Volume: 02 Issue: 10


Volume: 02 Issue: 10 |Oct- 2022


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.12.2022
Hajmi0.96 Mb.
#1032014
1   2   3   4   5   6   7
Volume: 02 Issue: 10 |Oct- 2022 
ISSN: 2181-2624 
 
www.sciencebox.uz 
Analytical Journal of 
Education and Development
362 
4. Bola toliqib qolmasligi uchun mashg‘ulotlar qisqa, lekin ko‘p marta o‘tkazilishi lozim. 
Orada boshqa ish turi bilan shug‘ullanish lozim. 
5. Kinestik sezgini, kinestik analiz va tasavvurni shakllantirishga katta e’tibor berish kerak. 
6. Harakatlarni o‘zlashtirish bilan birga, tovushlarni realizatsiya qilish uchun logoped boshqa 
tovushlarga kerak bo‘lgan harakatlar ustida ishlashga o‘tadi. 
Dastlabki logopedik tekshirish jarayonida artikulyatsion apparat a’zolari tuzilishida 
kamchiliklar borligi aniqlanadi. Bunday hollarda fonematik idrokni rivojlantirish ishlari bilan 
parallel ravishda artikulyatsiya gimnastikasi (tayyorgarlik mashqlari) olib boriladi. Artikulyatsiya 
gimnastikasining maqsadi, tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz etish uchun zarur bо‘lgan artikulyatsiya 
a’zolarini tо‘liq, aniq keltirish va oddiy sharakatlarni murakkab xarakatlarga-turli xil fonemalarning 
artikulyatsiya tartibiga birlashtirishdan iboratdir. 
Hamma artikulyatsion mashqlari tizimini ikki turga bо‘lish mumkin: statik va dinamik. Statik 
mashqlarda artikulyatsiya a’zolari turli holatlarga keltiriladi, lekin xarakat bо‘lmaydi. Dinamik 
mashqlarda artikulyatsiya a’zolari turli holatlarga va shu bilan birga xarakatga keltiriladi. 
Statik tayyorgarlik mashqlari 
1. «Belkurakcha». Til keng holda chiqarilib, bо‘shashtiriladi va pastki lab ustiga qо‘yiladi. 
Bunda til titramasligi kerak. Til shu holda 10-15 daqiqa ushlab turiladi
2. «Kosacha». Og‘iz keng ochiladi, til keng chiqarilib yuqoriga kо‘tariladi. Til yuqori tishlar 
tomon olib boriladi, lekin ularga tekkizilmaydi. Shu holda til 10-15 daqiqa ushlab turiladi
3. «Ninacha». Og‘iz ochiladi. Til oldinga tomon ingichka qilib chiqariladi. Shu holatda 15 
daqiqa ushlab turiladi
4. «Tepacha». Og‘iz yarim ochiladi. Tilning orqa yonlari yuqori jag‘ tishlar bilan qisiladi. 
Tilning uchi pastki oldingi tishlarga tiraladi. Bu holat 15 daqiqa ushlab turiladi
5. «Naycha». Til keng holda chiqariladi. Tilning ikki yon tomoni yuqori tomon buklanadi. 
Hosil qilingan naychadan puflanadi. 
Mashq sekin sur’atda 10-15 marta bajariladi
Aytib о‘tilgan mashqlarning har biri aniq, sekin 8-10 marta bajariladi. 
Dinamik tayyorgarlik mashqlar 
1. «Soatcha». Til uzun-ingichka qilib chiqariladi. Sо‘ng shu holda til og‘izning о‘ng 
burchagidan chap burchagi tomonga qarab xaraaktga keltiriladi. Mashq 15-20 marta bajariladi
2. «Ot». Til tanglay tomon sо‘rilib, sо‘ng qо‘yib yuboriladi. Shunda til taqillagan ovoz 
chiqaradi. Tilni taqillatish sekin va kuchli bо‘lishi kerak. Bu mashq 10-15 marta bajariladi
3. «Qо‘ziqorin». Og‘iz ochiladi. Til tanglay tomon sо‘riladi, shunda til tanglayga qattiq 
jipslashadi. Bu holda til ushlab turiladi, shu vaqtning о‘zida pastki jag‘ pastga tomon tushiriladi. Bu 
mashq 10-15 marta bajariladi. Bu mashqning «Ot» mashqidan farqi shuki, til tanglayga 
jipslashgach, qо‘yib yuborilmaydi. 
4. «Arg‘imchoq». Til uzun-ingichka qilib chiqariladi, sо‘ng navbatma-navbat goh burun, goh 
iyak tomon olib boriladi. bU vaqtda og‘iz bekitilmaydi. Mashq logoped sanog‘i ostida 10-15 marta 
bajariladi
5. «Mazali murabbo». Til keng holda chiqariladi, sо‘ng yuqori lablar yalanadi va til og‘iz 
ichiga olinadi. Bu mashq 10-15 marta qaytariladi




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling