Volume-26, Issue-2, January–2023 1


Download 5.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/194
Sana09.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1760210
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   194
Bog'liq
98-71-PB

4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
175 
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI 
MASHG'ULOTDAGI FAOLIYATLARINI BAHOLASH MEZONLARI 
Haydarova Kamarbasta 
 Andijon davlat pedagogika institutining
Ta’lim va tarbiya nazariyasi
Maktabgacha ta’lim 2- kurs magistranti
Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar 
ta’limiy faoliyatini tashkil etishning maqsad va vazifalari, maktabgacha yoshdagi 
bolalar faoliyatlarini baholash mezonlari xususida so‘z yuritiladi. 
Tayanch tushunchalar: maktabgacha yosh, mashg‘ulotlar, o‘yin, faoliyat
ta’lim, tarbiya... 
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, 
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash 
darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va 
texnologiyalarini tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida ham ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda 
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish 
sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya 
jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va 
texnologiyalarini joriy etish uchun asosiy vazifalari belgilab berildi. 
Turli yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi 
ancha oshib boradi. SHunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari
mazmuni, vositalari o‘zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib 
erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini 
murakkablashtirish imkonini beradi. 
Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik 
bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari 
shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan 
bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, oddiy mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali 
amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib 
olmaydi, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar. 
Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi 
shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning 



Download 5.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling