Vojib(arab majburiyat, burch) islomda bajarilishi zarur boʻlgan amal turi. Zaruriylik nuqtai nazaridan Vojib farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadi. Islomda Vojibni inkor etish ogʻir gunoh hisoblansa-da


Download 23.9 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi23.9 Kb.
#1106785
Bog'liq
bilish kerak


Vojib(arab. - majburiyat, burch) - islomda bajarilishi zarur boʻlgan amal turi. Zaruriylik nuqtai nazaridan Vojib farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadi. Islomda Vojibni inkor etish ogʻir gunoh hisoblansa-da, kofirlikka nisbat berilmaydi. "Podshohning amri vojib" degan tushuncha Qurʻonda bor. Sunniylikda Vojibga shariat tushunchalari boʻyicha farz bilan sunnat orasidan joy berish hanafiylik mazhabidagina eʻtirof etilgan.
Vojib (arab. — majburiyat, burch) -islom shariati tushunchasi. Musulmonlar Alloh va Muhammad amrlarigina emas, yakka hukmdor (xalifa, podshoh, amir, xon) lar farmoyishini ham bajarishi majburiy ekanligini anglatadi. Majburiylik nuqtai nazaridan vojib farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadi. Islomda vojibni inkor etish ogʻir gunoh hisoblansa-da, kofirlikka nisbat berilmaydi. "Podshohning amri vojib" degan tushuncha Qurʼonda bor. Sunniylikda vojibga shariat tushunchalari boʻyicha farz bilan sunnat orasidan joy berish — hanafiy mazhabidagina eʼtirof etilgan. Boshqa uch mazhabda vojib alohida tushuncha sifatida qabul qilinmagan. Ularda farzdan keyin bevosita sunnatga oʻrin berilgan. V. ni esa ular farzga qoʻshib yuborishgan. Binobarin ular hanafiya mazhabidagi V. larni farz hisoblaydilar. Mas., besh vaqt namoz, roʻza, zakot, hajni hanafiylar farz desa, ular farz ham, V. ham deb atayveradilar.
Abdulaziz Mansur.[1]
Boshqa uch ushhabda Vojib alohida tushuncha sifatida qabul qilinmagan. Ularda farzdan keyin bevosita sunnatga oʻrin berilgan. Vojibni esa, ular farzga qoʻshib yuborishgan. Binobarin ular hanafiylik mazhabidagi Vojiblarni farz qisoblaydi. Masalan, besh vaqt namoz, roʻza, zakot, hajni hanafiylar farz desa, ular farz ham, Vojib ham deb atayveradi.

Islomda bandaning amali 8 qismga bo‘linadi:

1. Farz
2. Vojib
3. Sunnat
4. Mustahab
5. Muboh
6. Harom
7. Makruh
8. Mustakrah

Ushbu sakkiz qism amalning ba’zilarini bajarish shart, ba’zilarini bajarmaslik shart. Yana ayrimlarini qilish-qilmaslik ixtiyoriy.

Farz - Alloh taolo buyurgan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi. Uzrsiz bajarmagan kishi gunohkor bo‘ladi. Uning zarurligiga ishonmagan kishi esa kofir va imonsiz sanaladi. Masalan: Allohga imon keltirish, 5 vaqt namoz o‘qish, ramazonda ro‘za tutish, zakot berish va haj qilish.

Vojib - bajarilishi shart bo‘lgan amal. Uni bajargan kishi savob oladi, bajarmagan gunohkor bo‘ladi. Vojib amalga ishonmagan kishi kofir va imonsiz bo‘lmasa ham, katta gunohga botadi. Masalan: vitr namozini o‘qish, hayit namozlarini o‘qish, sadaqa va fitr berish, qurbonlik so‘yish kabilar.

Sunnat - Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan amallari. Sunnat amalini qilgan kishi savob topadi. Qilmagan kishi gunohkor bo‘lmasa-da, qiyomat kuni malomatga qoladi, Payg‘ambarimiz shafoatlariga loyiq bo‘lmaydi. Masalan: Yaxshi ishlarni "Bismillahir rohmanir rohiym", deya boshlash, mo‘min kishilarga salom berish kabi amallar.

Mustahab - Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ba’zan bajargan va ba’zan bajarishni lozim ko‘rmagan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi. Ammo qilmasa, gunohkor bo‘lmaydi. Qiyomatda azob va malomatga ham qolmaydi.
Masalan: nafl namoz o‘qish, nafl ro‘za tutish, nafl sadaqa berish va doim tahoratli yurish kabilar.

Muboh - qilinsa ham, qilinmasa ham durust bo‘laveradigan amal. Undan kishi savob ham, gunoh ham topmaydi. Qilish-qilmaslik bandaning ixtiyoridadir.
Masalan: o‘tirish, turish, yurish va zararsiz so‘zlarni so‘zlash.

Harom - islom dinida qat’iy ta’qiqlangan amaldir. Uni qilgan kishi qattiq gunohga botadi, uni halol, deguvchilar kofir va imonsiz hisoblanadi. Masalan: nohaq odam o‘ldirish, odamzotga va hayvonotga zulm qilish, g‘iybat qilish, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik.

Makruh - islom dini ta’qiqlagan amal. Makruhni qilmagan kishi savobga qoladi, qilgan kishi esa azoblanishi mumkin. Uni qilgan kishi kofir bo‘lmasa-da, gunohga botadi. Masalan: masjidga tuflash, odobsiz she’rlarni kuylab hofizlik qilish, uyatsiz she’rlarni bitish kabilar.

Mustakrah - shunday amalki, uni qilgandan qilmagan yaxshiroqdir. Qilgan kishi gunohkor sanalmasa-da, odobsiz bo‘ladi. Qiyomatda azobga qolishi mumkin. Masalan: taomni katta-katta yeyish,hayqirib esnash va boshqalar.

Manba: "Ibodati islomiya" kitobi
Download 23.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling