Volume-23, Issue-2, December 2022 65 ona tili darslarini integratsiya usullarida
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
65-69
- Bu sahifa navigatsiya:
- ONA TILI DARSLARINI INTEGRATSIYA USULLARIDA TASHKIL QILISH Muhammadiyeva Ziyodaxon
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlari
“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-23, Issue-2, December - 2022 65 ONA TILI DARSLARINI INTEGRATSIYA USULLARIDA TASHKIL QILISH Muhammadiyeva Ziyodaxon Fargʻona viloyati Dangʻara tumani XTB tasarrufidagi 7-maktab ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Annotatsiya: Hozirgi globallashuv sharoitda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlashda har tomonlama kamol topgan yuksak ma’naviyatli, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini chuqur egallagan shaxsni tarbiyalab yetishtirish, uning ilmiy dunyo qarashini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada ona tili darslarini samaradorligini oshirish, shuningdek, ona tili darslarini o‘qitish jarayonida integratsiyalashgan darslarda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash masalalari yoritib berilgan. Kalit so‘zlari: integratsiya, ona tili, innovatsiya, fanlararo aloqadorlik, adabiyot, matematika, integratsion ta’lim. Annotatsion: In the current context of globalization, it is important to develop the country's economy, to bring up a person with a high level of spirituality, modern management mechanisms, to form his scientific worldview, to ensure its integration into the world community. This article discusses the issues of increasing the effectiveness of mother tongue lessons, as well as ensuring interdisciplinary links in integrated lessons in the process of teaching mother tongue lessons. Keywords: integration, mother tongue, innovation, interdisciplinary, literature, mathematics, integrated education. Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy mohiyati ta’lim mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan-texnika taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratlashuvi, axborot maydonining kengayib borishi kabi omillar o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga, jumladan, idrok eta olish, tasavvur va fikrlash, aqliy qobiliyatlarining rivojlanishiga olib keldi. O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta’lim sifatining oshirilishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion o‘qitish imkoniyatlarini kengaytiradi. Hozirgi kunda ta’lim tizimiga kiritilayotgan pedagogik texnologiya jarayonida ham innovatsiyalar va integratsiyalarning yorqin misolidir. So‘nggi yillarda respublikada integratsion ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida Qonun”i, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da [1] ta’lim mazmuni bilan shaklini bosqichma bosqich takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning 70 foizi ta’lim tizimida integrativ xarakterdagi o‘quv dasturlar va darsliklar bilan Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling