VII-bob. IShTIROKChILAR XULQI
21. IShTIROKChILAR HULQIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR.
21.1. Ishtirokchini sportcha xulqi
21.1.1. Ishtirokchilar rasmiy voleybol qoidalarini bilishi va unga rioya qilishlari shart.
21.1.2. Ishtirokchilar hakamlar qarorini muxokama etmasdan, unga sportchig xos munosabatda bo‘lishlari kerak.
Agar hakamni qarorida mantiqiy adolatsizlik extimoli bo‘lsa, aniqlik kiritish faqat jamoa sardori orqali amalga oshiriladi (5.1.2.1).
21.1.3. Ishtirokchilar hakamlarning faoliyatiga halaqit bermasliklari lozim, ularning qarorlariga nisbatan raddiya bildirish yoki ularga qo‘pol munosabatda bo‘lish jamoa xatosini berkitish maqsadida chalg’ituvchi harakatlar qilishi shtirokchilarga ta’qiqlanadi.
21.2. Haqqoniy o‘yin.
21.2.1. Ishtirokchilar nafaqat hakamlarga nisbatan, balki barcha rasmiy shaxslarga raqib vakillariga, tomoshabinlarg ham haqqoniy o‘yin ruxida hushmuomala bo‘lishlari lozim. Ularni hurmat qilishlari kerak.
21.2.2. O‘yin davomida o‘yin ishtirokchilari bir – biri bilan muloqotda bo‘lishlari mumkin (5.2.3.4.).
22. IShTIROKChILARNING NOTO‘G’RI HULQ – ATVORI VA UNGA NISBATAN KO‘RILADIGAN ChORALAR.
22.1. Qisman noto‘g’ri hulq-atvor.
Ishtirokchining hiyolgina salbiy hulq-atvoriga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmaydi.Lekin birinchi hakam o‘yinchilarning qo‘pol muomalada yoki o‘ta salbiy hulq – atvorga yo‘l qo‘yishlarini oldini olish chorasini imo-ishora va so‘z bilan aytib o‘tishi darkor.Bu jazo hisoblanmaydi va bayonnomada qayd etilmaydi (22.3, 5.1.2).
22.2. Jazoga olib keluvchi noto‘g’ri xulq – atvor.
Rasmiy shaxs, raqib, o‘z jamoasidan va tomoshabinlarga nisbatan noto‘g’ri xulq-atvor 3 toifaga bo‘linadi (4.1.1).
22.2.1. Qo‘pol hulq-atvor: hakam bilan tortishish, unga taxdid solish va hokazo;
22.2.2. Qo‘pol hulq-atvor: hakamning xushmuomalasiga qarshi keskin fikr bildirish, jaxl bilan javob berish;
22.2.3. Agressiv hulq – atvor: hakamga nisbatan tuhmat qilish uni tahrirlash qo‘pol ishora bilan mayna qilish. Hakamlarga hujum qilish: tan jaroxati etkazish, ongli ravishda jismoniy ta’zyiq o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |