Volume-33, Issue-2, May-2023 123 mahmudxo‘ja behbudiyning geografiya fanining rivojiga qo‘shgan xissasi
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 85.1 Kb. Pdf ko'rish
|
123-129 (1)
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-33, Issue-2, May-2023 127 tarafimizg‘a olib, kun botishga qaraganda, yuzimiz «g‘arb», orqamiz «sharq», chap qo‘limiz «janub» taraflarig‘a bo‘ladur. Qiblanoma (kompas) degan asbob shimol tarafini ko‘rsatadurki, andan iqlim va mavzenga qarab qibla tarafi taxmin qilinadur».Behbudiy gorizont tomonlarini izohlar ekan, ularni «jihoti asliya» deb ataydi. Uning aytishicha, «xarita yoki planga qaraganda biror odamni ko‘zini yuqorisi shimol, quyi tarafi janub, o‘ngi sharq va so‘li g‘arbdur». Bundan tashqari, u gorizontning oraliq tomonlarini ham o‘zgacha e’tirof etadi: «Bu to‘rt jihati asliya arolalarig‘a yana to‘rt jihoti far’iyya (ikkinchi darajali) borki, to‘rt jihotni kunji hukmig‘adur. Sharqiy-shimoliy, g‘arbi-shimoliy, sharqi-janubiy, g‘arbi-janubiy deb ataladur.U dunyo kartalarini tuzish, ularning paydo bo‘lishi va yasalishi to‘g‘risida o‘z ilmiy qarashlarini ifoda etib: «Bizni fikr aqlimizg‘a sig‘maydurg‘on yer yuzi shaklini bir taxta qog‘oz ustig‘a naqsh qilibdurlar, degan holg‘a ushbu katta dunyoni qanday bir tarroh (tarxini chizuvchi), aqqos (aks ettiruvchi, fotograf), planchi yurub necha muddatga naqshasini (tasvirini) oldi, degan savol keladur. Bir aqqos, bir planchi emas, ming-ming ustozlar, sayyohlar, muhandislar dunyo yuziga avvaldan, xususan, besh yuz yildan beri paydar-pay, doim yurub, o‘lchab, yozib ohista-ohista hozirgi martabasig‘a jo‘g‘rofiya ilmini va dunyo naqshasini kelturdilar», deydi.Undan tashqari Mahmudxo‘ja Behbudiy dunyo okeani, materik, qit’alar, orol va yarimorollar kartalarini yaratilishi va undagi o‘lchov ishlari, ya’ni, masshtab haqida quyidagicha yozadi: «Ammo katta bir qit’a yoyinki bir botmon yerni bir taxta qog‘oz ustig‘a planini ko‘rsatmoq tariqasi tuzurki, masalan, bir yerni uzunligi 60 sajin, eni 40 sajin ekan. Ushbu tul va arz masofalarini bir varaq qog‘oz ustiga 60 sajin o‘rniga 60 nuqta masofatini ko‘rsatgan ila fahmlamog‘i «tarsim» (rasm) qilinmog‘i mumkindur. Har bir plan, xarita ustig‘a bir necha sifr va raqamlar borki, «miqyos» (masshtab) ataladurki, o‘shal xaritadagi mamlakatni asl vus’atidan ushbu xarita qancha marotaba kichikligini bildiradur. Chunonchi, bir joyni turli yuz chaqirim ekan, qog‘oz ustig‘a bir verto‘q xat uzunligi bor va xarita oxirig‘a «bir verto‘q yuz chaqirimdur», degan ishora va miqyos bordur. Yana mufassal xarita, planlar bordurki, tog‘larini balandligi, toshlarini xosiyati, hay’ati, nahrlarini chuqurligi, balig‘larini kamarigacha ko‘rsatadur», deb tog‘ va tekisliklarini balandligi, tog‘ tosh qatlamlarining xususiyati, okean va dengizlarning chuqurligi, cho‘kmalar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar keltirilishini aytib o‘tadi. Uning geografik qarashlarini nechog‘lik keng va serqirra bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik. Qolaversa, ushbu maqolamizda Behbudiyning geografik merosining bir qisminigina tahlil qilindi, xolos. O‘zbekistonda (H. Sayid, N. Avazov, Z. Ahrorova), Tojikistonda (R. Xodizoda), Germaniyada (I. Baldauf,Olmoniyadagi Xumboldt universiteti professori Ingeborg Baldauf - zamonamizning eng atoqli turkshunos va islomshunoslaridan biri, B. Qosimov bilan hamkorlikda), AQSHda (E. Olvort) va boshqa mamlakatlarda Behbudiy hayoti va ijodi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Mutafakkir olimning yozib qoldirgan asarlarini o‘rgangan har qanday geografiya fani o‘qituvchisi, uning geografiya faniga oid yozib qoldirgan bilimlarini o‘quvchilarga yetkazib bera oladi. O‘lkamizda geografiya faning rivojlanishiga uning yaratgan asarlari qanchalik ahamiyati borligini his qilishadi deb o‘ylaymiz. Download 85.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling