Volume-26, Issue-2, January–2023 1
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 5.34 Mb. Pdf ko'rish
|
98-71-PB
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-26, Issue-2, January - 2023 177 Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi. Mashg`ulotlarda bolalar faoliyatni tashkil etish va bola egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini baholash jarayonini misol tariqasida biror ta`limiy faoliyat misolaida ko`raylik; Atrof-olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazishda o‘quv yili davomida bola egallashi lozim bo‘lgan quyidagi talablar qo‘yiladi; -Bolalar Ona Vatan va atrof-olam, buyuk siymolar, bayramlar, mashhur sarkardalar haqidagi bilimlarni egallaydilar; -bolalar xalq amaliy san’ati, kattalar mehnati, transport va aloqa vositalarini tahlil etadilar; -buyumlarning bir necha xil belgilari va ulardan foydalanish haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi; -buyumlarning yasalishi va ishlatilish tartibini o‘zlashtiradilar; -odamning ichki a’zolari (yurak, jigar, oshqozon, o‘pka) va ularning joylashuvi, vazifalari haqida ma’lumot bera oladilar; -bolalarga yo‘lda harakatlanish va ko‘chada o‘zini tutish qoidalarini o‘zlashtiradilar. Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga etadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqeyi o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuqtayi nazardan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi. Har bir faoliyat turi, mazmuni va tuzilishi, ijtimoiy-tarixiy xarakteri yosh avlodga obektiv ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimda, san’atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg‘otib, yangi xulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi. Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchilik roli to‘g‘risidagi qoidadan kelib chiqib, uning o‘quv-tarbiya muassasalaridagi va oiladagi hayotini faoliyatning har xil turlariga boy bo‘ladigan qilib uyushtirish zarur. Bunda ularga mazmunni boyitishga, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, mutsaqillikni rivojlantirishga qaratilgan rahbarlik ta’minlanishi kerak. Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat etakchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling