Volume-18, Issue-1, September- 2022 220 ijtimoiy muhitning shaxs rivojlanishiga ta’siri
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 58.95 Kb. Pdf ko'rish
|
220-225
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-18, Issue-1, September- 2022 224 qanchalik yaxshi o‘qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o‘zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma’naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo ’ymaganligidadir. Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish - uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon yetishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlari yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil yetiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi. Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy yetishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar. Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘rish va yeshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayrasizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Adabiyotlar: 1. Tolipov U., Usmanbayeva M. Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot.-T.: “Fan”. 2005. 2. Iqboljon O‘g‘li, Tojimamatov Jamshidbek, and Egamberdiyev Oyatillokh Alisher o‘g‘li. "THE IMPORTANCE OF PHYSICAL EDUCATION IN THE FORMATION OF PSYCHOLOGICAL HEALTH OF A PERSON." PEDAGOGS jurnali 9.3 (2022): 4-7. 3. Khakimov, Mukhammad Khodjakhonovich, and Azimjon Latifjon ugli Melikuziev. "The History of Paralinguistic Researches." International Journal of Culture and Modernity 13 (2022): 90-95. 4. Akhmedov, A., and O. Egamberdiyev. "PEDAGOGICAL ASPECTS OF FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE IN FUTURE TEAChERS." Sciyencye and innovation 1. B4 (2022): 136-138. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling