Volume ǀ issue ǀ 2021
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2-2. 119. 711-719
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 716 Masala. BAC yoyiq burchak, a va AB nurlar bilan hosil qilgan burchak 50 0 ga teng. b va AB nurlar hosil qilgan burchak 120 0 ga teng. a va AC nurlar hosil qilgan 6-rasm burchakni hamda b va AC nurlar hosil qilgan burchakni hisoblang(6 - rasm). Kesmalarni va burchaklarni qo’shishning asosiy xossalari: 1) Istalgan yarim to’g’ri chiziqqa uning boshlang’ich nuqtasidan berilgan uzunlikdagi yagona kesmani qoyish mumkin. 2) Istalgan yarim to’g’ri chiziq hosil qilgan yarim tekislikda berilgan gradus o’lchovi 180 0 dan kichik yagona burchakni qoyish mumkin. Berilgan uchburchakka teng uchburchakning mavjudligi. - Agar ikkita kesma bir xil uzunlikka ega bо‘lsa, ular teng kesmalar deyiladi. - Agar ikkita burchakning graduslarda hisoblangan burchak о‘lchovlari teng bо‘lsa, ular teng burchaklar deyiladi. Teng uchburchaklar haqida gapirishdan oldin uchburchak ta’rifini eslatamiz. Bir tо‘g‘ri chiziqda yotmaydigan uchta nuqtadan va shu nuqtalarni tutashtiradigan uchta kesmadan iborat figura uchburchak deyiladi. NATIJA XYM uchburchakning M uchidagi burchagi deb MX va MY yarim tо‘g‘ri chiziqlar hosil qilgan burchakka aytiladi. Teng uchburchaklar ta’rifi teng kesmalar va teng burchaklar ta’riflariga asoslanadi. Agar bir uchburchakning burchaklari ikkinchi uchburchakning mos burchaklariga teng va bir uchburchakning tomonlari ikkinchi uchburchakning mos tomonlariga teng bо‘lca, bu ikki uchburchak teng deyiladi. ∆ABC = ∆XYM yozuvi bu uchburchaklar tengligini, shu bilan birga ∆A = ∆X, ∆B = ∆Y, ∆C = ∆M va AB = XY, AC = XM, BC = YM ni bildiradi. Uchburchaklar tengligini bunday yozish qoidasiga biz bundan buyon ham amal qilamiz. Bu juda qulay. Bu yozuvga qarab, uchburchaklarning qaysi burchaklari va qaysi tomonlari mos ravishda teng ekanligini chizmaga murojaat qilmasdan aytib berish mumkin. Bu holda ∆ABC = ∆ABC yozuvi doimo tо‘g‘ri. Lekin, ∆ABC = ∆CBA yozuvi, masalan, ∆A ≠ ∆C bо‘lsa, notо‘g‘ri bо‘ladi. Agarda ∆ABC = ∆CBA yozuvi tо‘g‘ri bо‘lsa, bu ∆A = ∆C, AB = CB ekanini bildiradi[4]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling