foydali bo‘lgani uchun hozirgi vaqtda juda kam qo‘llaniladi. Agarda arzon elektroenergiyasi bo‘lsa, toza vodorod olish bo‘yicha eng maqsadga muvofiq usul - bu suvni elektrolizidir. Koks gazi chiqindi gazi bo‘lgan joyda uni sovitib, vodorod olish ham qulay usullardan biridir. Bizning Respublikamizda hozirgi vaqtda eng qulay usul - bu tabiiy gazni yoki uglerod monooksidli gazlarni konversiya (o‘zgartirish) usuli bilan vodorod olishdir.

Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling