Volume 1, issue 4, 2023 40 january, 2023 internetda muloqot qilish usullari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
internetda-muloqot-qilish-usullari
VOLUME 1, ISSUE 4, 2023
41 JANUARY, 2023 muloqot qilish. Internet paydo boʻlganidan soʻng muloqotning oʻziga xos koʻrinishlari ham kirib keldiki, bu muloqot tushunchasiga avvalgi qarashlarda nazar solishning xato ekanligini koʻrsatib qoʻydi. Chunki avval muloqot jarayoni bir uy, shahar, hudud ichida, ya’ni tor doirada olib borilgan boʻlsa, bugungi kunda muloqot uy, shahar, davlat chegarasini buzib oʻtdi. Dastlab internetda aloqa qilish mutlaqo tekin boʻlib, buning sababi internet tarmogʻini rivojlantirish va ishbilarmonlik aloqalarini yoʻlga qoʻyib olish edi. Keyinchalik internet orqali muloqot qilishning turli usullari paydo boʻla boshladi. Bu orqali internetga boʻlgan talab ham oshdi, insonlarning ma’lum bir guruhlari shakllandi. Bu guruhlarning shakllanishida albatta manfaatlarning birligi asosiy oʻrinda turdi. Aynan ushbu shakllangan guruhlar orasida muloqot qilish vazifasi paydo boʻldi. Shu orqali internetda ma’lum bir muloqot usullari paydo boʻldi. Odatda, tarmoqdagi aloqa uchun foydalanuvchi qisqartirilgan rasmiy ismdan foydalanadi ( nick , ingliz tilidan “taxallus” - kichraytiruvchi ism, taxallus). Bu orqali foydalanuvchi oʻzining kimligini, oʻzi haqidagi ma’lumotlarni berkitib, oʻzidan sirlilikni paydo qiladi. Bu bilan suhbatdoshining unga boʻlgan qiziqishini oshiradi va muloqot jarayonini tezlashtiradi. Sirli inson bilan suhbat qurish xohishi narigi tarafning oʻzini muloqot jarayoniga taklif qiladi. Bundan tashqari, internetdagi muloqotning anonimligi odamning virtual o‘zligini topish imkoniyatlarini oshirib, unga nafaqat tinglovchi nazarida oʻzi xohlagan taassurot qoldirish, balki oʻzi xohlagan odam boʻlish imkonini beradi. Ya’ni internetdagi muloqotning xususiyatlari odamga oʻzi tanlagan shaxsini yaratishga imkon beradi. Internetdagi matnli aloqada odamlar koʻpincha oʻzlari uchun «virtual shaxslar» ni yaratadilar, oʻzlarini ma’lum bir tarzda tasvirlaydilar. Virtual odamga ism, koʻpincha taxallus berilgan boʻladi. Internetda odamlar oʻzlari uchun ba’zi «virtual shaxslar»ni yaratadi, bu shaxsiyatni oʻrganish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday virtuallik odamlarning erkinligini oshiradi, ularni oʻziga xos boʻlmagan qiliqlarni qilishga, soʻzlarni ishlatishga undaydi. Virtual dunyo ta’sirida insonlar bugungi kunda juda koʻplab noma’qul ishlarni amalga oshirmoqda, ularning onlayn internet oʻyinlariga tobeligi oshib bormoqda. Boʻsh vaqtlarini qoʻya turing, hatto biror ish bilan mashgʻul boʻlganlarida ham virtual olam ta’siridan chiqib keta olmayaptilar. Natijada internetning ham salbiy tomonlari namoyon boʻla boshlaydi. Bularga tobe boʻlgan qatlamning asablari taranglashadi, tajang boʻlib qoladi, sal narsaga jahli chiqib ketadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling