Volume 1, issue 4, 2023 40 january, 2023 internetda muloqot qilish usullari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
internetda-muloqot-qilish-usullari
VOLUME 1, ISSUE 4, 2023
43 JANUARY, 2023 qilish usullari va boshqalar) toʻplanishidir. Muloqotning oʻziga xos uslubini shakllantirishda dialogli qisqartirishlar va ba’zan jargon paydo boʻladi. Bunday muhitdagi muloqot uslubi oddiy hayotga qaraganda erkinroq. Chunki bunda inson oʻzi xohlagan narsani internet etikasiga rioya qilgan holda bayon qilaveradi. Bu yerda qonuniyatlar, qarorlar mavjud emas. Bulardan tashqari, telekommunikatsiya tarmoqlari paydo boʻlishining boshida hissiyotlar va odamning holatini bildiruvchi belgilar ixtiro qilingan, ular kulgichlar yoki «tabassum» deb atalgan. Bu chinakam ajoyib gʻoyaning muallifi noma’lum. Matn aqliy ravishda soat yoʻnalishi boʻyicha 90 daraja aylantirilganda kulgichlarni koʻrib, oʻqishingiz mumkin. Mana bir nechta eng keng tarqalgan «tabassumlar» va ularning an’anaviy talqini: :-) Oddiy tabassum, ;-) Koʻz qisib tabassum qiling, :-(Gʻazablangan, ma’yus, gʻamgin yuz, :-Men befarq. Tadqiqotlarga koʻra, odam kommunikatsiyasining har kungi aktida soʻzlar – 7%, tovush va ifodalar – 38%, nutqiy boʻlmagan oʻzaro ta’sir – 53%ni tashkil etadi. Publitsiy aytganidek: “Ovoz orqali gaplashamiz, butun tanamiz orqali suhbatlashamiz”. Bundan koʻrinib turibdiki, kundalik hayotimizda muloqot vositalaridan biri noverbal aloqa sanaladi, internet tarmogʻida ham aynan ushbu aloqa vositasida muloqot qilish ham samarali, ham foydali hisoblanadi. Internetdagi muloqot qilish usullarining kundalik hayotimizdagi oddiy muloqot qilish usullaridan farqli tomonlari, foydali taraflari ham juda koʻp. Internetdagi muloqot usullarining foydali tomonlari sirasiga biz juda tezkorlik bilan ma’lumot almashishni kiritishimiz mumkin. Bunda biz istalgan joydan turib muloqotga kirisha olishimiz bizga turli xil qulayliklarni yaratib beradi. Demak, bugungi kunda internetda muloqot qilishning bir necha turlari mavjud boʻlib, ulardagi muloqot jarayonida verbal va noverbal vositlardan foydalanilmoqda. Muloqot usullarining ham bir-biridan farqli tomonlari mavjud boʻlib, undagi insonlar guruhi ma’lum bir maqsadda birikkanligini unutmasligimiz lozim. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling